Topganlarim bari sizniki ona!

Siz qilgan orzular bizniki ona,
Roʻyobi oʻgʻil-u qizniki ona,
InshaAlloh niyatga yetamiz bir kun...
Topganlarim bari sizniki ona!
Hech kim suymagan payt, kechmay suydingiz,
Toʻlgʻonib, yigʻlasam yurak uydingiz,
Nima yegingiz bor, nima kiygingiz?
Topganlarim bari sizniki ona!
Qachongacha qalbga armon solaman?
Siz borsiz erkaman, hamon bolaman,
Madinaga oʻzim olib boraman!
Topganlarim bari sizniki ona!
Ka'bani aylanib tavof qilasiz,
Xoji ona boʻlib, hushhol kulasiz,
Shu kunlar keladi, bir kun koʻrasiz,
Topganlarim bari sizniki ona!
Baxt-u iqbolimni oʻylasangiz bas!
Toʻylarimda oʻynab yayrasangiz bas,
Duolar qilishdan tinmasangiz bas,
Topganlarim bari sizniki ona!
Dilingiz ogʻritdim shoʻx dilband boʻlib,
Yoʻqlab ham kelmadim doim band boʻlib,
Borimni berayin bir farzand boʻlib,
Topganlarim bari sizniki ona!

Topganlarim bari sizniki ona! - 5365778327642
Topganlarim bari sizniki ona! - 5365778327130
Topganlarim bari sizniki ona! - 5365778327386
Topganlarim bari sizniki ona! - 5365778327898

Комментарии

Комментариев нет.