11 янв 2018

KO'NGIL TANLAR

Har bir oshiq bog`ga kirsa, bir gul tanlar,
Nolalari qalbiga mos bulbul tanlar.
Odamlarga hayron bo`lmang, odamlarga,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar.
Odamlardan hayron bo`lmang, odamlardan,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar.
Yoshi o`tib sevdim desa, hayron bo`lmang,
Sochidagi oqni sana, deya kulmang.
Zinhor o`tgan yillarni siz hisob qilmang,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}
Sevmaganlar shirin baxtni qaydan bilsin,
Dili yo`qlar bu ne’matni qaydan bilsin,
Qalbi muzlar muhabbatni qaydan bilsin,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}
Qo`rqmay boqing muhabbatning ko`zlariga,
Yuzingizni mahkam bosing yuzlariga,
Quloq tuting Ahad Qayum so`zlariga:
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}
Ahad Qayum

Комментарии

  • 17 янв 2018 06:45
    Yangi qowiqlarini internetdan topsa boladmi,yoo bolsa iltimos wu guruhga yuklasanglar