Yuribman chet elda, bo‘ldimku bezor, Uyda yaqinlarim yo‘qlab har zamon. Yildan oshib ketdi qaytishimga zor, Men-chi musofirda yuribman hamon. Suyak suyagimga o‘tib ketyapti. Yillar o‘z domiga yutib ketyapti. Uyda onam umri kutib o‘tyapti. Men-chi musofirda yuribman hamon. Uy-joy qilay dedim pulda hayolim. Jonga jon bo‘larmi topganim molim. Qayting deb aytadi har kun ayolim, Men-chi musofirda yuribman hamon. Buylari cho‘zilib qolgan qizimning, Hamda pahlavonim o‘g‘lim o‘zimning. Ustidan chiqolmay aytgan so‘zimning, Men-chi musofirda yuribman hamon. O‘tgan bu yillardan alamlarim bor. Goho bo‘lib ketar dunyolarim tor. Do‘st-u jigarlarim diydorimga zor. Men-chi musofirda yuribman hamon. Qaytaman deymanu qaytolmay yana. Qachon qaytishimni aytolmay yana. Yillar o‘tib ketdi ana deb mana, Men-chi musofirda yuribman hamon. ✍ S
✆⇋𝗬𝗨𝗥𝗔𝗚𝗜𝗠𝗗𝗔𝗦𝗔𝗡⇋✆
:💲🚶QIROL🤴 YIGIT
Musofirda yuribman hamon.
Yuribman chet elda, bo‘ldimku bezor,
Uyda yaqinlarim yo‘qlab har zamon.
Yildan oshib ketdi qaytishimga zor,
Men-chi musofirda yuribman hamon.
Suyak suyagimga o‘tib ketyapti.
Yillar o‘z domiga yutib ketyapti.
Uyda onam umri kutib o‘tyapti.
Men-chi musofirda yuribman hamon.
Uy-joy qilay dedim pulda hayolim.
Jonga jon bo‘larmi topganim molim.
Qayting deb aytadi har kun ayolim,
Men-chi musofirda yuribman hamon.
Buylari cho‘zilib qolgan qizimning,
Hamda pahlavonim o‘g‘lim o‘zimning.
Ustidan chiqolmay aytgan so‘zimning,
Men-chi musofirda yuribman hamon.
O‘tgan bu yillardan alamlarim bor.
Goho bo‘lib ketar dunyolarim tor.
Do‘st-u jigarlarim diydorimga zor.
Men-chi musofirda yuribman hamon.
Qaytaman deymanu qaytolmay yana.
Qachon qaytishimni aytolmay yana.
Yillar o‘tib ketdi ana deb mana,
Men-chi musofirda yuribman hamon.
✍ S