Odam dunyoga bir marta

keladi!!! Shu bir kalima so'z bilan
qancha savob ishlar qilish
mumkin. Shu bir kalima so'z
pinjida qancha gunoxga botish
mumkin. Bu gapni agar qari qiz
aytsa, yiglaging keladi. Satang
aytsa ensasi qotadi odamning.
Qo'y o'sha sevgi pevgingni,
ajrashinglar deydi boyvuchcha
ona qiziga. Odam dunyoga bir
marta keladi. Seni bir xaftada
onasi o 'pmagan q izga
uylantirib qo 'yaman - ye, deydi
takabbur ota o 'gliga. Ajrash.
Odam dunyoga bir marta keladi.
Nega men sizni sevgilim deb
atadim, bilasizmi? Kim uchundir
jonimni berishim mumkin
bo'lishi uchun!... Odam dunyoga
bir marta keladi, do'stim! Xa
Azizim, bu gaplar shunchaki gap
emas, balki xaqiqatdir,
xayotning achchik va shirin
tomonlari, o'nkir – cho'nkir
yollari bor xayot faqatgina
mashshaqatlardan iborat!
Mashaqqatning oxiri roxat.
Roxatning oxiri yana
mashaqqat. Kunning oxiri tun.
Tunning esa oxiri yoq. Bir og'iz
sovuq so'z bilan diling yana
zimiston. Loaqal, bir kungina
kechgacha baxtli bo'lib yurgan
odamni topib beringchi menga!
Siz ming mashaqqat bilan
chiqqan cho'qqida kapalak xam
bor. Qumursqa xam yashaydi.
Sizning bu yutug'ingiz ular
uchun oddiy bir turmush
tashvishi. Ular kunda - shunday.
Men xidlab to'ymagan bedani
biya qarsillatib chaynaydi.
Yalpizni suv oqizib ketadi. Men
ko'zimga surtgan suvda
qurbaka cho'miladi.
Momoqaldiroq dunyoni boshiga
ko'tarib xayqiradi. Yulduzlar
qo'rqib qochib qolishadi.
Bulutlar yig'lashga tushadi. Yer
yuzida kuzikorinlar tugiladi. Xar
kanday xayqiriq so'ngida
nimadir dunyoga keladi, nimadir
dunyodan ketadi. Kulib gul
ochiladi – yig'lab shabnam
to'kiladi. Daryo toshadi tog'
nuraydi. Kelin xo'rsinadi, yanga
ermak qiladi................... Mudroq
bosgan dilim Aytaman bir sir
Tangri uyquni - da Pallada tortar
Uyqu xam Nasiyaga berilgan
umr Uyqing ortgan sayin
Qarzing xam ortar Mashaqqatga,
ta'qiblarga to'la uzundan - uzoq,
adoqsiz yollar xar bir insonni
manziliga - taqdiri azalga eltadi.
Men xam o'zimni taqdirga
ishontirib bo'lganman. Taqdir
kutilmaydi, unga qasdma - qasd
boriladi. Men shunday
qilamanki, siz toleim bulib
qolasiz, ya'ni yo mangu xijron,
yo mangu visol. Armon bilan
ayriliqni esa tan olmayman.
Negaki xijronda armon, visolda
ayriliq bo'lmaydi men uchun.
Iloxiy rux, tanadagi dard xamda
o'y - xayolot tiriklik belgisi.
Tirikman. Yashayapman. Lekin
nega! Nima uchun? Kim uchun?
kabi telba savollarimga jo'yali
javob topolmay qiynalaman. Uni
yurakdan orzikib kutaman,
unga yetishmoq istayman
butun vujudim bilan. Muhabbat
bilan vidolashmoq, qaygu bilan
chiqishmoq, armon bilan
xamdam bo'lmok va yana xar
damda urib turmoq – og'irlik
qilmasmikan mushtdek
yurakka? Muhabbat - bu shirin,
asta - sekin ta'sir etuvchi zaxar.
U avvaliga o'z shirinligi bilan
qalbingni rom etadi, so'ng bora -
bora vujudgingni so'ldiradi, o'z
vaqtida chorasini ko'rmasang
o'lasan. Xa do'stim muhabbat
shirin va shu bilan birga eng
azobli sinovdir. Oxista-oxista
yog'adi yomgir Oxista-oxista
ko'zgalar shamol Oxista-oxista
yumshoq nur sochar Bulutlar
qa'ridan ko'ringan xilol Oxista-
oxista bir qiz yig'lar Kabutar
patidanda mayin dardlari Tun
tirik. Yaxshilab tinglab k o'
rsangiz Eshitilar uning yurak
zarblari Ne nozik tuyg'ular
ichida qoldik Sevgilim gapirma,
o'ltirgin tinib Go'yo dunyo
go'dak qalbidan nozik Go'yo
entiksang xam ketadi sinib.

Комментарии

Комментариев нет.