23 дек 2020

Bu juda hayratlanarli, ammo zuluklar bilan davolash uslubi oʻzining dolzarbligini bir necha asrlardan soʻng ham saqlab qolmoqda!

Girudoterapiyada qanday sir boʻlishi mumkin?
Tadqiqotlarga koʻra, zuluklarning davolovchi ta'siri, zuluk soʻlagining noyob kimyoviy tarkibi bilan bogʻliq ekan. Ushbu soʻlak, maxsus bezlarining suyuqligi boʻlib, yuzdan ortiq foydali komponentlardan tashkil topgan, ya'ni gormon, ferment, vitamin va aminokislota kabi moddalar shular jumlasiga kiradi. Shuningdek, uning tarkibiga "girudin" nomli modda ham kiradi.
Hattoki, zamonaviy ilm-fan oʻzining barcha texnologiyalari bilan ushbu «aralashma» ni koʻchirib, tabletkalar yoki malham koʻrinishida qaytadan yarata olmaydilar. Shu sababli qimmatli "dori vositasi"ga erishish uchun, zuluk bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqani amalga oshirish uslubini qoʻllash darkor.
Ushbu kasalliklarda girudoterapiya davolash uslubini qoʻllash tavsiya etiladi:
- qon bosimining koʻtarilishi;
- stenokardiya;
- ishemik kasalligi;
- bosh miya kasalliklari;
- varikoz;
- tromblar;
- gemorroy;
- ekzema va dermatitlar;
- LOR a'zolari kasalliklari;
- OIY kasalliklari;
- tayanch-xarakat apparati kasalliklari.
Klinikamiz telefonlari:
+998 (71) 200-03-23
+998 (71) 241-28-11
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻch. 21v uy (moʻljal:Toshkent shahar inkassatsiya xizmati).

Комментарии

Комментариев нет.