9 ноя 2014

"Chelsi" "Enfild"da "Liverpul"dan

ustun keldi
Angliya chempionatining 11-
turidan o'rin olgan "Liverpul"
hamda “Chelsi” klublari
o'rtasidagi uchrashuv
yakunlandi. Unda Joze Mourino
jamoasi g'alaba qozondi.
Birinchi bo'limning 9-
daqiqasidayoq “Liverpul”
hisobda oldinga o'tib oldi. Emre
Janning uzoqdan yo'llangan
zarbasi Keyxillga tegib, Kurtua
qo'rqlayotgan darvoza to'riga
borib tushdi – 1:0. Oradan 5-
daqiqaga o'tar-o'tmas
Keyxillning o'zi xatosini
to'g'rilab, javob golini kiritdi.
Tanaffusga qadar durang natija
saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo'limning 67-
daqiqasiga kelib, Diego Kosta
Aspilkueta ajoyib krossidan
so'ng kelib tushgan to'npi
Minole darvozasiga joylab
qo'ydi – 1:2. Mezbonlar
muvozanatni tiklash niyatida
hujumga otlanishdi. Rojers
maydonga Allen va Borini
tashladi. Biroz o'tib esa
Balotellining o'rniga xatto
Lambertni ham tushirdi. Ammo,
bularning bari “Liverpul”ga
hech qanday naf keltirmadi.
Final hushtagiga qadar 1:2
hisobi tabloda saqlanib qoldi.
Angliya chempionati. 11-tur
Liverpul – Chelsi 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 9 Jan, 1:1 – 14
Keyxill, 1:2 – 67 Kosta.
Liverpul – Minole, Lovren,
A.Moreno, Shkrtel, Jonson,
Koutino (Borini, 70), Jan (Allen,
70), Sterling, Xenderson, Jerrard,
Balotelli (Lambert, 79).
Chelsi – Kurtua, Ivanovich, Terri,
Keyxill, Aspilikueta, Matich,
Fabregas, Oskar, Ramires
(Villian, 54), E. Azar, Kosta
(Drogba, 90).
Ogohlantirishlar: Sterling (43),
Ivanovich (48), Balotelli (65),
Matich (69), Oskar (83), Kosta
(87), Kurtua (90).

Комментарии

Комментариев нет.