29 июл 2018

Iymon- islom amriga amal qilish

Alloh taolo oyati karimasida: “Jannat- qilgan amali solihlaringiz evaziga berilgandir”, - deydi. Boshqa bir oyatda esa: “Robbing, muqarrarkim, barchadan “La ilaha illalloh”ga qanday amal qilganlarini so‘ramay qo‘ymas”, -deyiladi. Yana bir boshqa oyatda: “Najot istaganlar amal qilsinlar!”, -deyilgan.
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radilar: “Qaysi amal afzaldir?”. “Alloh va uning Rasuliga ishonish”, -deb javob berdilar. “Undan keyin qaysi?”, -dedilar. “Alloh yo‘llida jihod qilish”, -deb aytdilar. “Undan keyin- chi?”, -deb so‘radilar. “Qabul bo‘lguchi hajdir”, -deb javob qildilar.

Комментарии

Комментариев нет.