QIZLAR KOʻNGLI OʻYINCHOQ EMAS...

Dunyo asli yolgʻonchi bekor
Hech kim oʻzni yomonman demas.
Muhabbatni qilmang sarsona
Qizlar koʻngli oʻyinchoq emas.
Daraxt tepsa yogʻilmaydi qiz,
Yuragida qolmasin hech iz,
Oʻylab ayting aytar soʻzingiz
Qizlar koʻngli oʻyinchoq emas.
Koʻnglingizni bir chekkasida
Gʻuncha ochgan balki siz bilmas.
Koʻngil bering,bas bittasiga
Qizlar koʻngli oʻyinchoq emas.
Koʻngil nozik, salga yigʻlaydi
Paypoq misol almashib boʻlmas.
Alamlardan yurak tigʻlaydi
Qizlar koʻngli oʻyinchoq emas.
Umid bermang, sevib qolmasin
Hiyonatni aslo kechirmas.
Hijronlarda kuyib yonmasin,
Qizlar koʻngli oʻyinchoq emas.
Yorga berib chin sevgingizni
Uni baxtga yetaklangda bas.
Siz ham oppoq emassiz balkim
Qizlar koʻngli oʻyinchoq emas.

Комментарии

Комментариев нет.