Jannat..

Gunohlar uchun tavbalar qilib,
Yaxshilik savobni ko'ngilaga ilib.
Oxirat kun uchun bizlar intilib,
Qaniydi barchamiz jannatga kirsak.
Bemorlar holidan olib xabarlar,
Yetimning ko'zidan artib biz namlar.
Zamzam suvidan qonib har damlar,
Qaniydi barchamiz jannatga kirsak
Qalbimizdan bo'lsin chiroyli gumon,
Alloh nasib etsa bo'lmaydi armon.
Namozda chiroyli duolar qilsak,
Qaniydi barchamiz jannatga kirsak.
O'qisak xar kuni bir pora Qur'on,
Salovat aytmoqlik jonlarga darmon.
Muhtojlar uchun yordamlar qilsak,
Qaniydi barchamiz jannatga kirsak.
Xiyonat o'rnini ham egalab vafo,
Xechkim ko'rmasaydi azobli jafo.
Bu dunyo shunday afsus, bevafo
Qaniydi barchamiz jannatga kirsak.
Rasululloh jamolin birga izlasak,
Yolg'on emas doim rostni so'zlasak.
Nolimasdan har dam shukrlar qilsak,
Qaniydi barchamiz jannatga kirsak.
Exsonni ko'paytirib ozmi yo ko'pmi,
Otangiz va onangiz duosin oling.
Bu xayotda umrimiz g'animat,
Qaniydi barchamiz jannatga kirsak.

Комментарии

Комментариев нет.