“Konstitutsiyani o‘rganamiz”

📄O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini o‘rganish, uning mazmuni va mohiyatini har bir davlat arxivining xodimiga yetkazish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Konstitutsiyani o‘rganamiz” mavzusida seminar tashkil etildi.
📄Seminarda davlat arxivlari rahbarlari, xodimlari ishtirok etmoqda. Mazkur seminarda Adliya vazirligining maxsus mutaxassisi ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati bilan bir qatorda uning har bir moddalariga alohida to‘htalib, hayotga tadbiq etilishi haqida, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega moddalari haqida asosiy o‘zgarishlar, ijtimoiy himoya, ta’lim, huquqiy davlat, oila, mehnat munosabatlari haqida, eng muhimi inson huquq va erkinliklarining bir yaxlit majmui yaratilganligi haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.
Mazkur seminarlar hududlarda davom ettirilishi belgilab olindi.
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | ( https://t.me/uzarxivs ) Instagram | ( https://www.instagram.com/uzarxiv/ ) Facebook | ( https://www.facebook.com/uzarxiv ) OK ( https://ok.ru/group/61327207956574 ) | Twitter ( https://twitter.com/Uzarxiv?t=H7X2p3DTKx1dG2t0glvzOQ&s=09 )

Комментарии

Комментариев нет.