XATO

``ARK`` guruhining qo`shigidan ilhomlanib
Sentabr oyining boshlari... Ulkan shaxar ezib yog'gan yomg'irlardan charchab, oftobga intizor bo'lib qiynalardi... Qora gumbaz ostidagi ulkan binolar, daraxtlar esa tinim bilmas insonlarga mung'ayib tikilib turardi. O'tkinchilar bo'lsa shoshilib, qayoqqadur shoshilib, mashaninada yoki piyoda o'zlariga tikilb turgan binolarga etibor ham bermay, yashashda davom etishardi... Bu buzilmas qonun!
Keng, serqatnov avtomobil yo'ling yonida joylashgan piyodalar yo'lagida bir qiz hayotdan to'ygan holda, o'tkinchilarga turtilib asta yurib ketmoqda.
Pushti rang, yupqa, harir ko'ylagi ho'l bo'lib, huddi sovqatganday qizning qaynoq badaniga chirmashib olgan. Qizning aqilni shoshirguvchi nozik qomati paytdan foydalanib qolishni hohlagandak, o'zini ko'z ko'z qilmoqda...
Qora, nam, jingalak sochlari ustida yomg'ir tomchilari o'ynoqilab yuribdi. Boshqa tomchilar esa, oyni ham hijolat qiluvchi, sutdek oq yuzin o'pib, sovuqdan titirayotgan qizil, angishvonadak labidan bo'sa olib, shu bo'sa lazzatidan mast bo'lib, sudralib yerga tushmoqda...
Ipdak ingichka qoshlari bir oz chimrilgan, tun qorong'usini qoplab oluvchi humor ko'zlar saryoqdek sirpanchiq, yaltiroq asfaltdagi qing'ir qiyshq, hira pushti rang aksiga mayus termulib bormoqda...
Qo'lidagi ixcham sumkada so'ngi rusumdagi telefon, tush, lab bo'yog'i, hullas, pardoz andoz... Yana... Bir pachka ingicha segareta (g'alati odat), baland bo'yli, kelishgan bola bilan birga tushgan suradti... Sumkani burchagida esa, g'ijimlangan qog'oz (uni boya kasalxonadagi doktordan oldi)...
Qizcha yurishdan to'htab, ortiga o'grildi. Uzoqdan, ulkan daraxlar orasidan zo'rg'a ko'rinib turgan, yomg'irdan zaklab ketgan, kasalxonaning oppoq devoriga nafratlanib qarab qo'ydi. ...Zo'rg'a jilmaydi... Kasalxonadan chiqqaniga 1 soat bo'lyaptiyu, endi shuncha yuribdi... Qizcha tag'in yo'lida davom etdi... Sumkasidagi telefon soat 11 bo'lgani elon qildi... Qizcha xushyor toqti... Axir maktabga borish kerak! Qadamini tezlatdi. Bir oz yurgandan so'ng, ulkan binolarning orasiga suqub qo'yilga yemakxonaga yetgach, dimog'iga moy hidi urulidi. Ko'ngli ag'darilib, boshi aylandi. Ox, bu qanday yomon holat a?! Oldin bunday holatga hech ham tushmaganku... Shunda, uning qulog'i ostida doktorning soxta samimiyyat bilan aytgan so'zlardi jaranglay boshladi: '' tabriklayman! Yaqinda ona bo'lasiz! ''... Bo'ldi! Endi hammasi tamom! U sharmada bo'ladi...
Uning xali yetilmagan aqli hammasini tushundi! Katta... Juda katta xatto qildi... Tuzatishning iloji yo'q bu xatoni! Yo'q bor! Yagona yo'li bor!..
U atrofga alangladi... Topti! Iloj topti o'zicha!
Yo'lning nargi tarafidagi ulkan mexmonxonaga ko'zi tushishi bilan, o'sha tomonga odimladi. avtomobil yo'lidan o'tdiayotib qandaydur norozi ohanglar, asabiy signalar chalindi yu, ammo ularga etibor ham bermadi. Mehonxonaning ichiga kirib, to'g'ri lif eshigini ochdi. Liftga kirib to'g'ri kelgan raqamni bosdi. Lif oxsita siltinib qo'zg'aldi va asta ko'tarila boshladi. Biroz ko'tarilgach lift to'xtab, eshiklar ochildi...
To'rtinchi etaj... Yo'q to'gri kelmaydi! Qizcha dag' dag' titragan, nozik barog'i bilan To'qqiz raqami yonib turgan, yaltiroq tugmani bosdi. Lift tag'in siltinib, oxsita ko'tarila boshladi. Qizcha liftda huddi qafasdagidak his qildi o'zini. Siqila boshladi... Nafas olishi qiyinlashib, yuragi tez ura boshladi. Lift devorlari huddi uni qisa boshladi. Hayolida sharmandalik o'ylari g'ujg'on o'ynab, isyon ko'tara boshladi. Savollar azobi yuragini tirnay boshladi: endi onasini axvoli ne kechadi? Otasi kim degan odam bo'ladi? Ularni ko'ziga qanday qaraydi? Oh qanday azob! Xayot buncha beshafqat a?!. Nega unday qildi? Nega nafsiga erk berdi? Nega uning quchog'iga o'zini oti? Nega shaytonning gapiga kirdi? Ox bu qanday azob!
Qayerda xato qildi? Uning shirin so'ziga uchgandami? Yo sevgandami?.. Sevgi? Shumi sevgi. Ohirgi martta qachon qo'ng'iroq qildi? O'sha qarg'ish tekkur tundan beri 2 marta gaplashdi. Undayam qizning o'zi qo'ng'iroq qildi! Uning shirin so'zlarini, qaynoq lablarini, erkalab quchushlarini sog'inib qo'ng'iroq qilgandi, suhbati qisqa bo'ldi! Qiziq... Qisqa juda qisqa! O'shanda u nima dedi? Keyin o'zim qo'ng'iroq qilaman dedimi? Juda qo'pol gapirdi qizga o'shanda! Naga unday gapirdi? Oldin hech unday ohangda gapirmasdiku?!
Qizni xo'rligi kelib, o'zini qo'g'irchoqday xis qildi. Xo'ngrab yubordi! Bo'ldi! Tamom! Tashlab ketadi! Otasi oq qiladi! Odamlar unga jirkanib qarashadi! Keyin... Keyin... Foxishaga aylanadi! Undan ko'ra o'lgan yaxshi!
Hammasiga o'zi aybdor. Sevmasada shunchaki gaplashib yurdi. Keyin sevib qoldi o'zicha... Mana oqibat! Agar sabir qilib yurganda edi, sevgan insoni qo'ng'iroq qilib "yedirishga'' urunmay, sovchi jo'natardi... va hokazo... Ex nodon! Endi kech! Sen endi buzuqi, sharmandasan! Tamom! Hammasi tamom! Boshqa iloj yo'q!
Hayollarini to'zg'itib lift ochildi. Qizcha yaraqlagan pol ustidagi gilam yo'lakchada bir oz turib qoldi. To'g'rida, yo'lak oxridagi ulkan derazani yomg'ir tomchilar ohsita chertmoqda. U qilmoqchi bo'lgan ishi og'ir gunohligini bilardi. Shunga sekin pichirladi: ey Alloh meni kechir...
Bor kuchi bilan yugurib o'zini shiddat bilan o'sha oynaga urdi. Oyna siniqlari qizning nafis yuzini tirnab tashladi. Yer... Osmon... Bulutlar ostidan achinib mo'ralayotgan hira quyosh... Boshi aylanib ketti. Butun hayoti bir zumda ko'z oldidan o'tdi...
Harir ko'ylagi, uzun sochlari uni bor kuchi bilan osmonga tortib, qutqarib qolmoqchiday falakga qarab intildi. Bo'lmadi... Qizchaning nozik tanasini qonga bo'yalgan asfalt ohsita quchib yotardi... Qizcha endi yig'lamasdi. Uning xayotiham, ko'z yoshi ham tugab bo'lgandi! Soxta sevgi og'ushida ko'nglarga uchdi, mana shunday qo'ndi...
22:55
Odamlar zumda to'plandi. Kimdur achindi: bechora yosh ketti...
Kimdur qo'rqdi: ox bu qanday daxshat!..
Kimdur yig'ladi, kimdur hayratda...
Serenaning asabiy tovushi butun shaxarni boshiga ko'tarib, chirqilladi. Endi kech edi... Juda kech!...
Tamom! 2015 - yil, 3 - sentabr. Qirg'iziston. Bishkek.

Комментарии

Комментариев нет.