ҲИКОЯ (o‘qing sizga ilindim ) ( 2 - qism ) O‘sha noma’lum yigitni "Zaynab”dan qizg‘ana boshlagandim. Ehtimol, ulardan biri dugonalarim bo‘lib chiqar. Qo‘ng‘iroq qilishga yuzim chidamadi. Sabr qilay-chi. U kim ekan? Potti ikkalamiz bizning darvozamiz oldida uchrashdik. -Ketdikmi? -dedi u jilmayib. Negadir ko‘zlari yonib turar, xursandligidan dasti uzun sumkachasini aylantirib, goh osmonga otib olardi. -Tinchlikmi, og‘zing qulog‘ingda? -So‘rama, yigitim telpon qildi. -Qanaqa yigiting, yo‘q edi-ku, deya yuragimga xavotir qo‘ndi. -Yo‘q edi, endi bor. O‘ziyam kechasi bilan gurunglashdik. Hozir simkartamda bir sent ham yo‘q. Tong otsin o‘zim pul tashlayman, dedi. -Ismi nima? -Bilmayman, adashib tushgandi. Bir-birimizni ovozimizdan sevib qoldik. U mandan qaysi rangdagi atirgulni yoqtirishimni so‘radi? Naq "Qish sonatasi” deysan. Oq atirgulni dedim. Qaysi faslni yoqtirishimni so‘raganda kuzni dedim. Xazonlarni bir-bir bosib shitirlatib yurishni yaxshi ko‘raman ,dedim. Unda kuzda ko‘rishamiz, - dedi.Boya yozni desam bo‘larkan. O‘rtada yoz turibdi. Uni bo‘lsa, xoziroq ko‘rgim kelyapti. - U sanga Otabek, Kumush haqida gapirmadimi? -Yo‘q. Ovozingiz Yudjinnikiga o‘xsharkan, deb «Qish sonatasi»dagi qo‘shiqlarni manga jo‘natdi. Shu kuni Moxxi, Sitti ham kim bilandir telefonda tanishgan. Man indamay qo‘ya qoldim. Chunki, ularning raqamini berganim uchun o‘sha noma’lum yigit qo‘ng‘iroq qilgandir, degan tusmolim bor edi.... Kechqurun naq o‘nbir. Endigina ko‘zim ilashganda qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Yuragim patirlab urib ketdi. Xuddi ikki xona narida yotgan dadam bilan ayam yurak urishimni eshitadigandek qo‘rqib, ko‘rpaga burkandim. Sekin zangori tugmani bosdim. -Gulya, nega ovoz bermaysiz.Kimdir bormi? Man o‘shaman. -Siz Otabekmisiz, Junsangmisiz yoki Don Juanmisiz? Kecha dugonalarimni ham qulog‘iga lag‘mon osgan "astonopka”si yo‘q bekorchimisiz? -Nimalar deyapsiz? Tuhmat qilib, yosh jonimga zomin bo‘lmoqchimisiz? -Unda ularga kim qo‘ng‘iroq qildi? -Qaydan bilay. Kecha siz bilan gaplashishga bahona topolmay, dugonalaringizning raqamini so‘ragandim. Aslida, ularni tanimayman. Man sizzi qarindoshingizning to‘yida ko‘rgandim. O‘shanda raqamingizni so‘rab bilgandim. Oradan ancha vaqt o‘tsa-da, bog‘lanishga cho‘chidim. -Unda siz qarindoshimmisiz? -Yo‘q, to‘yga mehmon bo‘lib borgandim. -Qaysi to‘yga? -Buyog‘ini o‘zingiz toping. Balki tushlaringizga kirarman. Xayrli tun.... Yana jumboq bo‘ldi. Yaqin o‘rtada qarindoshlarimning to‘yiga bormaganman. Ayniqsa, sotka tutganimdan buyon to‘y bo‘lgani yo‘q-ku. O‘qishga ketayotganimda u yana qo‘ng‘iroq qildi. - Go‘zal qiz, Gulya. Sizning bugungi ishlaringizga omad tilamasdan o‘qishga ketolmadim. -Qayerga o‘qiysiz? -Diplomatiyaga. -Mani laqqillataman, deb ovora bo‘lmang. Telefon tutganimga endigina bir oy bo‘lyapti. To‘yga bormaganimga bir yil.Yana qancha yolg‘on gapirasiz? Sizni tanimayman. Endi mani bezovta qilmang. Tamom-vassalom. - Ofarin, juda xushyor qiz ekanligingizni sezgandim. Sizga tavakkal qilib, raqam terib tushdim, desam, nima deysiz? Ayrim qizlar so‘rab- surishtirmasdan tanishib ketaveradi. Siz juda zukko ekansiz. Sizni aldab bo‘lmaydi. Boodob oilaning aqlli qizi ekanligingiz ko‘rinib turibdi. Uzr. Ming bor uzr. Agarmandan xafa bo‘lsangiz, keyingi qo‘ng‘irog‘imga javob bermang. Siz bilan suhbatlashib, zerikarli hayotimga nur kirgandek bo‘ldi. Ota-onam yaqinda avariya tufayli vafot etishdi. Bir o‘zimman, yakka-yu yagona ovunchog‘im shu telefon. Balki, undan baxtimni, zulmat bosgan dunyomni yoritadigan mohtobimni toparman, deya orzulagan bir bechora yigitni kechirolsangiz, keyingi safar tugmani bosing. Man sizdan olisda - poytaxtdaman. Xayr, Gulim. Bir bor ko‘rmagan. Xushbo‘y iforlarini hidlamagan, faqat olisdan-tikanli so‘zlarini yuragimga qadagan, qo‘ng‘iroq ovozli, bemehr Gulim, xayr.... U javob ham kutmasdan aloqani uzdi. Toshkentdanmikan? Qatorasiga shuncha yolg‘on gapirdi. Unga ishonib bo‘ladimi? Bechora, rostdan ota-onasidan ajralib yetim qolganmikan? Bu yomon gap-ku. Bu sovuq gaplarni uncha-muncha odam yolg‘on aytolmaydi-ku. Negadir ko‘nglim bezovta bo‘la boshladi. Endi qo‘ng‘irog‘ qilmasa-ya! Bunday chiroyli gaplarni qaydan toparkan? Yana "Gulim” degan ovozini eshitarmikanman? Notanish yigit meni unutdi shekilli, kuni bo‘yi telefon qilmadi. Har qo‘ng‘iroq kelganda, SMS gudogi eshitilsa, yuragim hapriqib ketardi. Ammo u emas... Kayfiyatim tushib, hayotdan ko‘nglim qolgandek bo‘shashib ketdim. Dadam kechqurun choy ichib o‘tirganimizda bolish olib kelishni buyurdilar. Ayam dadamni yonboshlashlari uchun maxsus bolish yasaganlar. Og‘ir, ichi to‘la uvada paxta. Uni arang ikki buklab qo‘ydim. -Ha, ona qizim, shashting past, -deb yonboshladilar dadam va tirsaklarini bolishga suyab, boshlarini biroz ko‘tarib davom etdilar. - Odam bolasining ko‘nglini topish qanchalar mushkul. Ona qizimni aytgani aytgan, degani degan bo‘lsin, -deb erta-yu kech ishlasam, bisotimda bir sen-u, bir ukang. Shukur qilib yurmaysanmi? Sotka tutibam ko‘ngling yorishmadimi? Qovog‘ingdan qor yog‘yapti?” -dedilar sal jilmayib. Juda uyalib ketdim. Agar begona bir yigitning qo‘ng‘iroq qilmaganidan o‘kinayotganimni dadajonim bilsalar, qanday ahvolga tushadilar, bilmadim. Ikki yuzim lov yonib ketganini his qildim. Go‘yoki gunoh ish qilib qo‘ygandek his qilardim o‘zimni. Dadam to‘g‘ri aytgan ekanlar. Sotka qizlarga yaxshilik keltirmasov. Shunchalik ahmoq bo‘lamanmi? Basharasiniyam ko‘rganim yo‘q-ku. Nega uni o‘ylayapman? Demak, men o‘zimni aql-hushli deb hisoblamasam ham bo‘lar ekan. Bir hafta shunday o‘tdi. Endi esimdan chiqardim, deb turganimda u yana telefon qildi: «Gulyaxon, yana sizni bezovta qildim. Ming bor uzr. Xafa qilib qo‘ydim, deb necha kundan beri o‘z yog‘imda qovrildim. Axiyri, kechirim so‘rashga qaror qildim. Bir-birimizni tanimasak, ko‘rishmagan bo‘lsak, tushunmovchilik bo‘ladi-da. Shu sabab siz uchun suratimni yuborayapman. Albatta, siz ham salomga yarasha alik olib, gul chehrangizni ko‘rishdan bebahra qilmassiz. Salomatlikda ko‘rishaylik»...... Uning gapi shunchalik tez tugadiki, go‘yo yodlab olgandek tez va tinmay gapirdi. Nafasim og‘zimga tiqilib, bir og‘iz ham gapira olmadim. U ham javob kutmay o‘chirib qo‘ydi. Lekin ko‘nglimdagi qora nuqtalar har tarafga tarqalib, xushnudlik boshlandi. Biroz fursat o‘tib, uning surati yetib keldi. Xonandalardan biriga-to‘g‘rirog‘i Alisher Fayzga o‘xshab ketadigan chiroyli yigit yarimta suratdan kulib turardi. Egnida kastum. Bo‘ynida galstuk. Demak, jiddiy bola ekan. Kastum-shimda sipo bo‘lib yurganlar alabo‘ji kiyingan zamonaviy yigitlardan ko‘ra menga ko‘proq yoqardi. Odatda ular ichmaydi, chekmaydi. Bachkana qiliqlar qilmaydi. Suratga tikildim, u sal qorin qo‘yganga o‘xshaydi. Bu menga ma’qul emas. O‘g‘il bolalarning qorindor, to‘ladan kelganlarini jinim suymaydi. Men-chi? Rasmimni yuborsam, ma’qul kelarmikan? Ammacham har kelganda "Ha lo‘li Maryam, katta qiz bo‘lyapsanmi?” -deb qoraroq ekanligimni pisanda qiladilar. Potti bo‘lsa, "Sen hindlarga, ayniqsa, Kajolga o‘xshaysan”, -deydi. Har qalay husnim bilan maqtanaolmayman. Maktab davrida sinfimizdagi eng xunuk qiz men edim. Ko‘zlarim katta-kattaligidan jahlim chiqardi. Endi qandaydir o‘zgardim. Yuzim to‘lishgani uchunmi, ko‘zlarim meyoriga tushdi Xolamning aytishlaricha , qizlar o‘sish yoshida sal beso‘naqay, xunukroq bo‘lib, balog‘at yoshida gul-gul ochilib ketarkan. Mening yoshimda xunuk qizning o‘zi bo‘lmasmish. Xolam uchun men parilarning parisi. «Xuddi ayangni» o‘zi bo‘lyapsan. Ayangni orqasidan ilashmagan yigit yo‘q edi qishlog‘imizda, -deb erkalaydi. Ko‘zguga qarab, o‘zimdan nuqson qidirdim. Peshonamdan yana toshma chiqibdi. Shu ugrivoylar ikki yilcha bo‘ldiki, tinchlik bermaydi. O‘ylab-o‘ylab, axiyri Pottining rasmini yigitga jo‘natib yubordim. Ha, notanish oshiqni bopladim, degan xayolda edim. Sotkani vebga qo‘yib, ayamga yordam bera boshladim. Dadam kadi mantini yaxshi ko‘radilar. Hali bodringdek ko‘kish bo‘lib turgan xom qovoqni qishloqdan olib kelibdilar. Mantilarni qasqonga terayotgan paytim telefonim gudok bera boshladi. -Ol, anovi savilingni. G‘o‘ngillab miyani yedi, -dedilar ayam surpani yig‘ayotib. Ichkariga kirib cho‘ntagimdan olib qarasam, o‘shandan xabar kelgan ekan. "Qiynama meni, sevaman seni, kelmasa malol, sevaman halol”. Hali hech kim menga she’r bag‘ishlamagandi, sevaman demagandi. Ertaga dugonalarimga ko‘rsatib maqtanaman, deb o‘chirmay, saqlab qo‘ydim. Bitiruv kechasi bizning uyda bo‘ladigan bo‘ldi.... Davomi bor.... #грДилсўзлариҳикоя
💞ДИЛ СЎЗЛАРИ💞
ALDANGAN QIZLAR.....
ҲИКОЯ
(o‘qing sizga ilindim )
( 2 - qism )
O‘sha noma’lum yigitni "Zaynab”dan qizg‘ana boshlagandim. Ehtimol, ulardan biri dugonalarim bo‘lib
chiqar. Qo‘ng‘iroq qilishga yuzim chidamadi. Sabr qilay-chi. U kim ekan? Potti ikkalamiz bizning darvozamiz oldida uchrashdik.
-Ketdikmi? -dedi u jilmayib. Negadir ko‘zlari yonib turar, xursandligidan dasti uzun sumkachasini aylantirib,
goh osmonga otib olardi.
-Tinchlikmi, og‘zing qulog‘ingda?
-So‘rama, yigitim telpon qildi.
-Qanaqa yigiting, yo‘q edi-ku, deya yuragimga xavotir qo‘ndi.
-Yo‘q edi, endi bor. O‘ziyam kechasi bilan gurunglashdik. Hozir simkartamda bir sent ham yo‘q.
Tong otsin o‘zim pul tashlayman, dedi.
-Ismi nima?
-Bilmayman, adashib tushgandi. Bir-birimizni ovozimizdan sevib qoldik. U mandan qaysi rangdagi
atirgulni yoqtirishimni so‘radi? Naq "Qish sonatasi” deysan. Oq atirgulni dedim. Qaysi faslni yoqtirishimni so‘raganda kuzni dedim. Xazonlarni bir-bir bosib shitirlatib yurishni yaxshi ko‘raman ,dedim. Unda kuzda ko‘rishamiz, - dedi.Boya yozni desam bo‘larkan. O‘rtada yoz turibdi. Uni bo‘lsa, xoziroq ko‘rgim kelyapti.
- U sanga Otabek, Kumush haqida gapirmadimi?
-Yo‘q. Ovozingiz Yudjinnikiga o‘xsharkan, deb «Qish sonatasi»dagi qo‘shiqlarni manga jo‘natdi.
Shu kuni Moxxi, Sitti ham kim bilandir telefonda tanishgan. Man indamay qo‘ya qoldim. Chunki, ularning
raqamini berganim uchun o‘sha noma’lum yigit qo‘ng‘iroq qilgandir, degan tusmolim bor edi....
Kechqurun naq o‘nbir. Endigina ko‘zim ilashganda qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Yuragim patirlab urib ketdi. Xuddi ikki xona narida yotgan dadam bilan ayam yurak urishimni eshitadigandek qo‘rqib, ko‘rpaga burkandim. Sekin zangori tugmani bosdim.
-Gulya, nega ovoz bermaysiz.Kimdir bormi? Man o‘shaman.
-Siz Otabekmisiz, Junsangmisiz yoki Don Juanmisiz? Kecha dugonalarimni ham qulog‘iga lag‘mon osgan
"astonopka”si yo‘q bekorchimisiz?
-Nimalar deyapsiz? Tuhmat qilib, yosh jonimga zomin bo‘lmoqchimisiz?
-Unda ularga kim qo‘ng‘iroq qildi?
-Qaydan bilay. Kecha siz bilan gaplashishga bahona topolmay, dugonalaringizning raqamini so‘ragandim.
Aslida, ularni tanimayman. Man sizzi qarindoshingizning to‘yida ko‘rgandim. O‘shanda raqamingizni so‘rab bilgandim. Oradan ancha vaqt o‘tsa-da, bog‘lanishga cho‘chidim.
-Unda siz qarindoshimmisiz?
-Yo‘q, to‘yga mehmon bo‘lib borgandim.
-Qaysi to‘yga?
-Buyog‘ini o‘zingiz toping. Balki tushlaringizga kirarman. Xayrli tun....
Yana jumboq bo‘ldi. Yaqin o‘rtada qarindoshlarimning to‘yiga bormaganman. Ayniqsa, sotka tutganimdan buyon to‘y bo‘lgani yo‘q-ku. O‘qishga ketayotganimda u yana qo‘ng‘iroq qildi.
- Go‘zal qiz, Gulya. Sizning bugungi ishlaringizga omad tilamasdan o‘qishga ketolmadim.
-Qayerga o‘qiysiz?
-Diplomatiyaga.
-Mani laqqillataman, deb ovora bo‘lmang. Telefon tutganimga endigina bir oy bo‘lyapti. To‘yga
bormaganimga bir yil.Yana qancha yolg‘on gapirasiz? Sizni tanimayman. Endi mani bezovta qilmang.
Tamom-vassalom.
- Ofarin, juda xushyor qiz ekanligingizni sezgandim. Sizga tavakkal qilib, raqam
terib tushdim, desam, nima deysiz? Ayrim qizlar so‘rab- surishtirmasdan tanishib ketaveradi. Siz juda
zukko ekansiz. Sizni aldab bo‘lmaydi. Boodob oilaning aqlli qizi ekanligingiz ko‘rinib turibdi. Uzr. Ming bor uzr. Agarmandan xafa bo‘lsangiz, keyingi qo‘ng‘irog‘imga javob bermang. Siz bilan suhbatlashib, zerikarli hayotimga nur kirgandek bo‘ldi. Ota-onam yaqinda avariya tufayli vafot etishdi. Bir o‘zimman, yakka-yu yagona ovunchog‘im shu telefon. Balki, undan baxtimni, zulmat bosgan dunyomni yoritadigan mohtobimni toparman, deya orzulagan bir bechora yigitni kechirolsangiz, keyingi safar tugmani bosing. Man sizdan olisda - poytaxtdaman. Xayr, Gulim. Bir bor ko‘rmagan. Xushbo‘y iforlarini hidlamagan,
faqat olisdan-tikanli so‘zlarini yuragimga qadagan, qo‘ng‘iroq ovozli, bemehr Gulim, xayr....
U javob ham kutmasdan aloqani uzdi. Toshkentdanmikan? Qatorasiga shuncha yolg‘on gapirdi. Unga ishonib bo‘ladimi? Bechora, rostdan ota-onasidan ajralib yetim qolganmikan? Bu yomon gap-ku. Bu sovuq
gaplarni uncha-muncha odam yolg‘on aytolmaydi-ku. Negadir ko‘nglim bezovta bo‘la boshladi.
Endi qo‘ng‘irog‘ qilmasa-ya! Bunday chiroyli gaplarni qaydan toparkan? Yana "Gulim” degan ovozini eshitarmikanman?
Notanish yigit meni unutdi shekilli, kuni bo‘yi telefon qilmadi. Har qo‘ng‘iroq kelganda, SMS gudogi eshitilsa, yuragim hapriqib ketardi. Ammo u emas... Kayfiyatim tushib, hayotdan ko‘nglim qolgandek bo‘shashib ketdim. Dadam kechqurun choy ichib o‘tirganimizda bolish olib kelishni buyurdilar. Ayam dadamni yonboshlashlari uchun maxsus bolish yasaganlar. Og‘ir, ichi to‘la uvada paxta. Uni arang ikki buklab qo‘ydim.
-Ha, ona qizim, shashting past, -deb yonboshladilar dadam va tirsaklarini bolishga suyab, boshlarini biroz ko‘tarib davom etdilar. - Odam bolasining ko‘nglini topish qanchalar mushkul. Ona qizimni aytgani aytgan, degani degan bo‘lsin, -deb erta-yu kech ishlasam, bisotimda bir sen-u, bir ukang. Shukur qilib yurmaysanmi? Sotka tutibam ko‘ngling yorishmadimi? Qovog‘ingdan qor yog‘yapti?” -dedilar sal jilmayib.
Juda uyalib ketdim. Agar begona bir yigitning qo‘ng‘iroq qilmaganidan o‘kinayotganimni dadajonim bilsalar, qanday ahvolga tushadilar, bilmadim. Ikki yuzim lov yonib ketganini his qildim. Go‘yoki gunoh ish qilib qo‘ygandek his qilardim o‘zimni. Dadam to‘g‘ri aytgan ekanlar. Sotka qizlarga yaxshilik keltirmasov. Shunchalik ahmoq bo‘lamanmi? Basharasiniyam ko‘rganim yo‘q-ku. Nega uni o‘ylayapman? Demak, men o‘zimni aql-hushli deb hisoblamasam ham bo‘lar ekan.
Bir hafta shunday o‘tdi. Endi esimdan chiqardim, deb turganimda u yana telefon qildi:
«Gulyaxon, yana sizni bezovta qildim. Ming bor uzr. Xafa qilib qo‘ydim, deb necha kundan beri o‘z yog‘imda qovrildim. Axiyri, kechirim so‘rashga qaror qildim. Bir-birimizni tanimasak, ko‘rishmagan bo‘lsak, tushunmovchilik bo‘ladi-da. Shu sabab siz uchun suratimni yuborayapman. Albatta, siz ham salomga yarasha alik olib, gul chehrangizni ko‘rishdan bebahra qilmassiz. Salomatlikda ko‘rishaylik»......
Uning gapi shunchalik tez tugadiki, go‘yo yodlab olgandek tez va tinmay gapirdi. Nafasim
og‘zimga tiqilib, bir og‘iz ham gapira olmadim. U ham javob kutmay o‘chirib qo‘ydi. Lekin ko‘nglimdagi qora nuqtalar har tarafga tarqalib, xushnudlik boshlandi. Biroz fursat o‘tib, uning surati yetib keldi. Xonandalardan biriga-to‘g‘rirog‘i Alisher Fayzga o‘xshab ketadigan chiroyli yigit yarimta suratdan kulib turardi. Egnida kastum. Bo‘ynida galstuk. Demak, jiddiy bola ekan. Kastum-shimda sipo bo‘lib yurganlar alabo‘ji kiyingan zamonaviy yigitlardan ko‘ra menga ko‘proq yoqardi. Odatda ular ichmaydi, chekmaydi.
Bachkana qiliqlar qilmaydi. Suratga tikildim, u sal qorin qo‘yganga o‘xshaydi. Bu menga ma’qul emas. O‘g‘il bolalarning qorindor, to‘ladan kelganlarini jinim suymaydi. Men-chi? Rasmimni yuborsam, ma’qul kelarmikan?
Ammacham har kelganda "Ha lo‘li Maryam, katta qiz bo‘lyapsanmi?” -deb qoraroq ekanligimni pisanda
qiladilar. Potti bo‘lsa, "Sen hindlarga, ayniqsa, Kajolga o‘xshaysan”, -deydi. Har qalay husnim bilan maqtanaolmayman. Maktab davrida sinfimizdagi eng xunuk qiz men edim. Ko‘zlarim katta-kattaligidan jahlim chiqardi. Endi qandaydir o‘zgardim. Yuzim to‘lishgani uchunmi, ko‘zlarim meyoriga tushdi Xolamning aytishlaricha , qizlar o‘sish yoshida sal beso‘naqay, xunukroq bo‘lib, balog‘at yoshida gul-gul ochilib ketarkan. Mening yoshimda xunuk qizning o‘zi bo‘lmasmish. Xolam uchun men parilarning parisi. «Xuddi ayangni» o‘zi bo‘lyapsan. Ayangni orqasidan ilashmagan yigit yo‘q edi qishlog‘imizda, -deb erkalaydi. Ko‘zguga qarab, o‘zimdan nuqson qidirdim.
Peshonamdan yana toshma chiqibdi. Shu ugrivoylar ikki yilcha bo‘ldiki, tinchlik bermaydi. O‘ylab-o‘ylab, axiyri Pottining rasmini yigitga jo‘natib yubordim. Ha, notanish oshiqni bopladim, degan xayolda edim. Sotkani vebga qo‘yib, ayamga yordam bera boshladim. Dadam kadi mantini yaxshi ko‘radilar. Hali bodringdek ko‘kish bo‘lib turgan xom qovoqni qishloqdan olib kelibdilar. Mantilarni qasqonga terayotgan paytim telefonim gudok bera boshladi.
-Ol, anovi savilingni. G‘o‘ngillab miyani yedi, -dedilar ayam surpani yig‘ayotib. Ichkariga kirib cho‘ntagimdan olib qarasam, o‘shandan xabar kelgan ekan.
"Qiynama meni, sevaman seni, kelmasa malol, sevaman halol”. Hali hech kim menga she’r bag‘ishlamagandi, sevaman demagandi. Ertaga dugonalarimga ko‘rsatib maqtanaman, deb o‘chirmay, saqlab qo‘ydim.
Bitiruv kechasi bizning uyda bo‘ladigan bo‘ldi....
Davomi bor....
#грДилсўзлариҳикоя