TOʻYIMDA BIR OʻYNAY OLMADI ONAM.

Har yigitning baxtli kunida volidasi yonida boʻlsin ekan😔😢😔
Boʻylarim ham boʻylarimga yetgan edi,
Dilimdagi armonlarim ketgan edi.
Baxtim soʻrab, peshonamdan kim oʻpar endi
Jannatlarda duo qilar onam mening.
Sanamlardan ortiq edi goʻzal, suluv,
Umr toʻxtab, turmas ekan oʻtarkan zuv,
Koʻzlarimdan toʻxtamas yosh toʻkilar duv,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Kelin olay deya, sarpo yiqqan edi,
Baxmallardan par yostiqlar tikkan edi.
Qizim qoʻyar deya, oʻsma ekkan edi
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Yonimda yor, salom berar, kulib kulib
Men yigʻlarman,bagʻri dilim tilib tilib.
Armon boʻldi, duo qilmas onam kulib,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Baxtim koʻrib, duo qilsa boʻlmasmidi,
Yarim koʻnglim, baxtdan toʻkis boʻlmasmidi.
Nabiralar koʻrib, yigʻlab kulmasmidi,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Bugun baxtdan masrurman, lek yuragim zor,
Volidamni yoʻqligi hoʻp berar ozor,
Umr bir kam tagi toʻlmas ekan bozor,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Hasta boʻlib, yonimda tursa ham mayli,
Qoʻllarimda koʻtarardim,tolsa mayli,
Yurtga foydam tegdi, mana siz tufayli,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Armon boshim kim silaydi,polvonim deb,
Kunda tunda ahvolimni gʻamini yeb,
Ona sizga she'rlar bitdim,yagonam deb
Jannatlarda duo qilar, onam mening.

Комментарии

Комментариев нет.