«Krokembush» torti

Masalliqlar:

XAMIRIGA
125 millilitr suv
125 millilitr sut
100 gramm sariyog'
5 gramm tuz
5 gramm shakar
150 gramm un
4-5 ta tuxum

KREM - PATISSIERE GA
500 millilitr qaymoq
125 gramm shakar
5 ta tuxum sarig'i
20 gramm makkajo'xori kraxmali
150 gramm sariyog'

KARAMELIGA
250 gramm shakar
Qadam 1 Tugllandi
Sirli idish yoki tovaga sut, suv, sariyog', tuz va shakar solib aralashtiriladi va qaynash darajasiga yetkaziladi.

Gaz plitasi ustidan olinadi va un solib silliq bo'lgunicha qoshiqda aralashtiriladi.
Yana gaz plitasi ustiga qo'yiladi va 2-3 daqiqa davomida qizdiriladi.
So'ng gazdan olinadi va biroz sovutiladi.
Alohida idishda tuxum ko'pirtiriladi va 2-3 qoshiqdan sutli aralashmaga solinadi.
Yaxshilab aralashtiriladi.
Tuxumni kamroq yoki ko'proq solish mumkin, bu xamirimiz holatiga bog'liq - qoshiqga solinganda osonlikcha oqib ketmasligi kerak.
Xamir pishiriq qopchasiga solinadi va 30 daqiqaga chetga olib qo'yiladi.
So'ng maxsus yog'langan qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga xamirlar siqib chiqariladi (o'rtasida yetarlicha joy qoldiring).

190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa davomida, so'ng olov 165 C darajaga pasaytirilib tayyor bo'lgunicha pishirib olinadi.
Pishgan profitrollar sovutiladi va usti qalpoqchaga o'xshatib kesib olinadi.
Tuxum sarig'i shakar va kraxmal bilan aralashtiriladi.
Qaymoq tovaga solinadi va qizdiriladi.
Qizdirilgan qaymoqning avval bir qismi tuxum sarig'i ustidan yupqa oqimda quyiladi va qoshiq bilan yaxshilab aralashtiriladi.
So'ng qolgan qismi ham quyiladi, yaxshilab aralashtirib yana gaz ustiga qo'yiladi. Yaxshilab aralashtirilib, quyuq bo'lgunicha kovlab turiladi.
So'ng gazdan olinadi, idishga solinadi va usti yelim qog'ozda yopib qo'yiladi. Eslatma: yelim qog'oz kremga tegib turishi kerak. Shu holatida sovutiladi.

Krem kamida ikki soatga sovutgichga olib qo'yiladi.
Sovigan kremga sariyog' solib ko'pirtiriladi.
Sariyog' va krem taxminan bir xil darajada bo'lishi juda muhim.

Tayyor krem pishiriq qopchasiga solinadi.
Profitrollar tagi bir oz teshilib, ichi krem bilan to'ldiriladi.

Karamel
Shakar tovaga solinadi va eritiladi. Undan sap sariq silliq suyuqlik hosil bo'lganda gaz ustidan olib qo'yamiz.

Tortni yig'ish
Endi profitrollar tagi karamelga botirib olinadi va tayyorlab qo'yilgan konus qolipga terib chiqiladi. Karamel yelim vazifasini bajaradi.
Ehtiyot bo'ling karamel juda qaynoq.
So'ng tort usti karamelli ipchalar bilan bezatiladi. Buning uchun karamelga sanchqi botiriladi, tepaga ko'tariladi va bunda uzun ipchalar hosil bo'ladi.
So'ng tezkorlik bilan bu ipchalar tortni ustiga qo'yib chiqiladi.
Tortni ustini bezash har kimning xohishiga havola. Buning uchun reza mevalardan, shokoladlardan yoki turli xil sepish uchun mo'ljallangan bezaklardan foydalansa bo'ladi.

Комментарии