QUR'ONI KARIM

MA'NOLARI TARJIMASI
Tarjimon va izohlar muallifi:
Abdulaziz Mansur
Qur'oni karim ma'nolari
tarjimasi. Abdulaziz Mansur
Mutarjim: Abdulaziz Mansur
Hajmi: 1,40 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
SURALAR RO'YXATI
1.Fotiha
2.Baqara
3.Oli Imron
4.Niso
5.Moida
6.An’om
7.A’rof
8.Anfol
9.Tavba
10.Yunus
11.Hud
12.Yusuf
13.Ra’d
14.Ibrohim
15.Hijr
16.Nahl
17.Isro
18.Kahf
19.Maryam
20.Toha
21.Anbiyo
22.Haj
23.Mu'minun
24.Nur
25.Furqon
26.Shu’aro
27.Naml
28.Qasas
29.Ankabut
30.Rum
31.Luqmon
32.Sajda
33.Ahzob
34.Saba’
35.Fotir
36.Yosin
37.Soffat
38.Sod
39.Zumar
40.G’ofir
41.Fussilat
42.Sho’ro
43.Zuxruf
44.Duxon
45.Josiya
49.Ahqof
47.Muhammad
48.Fath
49.Hujurot
50.Qof
51.Zoriyot
52.Tur
53.Najm
54.Qamar
55.Rahmon
56.Voqea
57.Hadid
58.Mujodala
59.Hashr
60.Mumtahana
61.Saf
62.Jum’a
63.Munofiqun
64.Tag’obun
65.Taloq
66.Tahrim
67.Mulk
68.Qalam
69.Haaqqa
70.Maorij
71.Nuh
72.Jin
73.Muzzammil
74.Muddassir
75.Qiyomat
76.Inson
77.Mursalot
78.Naba'
79.Nazi’at
80.Abasa
81.Takvir
82.Infitor
83.Mutoffifin
84.Inshiqoq
85.Buruj
86.Toriq
87.A’lo
88.G’oshiya
89.Fajr
90.Balad
91.Shams
92.Layl
93.Zuho
94.Sharh
95.Tiyn
96.Alaq
97.Qadr
98.Bayyina
99.Zalzala
100.Odiyat
101.Qori’a
102.Takosur
103.Asr
104.Humaza
105.Fil
106.Quraysh
107.Mo’un
108.Kavsar
109.Kofirun
110.Nasr
111.Masad
112.Ixlos
113.Falaq
114.Nos

QUR'ONI KARIM
 - 510669632521

Комментарии

  • Комментарий удалён.
  • 16 июл 2013 06:00
    Ўтган
    Китобларга нисбатан
    Қуръоннинг тутган ўрни
    қандай?
    Жавоб: Аллоҳ таоло
    Қуръонда деди
    «Сизга (эй Муҳаммад
    соллаллоҳу алайҳи ва
    саллам) ўзидан олдинги
    китоб(ларни)
    тасдиқлаувчи ва у
    (китоблар) устида гувоҳ
    бўлган бу Китобни
    ҳаққирост нозил
    қилдик» (Моида: 48).
    «Ушбу Қуръон Аллоҳдан
    ўзга биров томонидан
    тўқилган бўлиши
    мумкин эмас. Балки, У
    бутун оламлар
    Парвардигори
    томонидан келган ва
    (ҳақ эканлигига) шак-
    шубҳа бўлмаган Ўзидан
    аввалги (Таврот, Инжил
    каби) нарсаларни
    тасдиқловчи ва (шариат
    ҳукмларидан иборат)
    муфассал
    Китобдир» (Юнус: 37).
    «(Ушбу Қуръон) тўқиб
    чиқариладиган сўз эмас,
    балки ўзидан аввалги
    нарсаларни (яъни
    самовий китобларни)
    тасдиқ этувчи, унга
    иймон келтирадиган
    қавм учун барча
    нарсаларни муфассал
    баён қилиб берувчи
    ҳидоят ва раҳмат (бўлган
    бир Китобдир)» (Юсуф:
    111).
    Муфассирлар айтганлар:
    «Ўзидан аввалги
    китобларга гувоҳ ва
    уларни тасдиқловчи
    эканининг маъноси –
    уларда бўлган саҳиҳ-
    рост гапларни
    тасдиқлайди, уларга
    киритиб юборилган
    тўқима ва
    ўзгартиришларни рад
    этади, уларни мансух
    қилади ё қолдиради,
    демакдир. Шунинг учун
    илгариги китобларни
    қўлда тутган тўғри
    фикрли ҳар бир инсон
    Қуръонга бўйсинувчи
    бўлади, Аллоҳ таоло
    айтганидек: «Биз
    (Қуръондан) илгари
    Китоб (яъни Таврот,
    Инжил) ато этган зотлар
    (яъни яҳудий ва
    насронийлар орасидаги
    мўминлар) унга (яъни
    Қуръонга) иймон
    келтирурлар. Қачонки
    уларга (Қуръон) тиловат
    қилинса улар: «Бизлар
    унга иймон келтирдик.
    Албатта, у
    Парвардигоримиз
    томонидан бўлган
    Ҳақиқатдир. Шак-
    шубҳасиз, бизлар
    (Қуръон нозил
    бўлишидан) илгари ҳам
    мусулмонлар (яъни
    Аллоҳни ягона билиб
    бўйсунувчилар) эдик»,
    дерлар» (Қасас: 52, 53).
    81-савол: Барча халқ ва
    миллатлар Қуръон
    хусусида ўзларига
    нимани лозим тутишлари
    керак?
    Жавоб: Унга зоҳиру
    ботинда эргашишлари,
    уни маҳкам тутишлари
    ва ҳаққини адо
    этишлари лозим бўлади.
    Аллоҳ таоло деди: «Мана
    бу эса Биз нозил қилган
    муборак Қуръондир! Бас,
    унга эргашингиз ва
    (Аллоҳдан)
    қўрқингиз!» (Анъом: 155)
    .
    «(Эй инсонлар), сизларга
    Парвардигорингиздан
    нозил қилинган нарсага
    (Китобга) эргашингиз,
    ундан ўзга (шайтон ва
    ёмон олимлар каби)
    «дўстларга»
    эргашмангиз!» (Аъроф: 3)
    .
    «(Уларнинг ораларида)
    Китобни маҳкам ушлаган
    ва намозни тўкис адо
    қилган зотлар ҳам борки,
    албатта Биз ўзларини
    тузатувчи кишиларнинг
    ажр-мукофотини зое
    қилмагаймиз» (Аъроф:
    170).
    Расулуллоҳ соллаллоҳу
    алайҳи ва саллам
    Аллоҳнинг Китоби
    хусусида шундай васият
    қилганлар: «Аллоҳнинг
    Китобини ушлангиз ва
    уни маҳкам тутингиз!»1
    Алий розияллоҳу
    анҳудан ривоят
    қилинган ҳадисда:
    «Албатта, ҳали фитналар
    бўлажак». Мен дедим:
    «Улардан чиқиш йўли
    қандай, ё Расулуллоҳ?» У
    зот: «Аллоҳнинг Китоби»,
    дедилар.2
  • 17 июл 2013 06:06
    Shu kunlarda ba'zi kishilar kashf
    qilgan Qur'oni Karimdagi ajoyib
    raqamlarni internet ummonida
    tarqalishi davom etmoqda. Bu
    raqamlar insonni juda hayratga
    soladi. Masalan dunyo va oxirat
    so'zi Qur'oni Karimda bir xil
    sanoqda har biri 115 martadan
    kelgan
    ekan. Xuddi shunga oxshash
    Malak va Shayton kalimasi har biri
    88
    martadan kelgan. O'lim va hayot
    o'rtasidagi qarama- qarshilik ham
    har biri 145 martadan kelgan.
    Shuningdek ayol va erkak
    kishining
    zikri ham bir xil, har biri 24
    martadan zikr qilingan. Yana bu
    kashfiyotda aniq bo'lishicha
    namoz o'zining besh vaqti bilan
    birgalikda quronda besh marta
    zikr qilingan. Oy so'zi esa quroni
    karimda 12 marta zikr qilingan,
    kun esa 365 marta. Insonni eng
    hayratda qoldiradigani shuki
    yerda quruqlik bilan suvni zikri.
    Quruqlikni zikri quroni karimda
    13 marta, dengizniki esa 32
    marta
    zikr qilingan. Ikkisini qo'shsangiz
    45 chiqadi. Agar har bir raqamni
    foiz (%) hisobida chiqarsangiz
    28.88 quruqlik nisbati, suvning
    nisbati esa 71.12 chiqadi. Bu esa
    hozirgi geografik hisoblarni ayni
    o'ziga to'g'ri keladi, hammaga
    malumki bundan 1424 yil oldin
    insonlar bu haqiqatni geografik
    tarzda aniq bilishmagan. (siz bu
    haqiqatni bayon qilish uslubiga
    yaxshilab bir nazar tashlang.
    Shoshib- pishib "mana bunday
    ekan, kashf qildim men o'zim"
    deyilmagan. Zero bir yangilik
    ro'yobga chiqqanda shoshib
    maqtanish, yoki uni kashf qilgan
    kishini ismini e'lon qilish insonlar
    tabiatiga xosdir) Rosululloh
    (S.A.V) esa yozishni bilmaganlar,
    geografiya bilan ham
    shug'ullanmaganlar. Bu insonni
    hayratda
    qoldiradigan dalil aqlli (qalb ko'zi
    ko'r bo'lmagan) har qanday
    insonga qur'onni ilohiy kitob
    ekanini, (bazi bir
    tushunmaydigan
    kimsalar aytganidek qur'on ertak
    kitob emasligini) bilishga
    kifoyadir.
  • 2 мая 2016 00:20
    Tarjimon haqida
    Abdulaziz Mansur Dadajon o'g'li O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyatining Mindon qishlog'ida 1944 yili tavallud topgan. O'n yillik o'rta ta'lim maktabini bitirgach, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda viloyatning ko'zga ko'ringan ulamolari huzuriga qatnab islomiy fanlardan ta'lim olgan.
    1975 yilda Toshkent Islom institutiga o'qishga kirib, uni 1979 yili xatm qildi. 1980-1981 yillari Sudandagi «Ummu Durmon» islom jomeasida tahsil ko'radi. 1983 yilgacha «Sovet sharqi musulmonlari» jurnalida mas'ul kotib lavozimida ishlab kelib, shu yildan to 1993 yilga qadar O'zbekiston musulmonlari idorasining fatvo bo'limi mudirligi vazifasida ishladi. 1997-1998 yillari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitada bo'lim mudiri, 1998-2000 yillarida esa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining millatlararo munosabatlar va din ishlari bo'yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2000 yilning may oyidan to hozirgi kunga qadar Toshkent Islom Universitetida ilmiy meros va diniy tadqiqotlar bo'yicha prorektor bo'lib ishlab kelmoqda.
    Abdulaziz Mansur Toshkent va Buxoro madrasalarida dars berish barobarida matbuotda ilmiy maqolalari bilan muntazam qatnashib kelgan. Adabiy diniy merosimizni o'zbek tiliga tarjima qilishda Abdulaziz Mansur keng faoliyat ko'rsatib kelmoqda. «Ming bir hadis», «Aqoidi Tahoviya», «Fiqhi akbar», «Bad'ul-amaliy», «Aqoidi nasafiya», «Unvonul-bayon», «Atvoquz-zahab» kabi asarlarni arab tilidan o'zbek tiliga mahorat bilan o'girgan. Bundan tashqari Abdulaziz Mansur Respublikada chop etilayotgan ko'pdan-ko'p diniy kitoblar nashrida mas'ul muharrirlik qilib keladi. Xalqimizning ma'naviy saviyasini yuksaltirishda bu islomshunos olimning bajarib kelayotgan xizmatlari tahsinga loyiqdir.
  • 2 мая 2016 00:32
    TARJIMA HAQIDA
    Ma'lumki, Qur'oni karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta–Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil qilingan. Islom dini ta'limotining asosiy manbalari (Qur'on, Sunnat, Ijmo', Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo''jizaligi ham uni arab tilida o'qib, fikr yuritgandagina namoyon bo'ladi. Boshqa har qanday tilga o'girilganda Qur'on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta'sir o'z kuchini yo'qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug'atga boy bo'lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo'lmas haqiqat.
    Arab tilida o'qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o'zlari ham Qur'on oyatlarini to'la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug' sahobalar ham ko'pdan-ko'p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o'zlaridan so'rab, aniqlab olganlari to'g'risida sahih hadislar mavjud.
    Qur'oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo'lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo'lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so'zma-so'z tarjima qilib yozishga mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo'yishlik bilan Qur'on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo'ladi, deb uning mas'uliyatidan qo'rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o'zbekcha tafsirlar ko'p. Ammo sof
  • 2 мая 2016 00:38
    Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz.
    Keyingi asrlarda Qur'oni karim jahon xalqlarining ko'pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o'zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo'ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta'lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir.
    Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas'uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato nuqsonlar yo'q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor.
    Yangi tarjimaning o'ziga hos hususiyatlari asosan quyidagilardan iborat:
    1. Tarjima hanafiylik mazhabiga muvofiq holda tayyorlandi. Boshqa mazhablar bilan qiyosiy tafsirlar izohda ko'rsatib borildi.
    2. Oyatlar mazmunini imkoni boricha so'zma-so'z ifodalashga harakat qilindi. Qo'shimcha, yordamchi so'z va iboralar qavs ichida berildi.
    3. Murakkabroq va sharhga muhtoj oyatlarga sahifa ostida izoh berildi.
    4. Amalda bo'lib kelgan kirill yozuv qoidalariga rioya qilindi. Ya'ni 1990 yillardan boshlab, asosan diniy adabiyotlarda buzila boshlagan imlolar tiklandi. Masalan: Iso, imon, rab, rasul, sahih, Arafot, salavot kabi arabchadan o'tib qolgan so'zlarni ba'zilar arab talaffuziga moslashtirmoqchi bo'lishib, keyingi paytda Iyso, iymon, Robb, Rosul, sahiyh, Arofat, solavat shaklida yozishga o'tgan edilar. Vaholanki, umumiy urfda chet so'zlar qaysi tilga ko'chib o'tsa, o'tgan so'z o'sha tilning tovush va imlo qoidalariga bo'ysunishi lozim. Qur'on oyatlari qiroatida yoki arabcha jumla tarkibida talaffuz etilgandagina tajvidga rioya etilishi kerak bo'ladi. Agar biz arabchadan o'tgan barcha so'zlarni tajvidga binoan yozadigan va talaffuz etadigan bo'lsak, kitobxonlarning o'qishi va anglashiga katta qiyinchiliklar tug'dirib qo'yamiz.
    Eng muhimi, mushafning ushbu tarjimasida juda omonatdorlik bilan, ya'ni arabchada qanday bo'lsa, o'zbekchada ham o'sha mazmunni to'la saqlab qolishga harakat qilindi. Biror maqsadda bo'rttirish yoki o'zgartirish kabilardan xoli.
    So'zimiz intihosida aziz kitobxonlardan bandai ojizning sahvlarinima'zur tutishlarini, tarjima to'g'risidagi o'z fikr mulohazalarini bildirgudek bo'lsalar, mamnuniyat bilan qabul etib, keyingi nashrlarda ularni inobarga olishimizni bildiramiz.
    Abdulaziz Mansur.
  • 19 мар 2021 17:15
    Telefo'n Kiling
  • 19 мар 2021 17:16
    Фотография