Sizni Eslaganda har dam,har lahza

parishon chehramni yosh yuvar marjon.
parcha mehringizga zoriqib,tashna
yurak qo'msay boshlar sizni mehribon
Sizni,onajon!
Sizn mening bog'bonim,men-chi gulchiroy,
chin do'stim edingiz,dugonam-sirdosh.
Kunduzlar quyoshim,tunda to'lin oy,
bolalik olamim aylagan nurposh
Asli duraxshon!
G'am chekmang,g'ussaga qolmadim botib,
do'stlar davrasida yuribman shodmon.
Mashhurlik mayini ham ko'rdim tatib,
Ozodbek,Gulsanam,Ozoda,Rayhon
bari qadrdon!
Nomimdan,shonimdan kechardim magar,
bolalik bag'rida qaytolsam bir on.
Asli,diydoringiz eng ulug' zafar,
arziydi shu uchun nisor qilsam jon
Ona!
Onajon!

Комментарии

Комментариев нет.