26 мая 2022

“Real” 80 mln yevro evaziga “Monako” yulduzini sotib olishga yaqin.

Unga “PSJ” ham da’vogar
“Monako” yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

22 yoshli futbolchi Madridning “Real” klubi bilan kelishuvga erishgan. Tomonlar 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan, deya xabar beradi RMC Sport.

“Qaymoqranglilar” futbolchi uchun 80 million yevro va qo‘shimcha bonuslar to‘lashi aytilmoqda.

Fransuzga “PSJ”dan ham jiddiy qiziqish bor. Parijliklar Tchuamenining agentlari bilan bog‘langan va transfer borasida muzokara o‘tkazgan. Uning transferini Kilian Mbappe xohlamoqda.

Avvalroq Kilian Mbappe transferi barbod bo‘lgach, “Real” Orelyen transferiga diqqatini qaratgani xabar qilingandi.

Orelyen “Bordo” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2020-yilning yozida 18 million yevro evaziga “Monako”ga o‘tgandi. Tchuameni joriy mavsum “Monako” safida Fransiya chempionatida 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Комментарии

Комментариев нет.