Комментарии
- 8 авг 2015 11:57Sizlarni hechkim aldamadi faqat Adashtirib yozib yuborgan sizlardan uzur suraymiz
- 8 авг 2015 12:00etibor Bering 89 qismda TV da bulmagan voqealar rivoji bor usha video aslida 90 qism bilan Aralashib yozib yuborilgan Biz xam sizlardek odammiz adashishimiz mumkunku bu kino kopi English Tilidan tarjima qilinyapdi shuning uchun 2 seriasi bitta bup yozilib ketgan
- 8 авг 2015 12:02etibor Bering 89 qismda TV da bulmagan voqealar rivoji bor usha video aslida 90 qism bilan Aralashib yozib yuborilgan Biz xam sizlardek odammiz adashishimiz mumkunku bu kino kopi English Tilidan tarjima qilinyapdi shuning uchun 2 seriasi bitta bup yozilib ketgan
- 8 авг 2015 12:02etibor Bering 89 qismda TV da bulmagan voqealar rivoji bor usha video aslida 90 qism bilan Aralashib yozib yuborilgan Biz xam sizlardek odammiz adashishimiz mumkunku bu kino kopi English Tilidan tarjima qilinyapdi shuning uchun 2 seriasi bitta bup yozilib ketgan
- 8 авг 2015 12:22Xa shu 90 qism 91 qismmi Yani Dushanba kuni beriladigon qismni xoz kiritaman
- 8 авг 2015 12:23Faqat 2 qism birdan yozvoribman aralashib ketibdi uzur
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
♥...Yαgoηαm ediηg... Tv love♥
:™★Mυχαmmα∆αιi★™
Senga Oshiqman 90 Qism Voqealar,rivoji
Salom Guruhimiz foydalanuvchilari. Serial yanada
qiziqarli joyiga keldi. Maqolamizdagi xato va
kamchiliklar uchun sizlardan oldindan uzr
so'raymiz. Voqealar rivojini davomini o'qing, va
har kun bizning Guruhga kirib turing va Guruhimizda do'stingizga ham tafsiya qiling. Axr
guruhimiz haqiqatdan ham tafsiya qilishga
arziydiku. Bizning Guruhimiz boshqa qiziq
materiallar ham bor, buni Guruhimiz yaxshilab
titkilaganingizdan so'ng bilib olasizlar
Sharman Ritikaning qo'liga uzuk taqadi. Hamma
qarsak chaladi. Zaveri ham Ritikaga uzuk beradi.
Ritika endi uzukni Sharmanni qo'liga taqmoqchi
bo'lganda politsiya keladi va Ranvirni so'raydi.
Hamma politsiya hodimlari tomon qaraydi. Ranvir
ularning yoniga boradi. Poltisiya Ranvirni firibgarlikda ayblab hibsga olishini aytadi. Kiring
va birinchilardan bo'lib o'qing. Ranvir nima uchun
deb so'raydi. Politsiya unga soxta olmoslarni
sotgani uchunligini aytadi. Hamma hayratga
tushadi. Ritika bu gapdan Sharmanning qo'liga
taqayotgan uzukni tashlab yuboradi. Hamma Ritikaga qaraydi. Ritika Ranvirning yoniga boradi
va Politsiyaga bu quruq safsataligini RV katta
biznesmen ekanligini aytadi. Politsiya esa bunga
dalil borligini aytadi.
Ritika yana politsiyaga qarshi chiqadi. Politsiya
inspektori esa hammasini Politsiya mahkamasida hal qilishini aytadi.
Janob Zaveri Politsiyaga: - Ranvir katta
biznesmen, shuning uchun ham uning dushmani
ko'p. Men uni yaxshi bilaman. Bu qanday
firibgarlik?
Shu payt Ishani kirib keladi va Ranvirni firibgar deydi. RVning kompaniyasi soxta olmoslar
yetkazib beradi deb aytadi. Ritika esa Ishaniga
nega bunday deyayotganini, Ranvir firibgarlik
qilmasligini aytadi.
Ishani: - Firibgarlik bo'lgan. Lekin RV qamalishi
kerak emas. Chunki u olmos kompaniyasini egasi emas, menman. Mulk hujjatlarini ko'rishingiz
mumkin. Shuning uchun meni hibsga olinglar.
Ishani Manasga hujjatlarni olib kelishini aytadi.
Politsiya hujjatlarni tekshiradi va Ishanining
qo'liga kishan taqmoqchi bo'ladi. Falguni
ularning oldiga keladi va Ranvirdan Ishanini qutqarishini, Ishani bunday qilmaganligini
so'raydi. Ranvir esa indamay turadi. Amba esa
ularni haqoratlashga tushadi.
Ishani esa politsiyaga qo'liga kishan taqishini
aytadi. Ranvir Ishaniga kishan taqmasliklarini
so'raydi. Polistiya kishanni yechib yuboradi va Ishanini olib chiqib ketadi. Manas ularning
ortidan chiqadi va politsiyadan Ishani bilan 2
daqiqa holi qolishni so'raydi.
Sharman Devarshga advokatga qo'ng'iroq
qilishini va kompaniya mulk hujjatlarini so'rashini
aytadi. Ranvir Nitinga muhim uchrashuvga borishi kerakligini aytadi.
Parul Ranvirga Ishani qamoqqa tushgan paytda,
qanday qilib uchrashuvga borishingiz mumkin.
Unga g'amxo'rlik qilmaysizmi deydi. Ranvir biroz
o'ylanadi va "Yo'q" deb javob beradi.
Manas Ishanidan kehcirim so'raydi. Ranvirga hamma haqiqatni aytaman deydi.
Ishani esa Manasga bunday qilmasligini,
Dishaning aybi uchun bolasi qiynalmasligini va
nikohni buzmasligini so'raydi.
Manas Dishani kechirmasligini aytadi. Ishani esa
Manasni Ranvirning yoniga borishini va u bilan qolishini aytadi. Politsiya Ishanini mashinaga
o'tqazadi. Manas uyga kiradi.
Ranvir Janob Zaveriga: - Bugungi holatdan hafa
bo'lmang. Ritika buning uchun afsusdaman. Nitin
va Manas ishga ketdik, kecha tugadi.
Ular uydan chiqib ketishadi. Hamma bugungi holatdan hafa. Janob Zaveri Ritika bilan ketadi.
Ishanining buvisi esa yerdan uzukni oladi. Unga
termulgancha oladi. Ranvir Nitin va Manasga bo'lgan voqea haqida
gapiradi. Manas biroz jim turgach, Nitin Ranvirga
Ishanini yaxshi bilaman, u bunday ish qilmaydi.
Unga pul ham kerakmas, lekin nega soxta
olmoslarni sotdi? Bu ishni faqat uning dushmani
uni qoralash uchun qilgan deydi. Bu gaplardan Ranvir hayron bo'ladi. Nitin va
Manas xonadan chiqib ketadi. Ranvir
o'ylangancha qoladi. Disha Chiragning yoniga boradi.
Disha: - Mening pullarim qani?
Chirag: - Pul? Qanaqa pul?
Chirag va Disha tortishib ketishadi. Chirag Dishaga
gapira turib, telefonidagi rasmni ko'rsatadi va
Dishani qo'rqitadi. Unga kimdir telefon qiladi va ketadi. Disha esa jaxli chiqqancha gapirib qolib
ketaveradi.
Manas ofisda qorovullarni extiyotsizligi uchun
haqoratlayotsa, Ranvir xonasidan chiqadi va
Manasga bo'ldi qilishini aytadi. Ofisga Chirag yetib
kelgan edi. Ranvir uni xonasiga kirishini aytadi. Chirag xonaga kiradi.
Ranvir: - Olmoslarni qaytarishingni xoxlayman.
Chirag: - Qanaqa olmoslar?
Ranvir: - Olmoslar 5 Kror Rupiy turadi, Sening
uying esa 10 Kror Rupiy. Olmoslarni qaytarsang
men senga uying beraman. Yaxshi kelishuv shundaymi? Ishani politsiya mashinasida ketayotsa, undagi
bir politsiya hodimasi Ishani Ranvirning
mashinasini orqa bagajiga chiqib olgan paytini
eslaydi.
Ranvir Chiragga olmoslarni qaytarishini aytadi.
Unga ikki daqiqa vaqt berishini, shu vaqt ichida olmosni qaytarsa unga uyini qaytarib berishini
aytadi. Chirag ikki daqiqa o'ylanib turadi. So'ng
kelishuvga rozi bo'lganini, uyiga qaytishni
xoxlaganini Ranvirga aytadi. Olmoslarni
cho'ntagidan oladi, so'ng ularni Ranvirga beradi.
Ranvir spirtli ichimlikni ochib stakanga quyadi. Manasga telefon qilib Chiragning uyini hujjatlarini
olib kelishini aytadi. Ranvir stakandagi ichimlikni
birini Chiragga tutqazadi va buni nishonlash
kerakligini aytadi. Chirag avval hujjatlarni so'raydi.
Manas hujjatlarni Ranvirga beradi. Ranvir hujjatni
Chiragga uzatadi. Kiring va birinchilardan bo'lib o'qing. Chirag endi hujjatlarni olmoqchi
bo'lganda Ranvir uni yerga tashlab yuboradi.
Chiragning jaxli chiqadi va yerdan hujjatlarni
olaman deganda, Ranvir qo'lidagi spirtli
ichimlikni hujjatlar ustiga to'kib yuboradi. So'ng
gugurtni chaqib, hujjatlarni yoqib yuboradi. Chirag hujjatlarni nima qilding deya baqiradi. Inspektor ayol agar Ranvir Ishanini xaqiqatdan
sevsa uni qutqarishini aytadi. Ranvir Chiragga yolg'onchi bilan yolg'on kelishuv
qilganini aytadi. So'ng Manasga Chiragni ofisdan
chiqarib yuborishini aytadi.
Pratik va Devarsh Inspektordan Ishanini
qamamasligini so'raydi. Sharman advokat bilan
kirib keladi. Ishanini garov evaziga qamamaslgini so'rashadi. Inspektor ularning gapiga quloq
solmaydi va politsiya hodimasiga Ishanini
kameraga olib kirishini aytadi. Politsiya hodimasi
Ishanini endi olib ketayotsa Ranvir kirib keladi.
Ishanini qamamasliklarini aytib hujjatlarni
Inspektorga ko'rsatadi va kompaniyaning egasi ekanligini aytadi.
Hamma hursand bo'lib ketadi.
Inspektor ayol: - Ishanini qutqardingiz. Siz uni
kompaniya egasi sifatida qutqardingizmi yoki
Ishani Vaghelaning eri sifatidami?
Ranvir Ishaniga bir qaraydi va "Er sifatida va kompaniyaning egasi sifatida" deb aytadi.
Ishani va Ranvir hursand nigohlar bilan biri biriga
qaraydi. Disha uyga qaytadi va Chiragni yomonlab tursa,
Manas keladi. Manas Dishaga tanbex beradi.
Ishani va Ranvir bir biriga termulib tursa, Pratik
Ishanini Ranvirning mashinasga chiqishini aytadi.
Ishani indamay tursa Pratik uni yetalab kleib
Ranvirning mashinasga o'tqazadi. Falguni ularni ko'rib hursand bo'lib, kulib qo'yadi.
Ishani mashinada Ranvirga termulgancha
Ranvirning inspektor ayolga bergan javobini
eslaydi. So'ng Ranvir ham unga termulgancha
Politsiya uni olib ketayotgan paytdagi voqealarni
eslaydi... DAVOMI BOR...