DAJJOL HAQIDAGI SAHIH HADISLAR Dajjolning oxir zamonda chiqishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan sahih hadislarda aniq ravshan bayon etilgan. Birinchi hadis. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Dajjolning chap ko’zi g’ilay, sochi qalin. Uning jannati va do’zaxi bor. Aslida, do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir". Yana Huzayfadan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men Dajjolda bo’ladigan narsalarni uning o’zidan ham yaxshiroq bilaman. Uning oqib turuvchi ikki anhori bo’lib, biri ko’zga oppoq suv bo’lib ko’rinsa, ikkinchisi alangalanib turgan olov bo’lib...