Yugursam yoniga,to'xtamay chopsam, Issiq qo'llarini o'psamu,yana, Poyidan Ravzayi Jannatni topsam! Sizki,bilmaysizda qanday onam bor?! Yuzidan oy olgan nurin o'ziga, Bizdek yetimlarni asrab kunu tun. Saodat tilagan o'g'il qiziga. Bir qo'lida mushaf,birida tasbeh, Zikru salovatlar tushmas tilidan. Bizki solib qo'ydik,yuziga ajin, Madorin tugatdik,olib belidan! Tinmay duo qilar,duoki shunday, "Sen meni Jannatiy farzandimsan!"-derlar. "Qur'onni o'rgatib,yo'l korsatganim, Qiyomatda yorug' yuzimsan!"-derlar! Bilmaysizda ona,men gunohkorni, Qancha xatolarim bekitgan Sattor, Mening umid qilgan Rasulim(s.a.v) bilan, Sizdek duogo'yim,tilaguvchim bor! Meni nelar kutib turibdi ,bilmam. Oldimda barzah bor,maydoni Mahshar. Sizdan o'tinaman,meni kechiring. Sizni qancha qancha ranjitganim bor! Men o'sha hammaga tilaguvchi baxt, Hech kimni do'zahda kormasam zinhor. Menda neki yaxshi hislatlar bo'lsa, Bari sizdan o'tgan aytaman takror. Ey,Robbim!Rohmansan,asra onamni. Ko'rmasinlar aslo bizdan yomonlik. Qiyomatda Robbim chaqirib meni, Desa:"Men Onangga berdim omonlik!!!" Shul onda bo'lardim,qanchalar shodon. Jannat tahtlarida ketsa uchirib, Duo qilyapmanu,yig'lab men nodon. Kelsam Toshga sizni olib,ko'chirib! Yonimda bo'lsangiz,to'ymasam qarab. Ko'zimning nurlari bo'lsa ziyoda. Jannatni izlagan osiyman va lek, Asli siz Jannatim yorug' dunyoda!
01:32
Ok ru Sevgi iztirobi .mp4
♥ Sevgi Iztirobi ♥
"Guruh qoidalari"
Guruhimizda taqiqlanadi:
1. Fahsh mazmuniga ega har qanday mavzu yoki muhokama;
2. Kommentariyda Reklama;
3. Kommentariyda Boshqa saytga o'tish taklifini bildiruvchi havola, mavzu yoki muhokama;
4. Administratsiya va guruh a'zolarini haqorat qilish;
5. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va siyosatiga zid bo'lgan materiallar, mavzu va muhokama;
6. Guruh mazmuniga tegishli bo'lmagan mavzu;
7. Mavzuni bir necha marotaba qayta yozish.
Ushbu qoidalarni buzsangiz guruh administratsiyasi sizning mavzu yoki muhokamalaringizni hech qanday ogohlantirishsiz o'chiradi va sizni qora ro'yxatga kiritadi.
♥ Sevgi Iztirobi ♥
:𝓜𝓾𝓼𝓵𝓲𝓶 𝓓
Onamni sogindim,yana va yana!
Yugursam yoniga,to'xtamay chopsam,
Issiq qo'llarini o'psamu,yana,
Poyidan Ravzayi Jannatni topsam!
Sizki,bilmaysizda qanday onam bor?!
Yuzidan oy olgan nurin o'ziga,
Bizdek yetimlarni asrab kunu tun.
Saodat tilagan o'g'il qiziga.
Bir qo'lida mushaf,birida tasbeh,
Zikru salovatlar tushmas tilidan.
Bizki solib qo'ydik,yuziga ajin,
Madorin tugatdik,olib belidan!
Tinmay duo qilar,duoki shunday,
"Sen meni Jannatiy farzandimsan!"-derlar.
"Qur'onni o'rgatib,yo'l korsatganim,
Qiyomatda yorug' yuzimsan!"-derlar!
Bilmaysizda ona,men gunohkorni,
Qancha xatolarim bekitgan Sattor,
Mening umid qilgan Rasulim(s.a.v) bilan,
Sizdek duogo'yim,tilaguvchim bor!
Meni nelar kutib turibdi ,bilmam.
Oldimda barzah bor,maydoni Mahshar.
Sizdan o'tinaman,meni kechiring.
Sizni qancha qancha ranjitganim bor!
Men o'sha hammaga tilaguvchi baxt,
Hech kimni do'zahda kormasam zinhor.
Menda neki yaxshi hislatlar bo'lsa,
Bari sizdan o'tgan aytaman takror.
Ey,Robbim!Rohmansan,asra onamni.
Ko'rmasinlar aslo bizdan yomonlik.
Qiyomatda Robbim chaqirib meni,
Desa:"Men Onangga berdim omonlik!!!"
Shul onda bo'lardim,qanchalar shodon.
Jannat tahtlarida ketsa uchirib,
Duo qilyapmanu,yig'lab men nodon.
Kelsam Toshga sizni olib,ko'chirib!
Yonimda bo'lsangiz,to'ymasam qarab.
Ko'zimning nurlari bo'lsa ziyoda.
Jannatni izlagan osiyman va lek,
Asli siz Jannatim yorug' dunyoda!