Bu savolni o‘ylash bilan insonning qalbida turli tuyg‘ular uyg‘onadi, menimcha, ota faqatgina farzandni dunyoda yetishtirgan, tarbiyalagan inson emas, balki u hayotning o‘zida tiriklik ustunini ushlab turgan tayanch, ya'ni ota biz ko‘rmaydigan, lekin doim sezib turadigan tog‘dek quvvat. Ko‘pincha biz bolalik chog‘imizda otaning mehrini ularning jiddiy qarashlari, ko‘p gapirmasligi ortida sezmaymiz, ammo yillar o‘tgach, aslida u sukutlarda nechog‘li mehr, qanday tashvishlar yashiringanini anglay boshlaymiz. Ota oilaning tayanchi, mas’uliyat og‘irligini zimmasiga oluvchi, farzandlari uchun o‘zining orzularidan ham kechishga tayyor fidokor inson. “Ota-onaga ‘uf’ ham demanglar, ularga chiroyli so‘z aytinglar” (17:23), ya'ni ota va ona oldidagi hurmat faqat ularning xizmatida emas, balki qalbimizda ularni ulug‘lash, so‘zimizda yumshoqlik bilan bo‘lishimizda hamdir. Rasululloh ▫ “Otaning rizosi – Allohning rizosi, otaning g‘azabi – Allohning g‘azabi” deb marhamat qilganlar, ya'ni inson uchun otaning roziligi naqadar buyukligini ochib beradi. Hozirchi hozir biz otaga hurmatni, eʼtiborni, xizmatni, bergan tarbiyaga amallarni oʻz yoʻlida bir tekis qilyabmizmi, ba'zi insonlar ular yonida turganida e’tibor bermaydi, ammo yo‘qotganidan keyin kech bo‘ladi. Menimcha, har bir inson otasining yonida borligida qadrlashi, uning har bir nasihatini xazina kabi qabul qilishi kerak, chunki ota bizni dunyoga tayyorlab beradigan maktab, sabr va matonat. Ota aslida kim degan savolga eng oddiy javob shu, ota Allohning bizga bergan eng katta ne’matlaridan biri. Alloh ularga boʻlgan mehrimiz, sadoqatimiz, hurmatimizni yanada yuksaltirsin.
𝑀̮̑𝐴̮̑𝑅̮̑𝑂̮̑𝑄̮̑𝐴̮̑𝑁̮̑𝐷̮̑ 𝓝 【1】
:﷽Aใhล๓dน ใเใใลh﷽
Ota aslida kim?