7 sentyabr kuni San-Fransiskoda «olmali» kompaniya yangi flagmanlari iPhone 7 va iPhone 7 Plus ni taqdim etdi.
Mish-mishlarning 90% o‘z isbotini topdi. Endi ikkita kameraga ega va yaltiroq qora rangdagi super quvvatli smartfon yurtimizning «rusumlilari» qo‘lida paydo bo‘lishini kutamiz. Hozircha esa Apple flagmanlarining beshta yangi «fishka» lari bilan tanishamiz. Eski dizayn va yangi ranglar iPhone 7 va iPhone 7 Plus ning hajmi bir millimetrga ham o‘zgarmadi. Orqa qopqoqdagi plastik qismlar yon tomonga yaqinroq ko‘chishdi va buning natijasida smartfon ancha butun ko‘rinadigan bo‘ldi. Korpus shishadan va 7000-seriyali allyuminiydan bo‘lib, uch o‘lchamli polirovka va chuqur anodlashdan o‘tgan. Shu sababli shisha metall bilan deyarli jipslashib ketgan. Smartfonlar IP67 standarti bo‘yicha himoyaga ega bo‘lishdi — ular suv, chang va turli suyuqliklar tegishidan himoyalangan. Endi sevimli gadjetni bir necha soniyaga suvga tushirib yuborish yoki xo‘l qo‘l bilan ishlatish mumkin. Unga hech nima qilmaydi. Rang yechimlari ancha ko‘paydi. Barcha o‘rgangan kumush, tilla va «pushti tilla» ranglarga endi «Black» — tim qora va yangi qoplamli «qora oniks» (Jet Black) ranglari qo‘shildi. Bu rangga to‘qqiz marta anodlash orqali erishishgan bo‘lib, u tufayli hatto antenna ham ko‘rinmaydi. Korpus esa huddi lak bilan qoplangandek ko‘rinadi. «Kul rang fazo» rangi bilan esa ishlab chiqaruvchi hayrlashgan. Каmeralar baquvvatlashdi iPhone 7 ning kamerasi 12-megapiksel, ko‘tarilgan f/1.8 diafragma, yangi sensor va oltita linzali obyektivga egadir. Uning sensori 60% ga tezroq ishlaydi va iPhone 6s ga nisbatan 30% ga samaraliroqdir. iPhone 7 Plus ikkitali kamera bilan ta‘minlangan: iPhone 7 dagi kabi keng burchakli modulga teleobyektiv ham qo‘shilgan. Ular birgalikda suratga olish vaqtida 2 karrali optik zum va 10 karrali raqamli zumni ta‘minlashadi. O‘zgarishlar nima beradi? Optik muvozanat tizimi va ko‘plab oynali kameralardagi kabi suratga olishning barcha parametrlarini hisoblovchi maxsus ISP chipi yordamida, smartfon ancha detalli foto va video suratlarni yaxshi bo‘lmagan yoritishda ham bema‘lol suratga oladi. iPhone 7 Plus da esa qiziqarli imkoniyat paydo bo‘ladi. Unda fotosuratga olgandan so‘ng ham fokusirovka nuqtasini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Masalan, old tomondagi insonni aniqroq qilib, orqa fonni xiralashtirish mumkin. Ikkala smartfon ham to‘rtta svetodiodli (ikkita oq va ikkita sariq) vspishkaga ega bo‘ldi. U 50% ga yorug‘roq va uzoqroq masofaga yetadigan, yanada yaxshiroq rang uzatishni ta‘minlaydi. Frontal kamera ham yangilangan — endi u 7 MP ruxsat kengligiga ega FaceTime HD. Suratlar tiniqroq bo‘ldi, HDR qo‘llab-quvvatlanadi. Samaradorlik oshdi Ikkala yangi iPhone ham A10 Fusion chipi bilan ta‘minlandi. U to‘rtta yadroga ega: ikkitasi yuqori chastotada, ikkitasi esa past chastotada ishlaydi. Yangi chip birinchi iPhone ga nisbatan 120 marta baquvvatroq. Operativ xotiradagi farqlar birinchi tahlillardan so‘ng ma‘lum bo‘ladi. Grafika iPhone 6s ga nisbatan 1,5 barobar samaraliroq ishlaydi. Quvvat esa bundan oldingi avlod smartfonlariga nisbatan ikki marta kam sarflanadi. Apple yangi avlod smartfonlarida 16- va 64- gigabaytli talqinlardan voz kechdi. iPhone 7 va 7 Plus 32, 128 va 256 GB hajmli xotirali talqinlarda mavjud. Sahnadan turib berilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, iPhone 7 o‘z ajdodi 6s ga nisbatan 2 soat ko‘proq, iPhone 7 Plus esa bir soat ko‘proq ishlaydi. Hech qanday tez quvvat olish funksiyasi mavjud emas. Naushniklar uchun razyom bo‘lmaydi Apple oxir oqibat 3,5 mm li naushniklar uchun razyomdan voz kechdi. Simni xush ko‘ruvchilarga naushniklarni Lightning portiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki maxsus o‘tqazgich orqali ulash taklif qilinadi. Uni hatto yangi smartfonning qutisiga solib ham qo‘yishadi. Kutilmagan qadam. Audiorazyomdan voz kechish teppa tomonda qo‘shimcha dinamik joylashtirish imkonini berdi. Endi smartfonlarda haqiqiy va baland sterio tovush mavjud. Kompaniya simli naushniklar o‘tgan asr ekanligiga sha‘ma qildi. Kelajak AirPods — mitti, alohida bo‘lgan simsiz naushniklar ortidadir. Ularga maxsus W1 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, u ovoz sifatini yaxshilaydi. Infraqizil datchiklar esa faqatgina quloq ichida tovush chiqishini ta‘minlaydi. Bir marta olingan quvvatdan AirPods besh soatgacha ishlaydi. Yangilikning narxi — $159. Muhimi uni xarid qilish bilan yo‘qotib qo‘ymaslikdir. Ekranlar eski, Home tugmasi yangi Ekranlar diagonali va ularning ruxsat ko‘rsatgichlari o‘zgarishsiz qoldi, ammo matritsa sifati va rang uzatish ko‘rsatgichlarini yaxshilashdi. Yorqinlik 25% ga ortdi, shu sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurida o‘qish va suratlarni tomosha qilish osonlashdi. Bosilish kuchini aniqlovchi «Force Touche» funksiyasi o‘zgarishsiz qoldi. Home tugmasi endi sensorli. U bosish kuchini aniqlaydi va yangi «Taptic Engine» dvijogi yordamida vibrojavobni ta‘minlaydi. Endi u vaqt o‘tishi bilan sinmaydi va unga suv kirmaydi. Touch ID datchigi o‘z joyida qoldi. Quti ichida nimalar bor? Yangi smartfonlar Lightning porti uchun EarPods naushniklari bilan ta‘minlangan. Eski 3,5- millimetrli naushniklar uchun Lightningga o‘tish perexodnigi mavjud. To‘plamdagi adapter baquvvatroq bo‘lib — 5 В va 2 А, bu degani smartfonlar tezroq quvvat oladi. Bundan tashqari iPhone 7 va 7 Plus qutisida — Lightning-USB quvvatlovchi kabel va hujjatlar mavjud. Qachon, qayerda va qanchadan? iPhone 7 va iPhone 7 Plus 16 sentyabr kuni 25 dan ortiq mamlakatda savdoga chiqariladi. AQShda iPhone 7 $649 narxda va iPhone 7 Plus uchun $769 narxda start oladi. Har doimgidek bir «sovg‘a» bor: «qora oniks» rangi faqatgina 128 va 256 GB talqinda mavjud bo‘ladi
МАГАЗИН ИМЗО- ЛАЙН
7 sentyabr kuni San-Fransiskoda «olmali» kompaniya yangi flagmanlari iPhone 7 va iPhone 7 Plus ni taqdim etdi.
Mish-mishlarning 90% o‘z isbotini topdi. Endi ikkita kameraga ega va yaltiroq qora rangdagi super quvvatli smartfon yurtimizning «rusumlilari» qo‘lida paydo bo‘lishini kutamiz. Hozircha esa Apple flagmanlarining beshta yangi «fishka» lari bilan tanishamiz.
Eski dizayn va yangi ranglar
iPhone 7 va iPhone 7 Plus ning hajmi bir millimetrga ham o‘zgarmadi. Orqa qopqoqdagi plastik qismlar yon tomonga yaqinroq ko‘chishdi va buning natijasida smartfon ancha butun ko‘rinadigan bo‘ldi. Korpus shishadan va 7000-seriyali allyuminiydan bo‘lib, uch o‘lchamli polirovka va chuqur anodlashdan o‘tgan. Shu sababli shisha metall bilan deyarli jipslashib ketgan.
Smartfonlar IP67 standarti bo‘yicha himoyaga ega bo‘lishdi — ular suv, chang va turli suyuqliklar tegishidan himoyalangan. Endi sevimli gadjetni bir necha soniyaga suvga tushirib yuborish yoki xo‘l qo‘l bilan ishlatish mumkin. Unga hech nima qilmaydi.
Rang yechimlari ancha ko‘paydi. Barcha o‘rgangan kumush, tilla va «pushti tilla» ranglarga endi «Black» — tim qora va yangi qoplamli «qora oniks» (Jet Black) ranglari qo‘shildi. Bu rangga to‘qqiz marta anodlash orqali erishishgan bo‘lib, u tufayli hatto antenna ham ko‘rinmaydi. Korpus esa huddi lak bilan qoplangandek ko‘rinadi. «Kul rang fazo» rangi bilan esa ishlab chiqaruvchi hayrlashgan.
Каmeralar baquvvatlashdi
iPhone 7 ning kamerasi 12-megapiksel, ko‘tarilgan f/1.8 diafragma, yangi sensor va oltita linzali obyektivga egadir. Uning sensori 60% ga tezroq ishlaydi va iPhone 6s ga nisbatan 30% ga samaraliroqdir.
iPhone 7 Plus ikkitali kamera bilan ta‘minlangan: iPhone 7 dagi kabi keng burchakli modulga teleobyektiv ham qo‘shilgan. Ular birgalikda suratga olish vaqtida 2 karrali optik zum va 10 karrali raqamli zumni ta‘minlashadi.
O‘zgarishlar nima beradi? Optik muvozanat tizimi va ko‘plab oynali kameralardagi kabi suratga olishning barcha parametrlarini hisoblovchi maxsus ISP chipi yordamida, smartfon ancha detalli foto va video suratlarni yaxshi bo‘lmagan yoritishda ham bema‘lol suratga oladi.
iPhone 7 Plus da esa qiziqarli imkoniyat paydo bo‘ladi. Unda fotosuratga olgandan so‘ng ham fokusirovka nuqtasini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Masalan, old tomondagi insonni aniqroq qilib, orqa fonni xiralashtirish mumkin.
Ikkala smartfon ham to‘rtta svetodiodli (ikkita oq va ikkita sariq) vspishkaga ega bo‘ldi. U 50% ga yorug‘roq va uzoqroq masofaga yetadigan, yanada yaxshiroq rang uzatishni ta‘minlaydi. Frontal kamera ham yangilangan — endi u 7 MP ruxsat kengligiga ega FaceTime HD. Suratlar tiniqroq bo‘ldi, HDR qo‘llab-quvvatlanadi.
Samaradorlik oshdi
Ikkala yangi iPhone ham A10 Fusion chipi bilan ta‘minlandi. U to‘rtta yadroga ega: ikkitasi yuqori chastotada, ikkitasi esa past chastotada ishlaydi. Yangi chip birinchi iPhone ga nisbatan 120 marta baquvvatroq. Operativ xotiradagi farqlar birinchi tahlillardan so‘ng ma‘lum bo‘ladi. Grafika iPhone 6s ga nisbatan 1,5 barobar samaraliroq ishlaydi. Quvvat esa bundan oldingi avlod smartfonlariga nisbatan ikki marta kam sarflanadi.
Apple yangi avlod smartfonlarida 16- va 64- gigabaytli talqinlardan voz kechdi. iPhone 7 va 7 Plus 32, 128 va 256 GB hajmli xotirali talqinlarda mavjud.
Sahnadan turib berilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, iPhone 7 o‘z ajdodi 6s ga nisbatan 2 soat ko‘proq, iPhone 7 Plus esa bir soat ko‘proq ishlaydi. Hech qanday tez quvvat olish funksiyasi mavjud emas.
Naushniklar uchun razyom bo‘lmaydi
Apple oxir oqibat 3,5 mm li naushniklar uchun razyomdan voz kechdi. Simni xush ko‘ruvchilarga naushniklarni Lightning portiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki maxsus o‘tqazgich orqali ulash taklif qilinadi. Uni hatto yangi smartfonning qutisiga solib ham qo‘yishadi. Kutilmagan qadam.
Audiorazyomdan voz kechish teppa tomonda qo‘shimcha dinamik joylashtirish imkonini berdi. Endi smartfonlarda haqiqiy va baland sterio tovush mavjud.
Kompaniya simli naushniklar o‘tgan asr ekanligiga sha‘ma qildi. Kelajak AirPods — mitti, alohida bo‘lgan simsiz naushniklar ortidadir. Ularga maxsus W1 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, u ovoz sifatini yaxshilaydi. Infraqizil datchiklar esa faqatgina quloq ichida tovush chiqishini ta‘minlaydi. Bir marta olingan quvvatdan AirPods besh soatgacha ishlaydi. Yangilikning narxi — $159. Muhimi uni xarid qilish bilan yo‘qotib qo‘ymaslikdir.
Ekranlar eski, Home tugmasi yangi
Ekranlar diagonali va ularning ruxsat ko‘rsatgichlari o‘zgarishsiz qoldi, ammo matritsa sifati va rang uzatish ko‘rsatgichlarini yaxshilashdi. Yorqinlik 25% ga ortdi, shu sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurida o‘qish va suratlarni tomosha qilish osonlashdi. Bosilish kuchini aniqlovchi «Force Touche» funksiyasi o‘zgarishsiz qoldi.
Home tugmasi endi sensorli. U bosish kuchini aniqlaydi va yangi «Taptic Engine» dvijogi yordamida vibrojavobni ta‘minlaydi. Endi u vaqt o‘tishi bilan sinmaydi va unga suv kirmaydi. Touch ID datchigi o‘z joyida qoldi.
Quti ichida nimalar bor?
Yangi smartfonlar Lightning porti uchun EarPods naushniklari bilan ta‘minlangan. Eski 3,5- millimetrli naushniklar uchun Lightningga o‘tish perexodnigi mavjud. To‘plamdagi adapter baquvvatroq bo‘lib — 5 В va 2 А, bu degani smartfonlar tezroq quvvat oladi. Bundan tashqari iPhone 7 va 7 Plus qutisida — Lightning-USB quvvatlovchi kabel va hujjatlar mavjud.
Qachon, qayerda va qanchadan?
iPhone 7 va iPhone 7 Plus 16 sentyabr kuni 25 dan ortiq mamlakatda savdoga chiqariladi. AQShda iPhone 7 $649 narxda va iPhone 7 Plus uchun $769 narxda start oladi. Har doimgidek bir «sovg‘a» bor: «qora oniks» rangi faqatgina 128 va 256 GB talqinda mavjud bo‘ladi