Odam savdosi bilan

shug‘ullanuvchi sirdaryolik
o‘zining ikki tanishini Rossiyada
bepul ishlatdi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani
Farg‘ona shaharchasida istiqomat
qiluvchi fuqaro O‘zbekiston
Respublikasidan Rossiya davlatiga
ishchi olib kelib ishlatish rejasini tuzib,
ikki tanishini Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahriga
chaqirib oladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasining “Huquq” gazetasi. Foto: farishta.uz Sirdaryolik shaxs tanishlariga kolbasa
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi
sexda ishlashlari, har oyda 500 AQSh
dollari miqdorida ish haqi olishlari
hamda yashash joyi bilan ish beruvchi
ta’minlashini aytadi. Bunga ishongan ikki fuqaro 2012-
yilning 31-may kuni yo‘lga chiqib,
2012-yil 2-iyun kuni Orenburg
shahriga yetib boradi. Biroq
odamfurush hamyurtlarini o‘ziga
tegishli qurilish jamoasida ishlashga majbur qiladi. Jabrdiydalar ertalab soat
8:00 dan tungi soat 23:00 ga qadar
ishlasa-da, 2012-yilning oktabr oyiga
qadar oylik ish haqlarini ololmay,
uylariga qaytishga majbur bo‘ladi. Ular bu haqda tegishli joyga murojaat
qiladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat
ishi qo‘zg‘atilib, odamfurushga
nisbatan sud tomonidan tegishli jazo
tayinlandi.

Комментарии

Комментариев нет.