#xotira_va_qadrlash_kuni #ochiq_eshiklar_kuni #uzarxiv

Andijon viloyati Asaka tuman Davlat arxivi xodimlari tomonidan 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tumanning 54-o‘rta taʼlim maktab bitiruvchi o‘quvchilari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" va foto ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur foto ko‘rgazma orqali yoshlar Ikkinchi jahon urushiga tegishli foto va 1941-1945 yillarga oid kitob albomlar, gazetalar, arxivda saqlanayotgan doimiy hujjatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yoshlar arxiv mutaxassislari tomonidan muassasaning bugungi kunda olib borilayotgan faoliyati haqida maʼlumotlar oldilar.
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram ( https://t.me/uzarxivs )| Instagram ( https://www.instagram.com/uzarxiv/ )| Facebook ( https://www.facebook.com/uzarxiv )| OK ( https://ok.ru/group/61327207956574 ) | YouTube ( https://www.youtube.com/@ozarxivagentligi-7908 )

Комментарии

Комментариев нет.