...

Temir chinni (Ta'sirli hikoya)...
_
Bir chol o‘g‘linikiga ko‘chib keldi. O‘g‘li uylangan, to‘rt yashar farzandi ham bor edi. Cholning yoshi bir joyga borib qolgan, qo‘llari qaltirar, ko‘zlari xira ko‘rar, oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab yurardi. Oila dasturxon atrofiga to‘plangan paytlari qariyaning ahvoli yanada yomonlashardi. Qoshig‘idan to‘kilgan ovqatlar polgacha
tushar, piyolasidagi shirchoy
dasturxonni dog‘larga
to‘ldirib borardi. Buni ko‘rib
xunobi oshgan o‘g‘il va kelin
o‘zaro maslahatlashishdi:
– Nimadir qilmasak bo‘lmaydi,
– dedi o‘g‘il. – Chapillatib
ovqat yeyishi, sut to‘kishi,
ovqatlarni har tomonga
sochib yuborishi jonimga
tegdi.
Er-xotin xona burchagiga
bitta kichik xontaxta
qo‘yishga qaror qildi. Qariya
shu yerda bir o‘zi ovqatlana
boshladi. Ikki marta kosa
sindirganidan keyin, tunuka
talinkada ovqat suzib
beradigan bo‘lishdi. Bir kuni
bexosdan o‘g‘ilning ko‘zi
otasiga tushib qoldi: bechora
qariyaning ko‘zlarida milt-milt
yosh aylanar, xontaxtaning
chetiga tikilganicha tishsiz
milklarida ovqatni u yoqdan
bu yoqqa olib o‘tirardi.
O‘g‘ilning yuragida kimdir
bosh ko‘tarib, mana shu
majolsiz chol sening otang-
ku, uni bir chetga surib
qo‘ygani uyalmaysanmi,
deganday bo‘ldi. Biroq u bu
hayqiriqqa e’tibor bermadi.
Faqat cholni kamroq
tergaydigan bo‘ldi.
To‘rt yoshli nevara yon-
atrofida bo‘layotgan
voqealarni jimgina kuzatardi.
Bir kuni ishdan qaytgan ota
bolasi o‘yinchoqlarini yoyib
olib o‘ynayotganini ko‘rdi. U
bolg‘achasi bilan yog‘och
kosachasini urar, kosacha
zarb ta’sirida u yoq-bu yoqqa
yumalab ketardi.
– Nima qilyapsan, o‘g‘lim? –
deb so‘radi ota mehr bilan.
– Ayam bilan sizga talinka
yasayapman. Katta bo‘lsam,
sizlarga ovqat solib beraman,
– dedi bolakay g‘urur bilan.
So‘ng bir jilmayib qo‘ydi-da,
yana o‘z ishiga kirishdi.
Uning gaplari ota-onasini
qattiq hayajonga tushirdi,
ikkovlari ham mum tishlagan,
nima deyishni bilishmasdi.
Ularning ko‘zlaridan qaynoq-
qaynoq yoshlar tomdi. Garchi
biror og‘iz so‘z aytishmagan
bo‘lsa-da, nima qilish
kerakligini yaxshi anglab
turishardi.
Kechki ovqat payti o‘g‘il
qariya otasining qo‘lidan
ushlab, dasturxon boshiga
olib keldi. Yaxshi so‘zlar aytib,
ko‘nglini oldi, uxlash payti
o‘ringa ham o‘zi yetaklab
borib yotqizib qo‘ydi.
Endi qariyaning qo‘lidan
qoshiq tushib ketsa yoki
sutchoyi to‘kilsa, o‘g‘il ham,
kelin ham asabiylashmasdi.
Kelin tushib ketgan qoshiqni
yangisiga alishtirib berar,
o‘g‘il esa ko‘pincha otasini
o‘zi ovqatlantirib qo‘yardi.

Комментарии

  • 18 июл 2017 07:24
    Qaytar dunyodan qörqinglar
  • 18 июл 2017 07:38
    Бизга хам шу ёшга етишни насиб килсин Аллохим фарзандларимиз бизга мехрибон болишсин
  • 18 июл 2017 09:02
    Xar kim ekkanini 6radi
  • 18 июл 2017 17:57
    Ajoyib ota onasiga qaytar dunyoligini aqli bilan kursatib bergan ögliga kattalarning faxm farasati etmagan yosh bolani aqli yetgan
  • 19 июл 2017 06:33
    Eski ertak ku manoli baribir!
  • 19 июл 2017 11:32
    Кайтар дунё бу
  • 19 июл 2017 21:05
    Xammamiz unib kelayotgan farzandlarimizni tug'ri tarbiyalaylik va ota onamizni bowimizga kutarib xizmatini qilaylik.
  • 20 июл 2017 17:53
    Утган замонларни бирида бир кекса одам якка ёлгиз угли билан турар екан. Отани овкатланаётганда куллари калтираб, нармални овкатлана олмас эка. Шу холатда угли ва келини билан бир канча вакт тургач, ота уларни жонига тегибди. Ва натижада келин ва угил келишиб отани узок бир жойга ташлаб келишга карор килишибди. Тонг сахар угил отани фарзанди билан биргаликда юлга чикишибди. Йулни ярмидан  утганда улар тухтаб , катта бир харсанг ёнида бироз дам олишибди. Шу эрда ота суз бошлабди, углим мен хам бир вактлари  отамни шу йерга ташлаб кетгандим, мана бугун фарзандимдан кайтаябди. Кун келиб сенга хам шу нарсани мана бу фарзандинг кайтаради дебди.
    Шунда угилни кузларига ёш кела бошлабди. Ва отасини бир огиз суз демасдан уйга кайтариб олиб келибди. Кейин еса угил отасини умрини охиригача хизматини килиб, дуоларини олибди.
  • 22 июл 2017 14:27
    Lek yaxwlikka yaxwlik qaytmekan xech qachon...
  • 23 июл 2017 10:00
    Бекор айтибсиз..яхшилик хам кайтади..факат бандалар сезмаймиз!
  • 23 июл 2017 10:05
    Тогри бу дунйода хамма нарса кайтади..Нафакат Ота-бола муносабати..балки эр-хотин хийонати..ва яна бировни хаккини еганларга хам Худо бор!
  • 23 июл 2017 10:06
    Хаммамизни Оллох ози тогри йолдан адаштирмасин..Оллох ози колласин!!!
  • 31 июл 2017 21:25
    Yaxshilikni Alloh uchun qilinsa qaytadi