AZAL VA QORA QABILALARNING XIYONATLARI Yana shu yilning Safar oyida Azal va Qorra arab qabilasidan bir necha kishilar elchi bo‘lishib kelib: — YO Rasulalloh, bizlar butun qabilalarimiz bilan sizga iymon keltirdik, endi bizga olim kishilardin, qorilardin qo‘shib bersangiz, alar bizlarga borib dinni o‘rgatsinlar va Qur’on ta’limini bersinlar, — dedilar. Rasululloh bu xizmatga sahobalardin o‘n kishini tayin qildilar va ularga topshirdilarkim, Quraysh kofirlariga ko‘z-quloq bo‘lib, alarning ishlaridan xabar keltirgaylar. Bularga ansor sahobalaridan Osim ibn Sobitni rais qildilar. Madinadin chiqqan kundan boshlab, kech yurib, kunduz kishi ko‘rmas joylarda yashirinur edilar. Shuning bilan yurib-o‘tirib, Raji’ degan joyga yetdilar. Bu joy bo‘lsa o‘tgan voqeadagi Abdulloh o‘ldirgan Sufyonning qavmi Huzayl qabilasining makoni edi. Mana shu yerga kelgandin so‘ngra, din o‘rganmoqchi bo‘lib, bu o‘n sahobani olib kelayotgan munofiqlarning xiyonati zohir bo‘ldi. Shundoqkim, «Muhammadning kishilarini aldov bilan bu joyga keltirdik, sizlardin o‘ldirilgan bir kishi o‘rniga o‘n kishini qo‘lga tushirdik. Endi joningiz bo‘lsa, tezlikda yetib qasos qilgaysiz», deb alarga yashirin xabar yetkazdilar. Bu xabar yetishi bilan qabila kishilaridan ikki yuzga yaqin askar orqadin quvib, bularga yetib kelishdi. Sahobalar ko‘rdilarkim, bunchalik qalin askarga qandoq qarshi turgali bo‘lur. Darhol o‘zlarini egiz tog‘ ustiga olishib, alarni toqqa chiqmoqqa qo‘ymadilar. Qo‘lga tushirmakdin ojiz qolgach, dushmanlar hiylaga kirishib: «Agar tog‘din tushar bo‘lsanglar, sizlarni o‘ldirmagaymiz», deb o‘zlariga qattiq qasam bilan ishontirdilar. Bulardin uch kishi raislariga itoat qilmay, yolg‘on qasamga aldanib, tog‘dan tushishlari barobar, bularning qo‘llarini bog‘lagani turishdi. Birovlari bog‘latmasdan qarshilik ko‘rsatgan edilar, shu damdayoq qilich bilan chopib tashladilar. Qolgan ikkovlarini Makkaga eltib, musulmonlarda o‘chi bor Quraysh kofirlariga sotib, har ikkovlari ham dushmanlar qo‘lida shahid bo‘ldilar. Birovlari Habayb ibn Adiy degan sahoba edi. Bu kishini Makkada Haram tashqarisiga chiqarib, dorga osdilar. Din yo‘lida Xudo uchun dorga osilganlarning bu ummat ichida eng birinchisidur. O‘lim oldida ikki rakat namoz o‘qishni musulmonlarga shu kishi sunnat qildi. Qolganlari ham tog‘ ustida ochlik-chanqoqlik bilan urishib yurib, barchalari shahid bo‘ldilar, raziyallohu anhum. Hazrati Habayb osilur chog‘ida dor tagida turib, ushbu so‘zlarni aytdi: — Islom yo‘lida musulmonlik bilan o‘ldirilganligim uchun o‘limdan hech qo‘rqinchim yo‘qdur. Qaysi yonim bilan yiqilsam ham, Xudo uchun yiqilib o‘lurman. Dushmandin qo‘rqish, alarga egilish mendin zohir bo‘lmas. Bu yo‘lda o‘lsam, Alloh oldidan o‘rin olgayman. Shundoq dahshatlik bir holda turib, bundoq mazmunlik she’r aytib, dushman oldida namoz o‘qimoq bu zotning raziyallohu anhu, qandoq haqiqiy iymonga ega ekanligini ko‘rsatdi . MAUVNA VOQEASI Dag‘i (yana) shu yilning Safar oyida bani Omir qabilasining raislaridan Abu Omir degan kishi elchi bo‘lib, Madinaga keldi. Rasululloh uni dinga da’vat qildilar. Iymon keltirmasa ham yaqinlashib aytdikim: — Ey Muhammad, men bu dinni to‘g‘ri topdim, sharofatlik yaxshi din, deb o‘ylayman. Lekin mening qavmim Najdda qoldilar. Agar Najd qavmiga bir necha ulamo kishilaringdan yuborur ersang, alarni shu dinga da’vat qilsalar, qabul qilgaylar, deb umid qilurman, — dedi. Anda Rasululloh: — Najd xalqiga ishonchim yo‘qdur, yuborilgan kishilarga yomon qasd qilgaylar deb qo‘rqaman, — dedilar. Anda Abu Omir: — Andoq ersa bu boradurgan kishilarni o‘z omonimga olurman, hech kimdan alarga ziyon-zahmat yetkazmaslik uchun va’da berurman, — dedi. Rasululloh buning so‘ziga ishonganlikdan Munzir Ibn Amr degan kishini boshchi qilib, sahoba qorilaridan yetmish kishini qo‘shib yubordilar. Bular necha kunlab yo‘l yurishib, Mauvna degan quduqqa yetishdi. Mana shu joyga kelganlarida, maslahat bilan xalqni dinga da’vat qilish mazmunida bir xat yozishdilar. Bu xatni sahobalardin Ibn Milhon degan kishi yuqoriga Abu Omirning jiyani Omir degan kishiga keltirib topshirdi. Bu esa qabila raislarining birisi edi. Keltirgan xatni o‘qib ko‘rmay turib, xat keltirgan ibn Milhon ustiga hujum qilib, ani shahid qildi. Qolgan sahobalarni ham yo‘q qilmoqqa o‘z qabilasini chaqirgan edi, amakisi Abu Omir bularni o‘z omonatiga olib, Rasulullohga va’da berib chiqqanini alarga bildirdi. Qabilasi buni onglagach: «Biz Abu Omirning va’dasini buza olmaymiz», deb uning chaqirig‘iga yurmadilar. Nochor bo‘lib, bir necha boshqa qabilalarni tashviq qilib, ular ustiga hujum boshladi. Dushmandan saqlashga va’da berib olib chiqqan Abu Omir bularni himoya qilishdan ojiz qoldi. Shuning bilan ko‘pchilik dushmanlar to‘rt tarafdin o‘rab, yetmish sahobani oraga oldi. Bular ham urusha-urusha, oxiri barchalari shahid bo‘ldilar. Bulardin ikki kishi o‘limdan omon qoldi. Birisi Ka’b ibn Zayd o‘liklar ichida yotib, keyin tirildi. Buni dushmanlar o‘ldi deb o‘ylashgan edi. Ikkinchisi, Amr ibn Umayya, bu kishi bo‘lsa, hech ishdin xabari yo‘q, askarning ot-uloqlarini o‘tloqda boqib yurgan chog‘da shu voqea bo‘lmish edi. So‘ngra bu musibatdin xabar topib, bo‘lgan fojiani Rasulullohga yetkazdi. Bundin bir kun ilgari hazrati Jabroil ham shu haqda vahiy keltirgan edi. Bu musibatni onglagach, Rasululloh qattiq qayg‘urdilar. Dushmanlar qo‘lida vahshiyona o‘ldirilgan ahboblarni eskarib, bek achindilar. Ilgari-keyin Rasululloh bularga achingandek hech kimga achinmagan edilar», deb Anas rivoyat qilmishdur. Chunki bu sahobalar urush uchun emas, balki Najd xalqiga Rasulullohning da’vatlarini yetkazish uchun elchi qatorida yuborilgan edilar. Arab odaticha, elchilarni o‘ldirish bu yoqda tursin, alarni mehmon o‘rnida ko‘rishib, hurmat qilishur edi va o‘z raislaridan bo‘lgan Abu Omir ularni ziyon-zahmatdin saqlamoqchi bo‘lib, Rasulullohga va’da bergan edi. Va’dasiga vafo qila olmaganligi uchun u kishi ham qattiq qayg‘urib, shu sababdin o‘zi ham vafot topdi. Chunki Rasululloh: «Men bularni iymon kelturmagan qabila ichiga yuborishni yaxshi ko‘rmagan edim. Bu ish ersa qo‘rqinchli edi. Bu fojianing bo‘lishiga Abu Omir sababchi bo‘ldi», dedilar. Arab raislariga bundoq ishlar o‘z odatlaricha o‘limdan ham qattiqroq ko‘rinur edi. Mana shuning uchun bu ishning or-nomusiga chiday olmasdin xafaligi oshib, ajaliga sabab bo‘ldi. Bundin oldinroq o‘tgan Raji’ voqeasi, bu aytilayotgan Mauvna fojiasi har ikki musibat xabarini Rasululloh bir kunda eshitdilar. Bu ikki voqeada shahodat topgan sahobalar soni saksonga yetgan edi. Uhud urushida o‘tgan ishlar eskirmay turib, uning ustiga bu musibatlarning bo‘lishi musulmonlarga qattiq ta’sir qildi. Shu adabsizlikni qilgan uch qabiladan Rasululloh qattiq ranjidilar. Qirq kungachalik, bomdod namozining ikkinchi rakatida rukudin yonib (qaytib) sajda oldida Qunut duosini o‘qib, shahidlarni duo qildilar. Shofe’y mazhabida bomdod namozida Qunut duosin o‘qish shundin qoldi. So‘ngra Jabroil alayhissalom Rasulullohga shu mazmunda vahiy keltirdikim, bu shahidlar esa rahmat nuriga cho‘mdilar. Alloh bulardin rozi bo‘ldi. Bular Allohdin rozidurlar. Imom Zarqoniy rahmatullohi alayhi aytibdur: — Bu xiyonatni qilguvchi uchta qabila: Ra’l, Zakvon, Asbataga bezgak vabosi paydo bo‘lib, xiyonatlaridan so‘ngra ko‘p o‘tmay yetti yuz kishi halok bo‘ldi. Shu musibatga boshchilik qilgan qabila raisiga iymon nasib bo‘lmay, kofirlik holda o‘ldi. Shuni bilmak kerakkim, bunday musibatlar o‘tgan payg‘ambarlarga ham ko‘p bo‘lgandir. Ammo bizning Payg‘ambarimizga hammadin ham ko‘p bo‘lgandir. Shuning uchun Rasululloh aytdilar: «Ashaddunosi baloan al-anbiyou summa avliyou summal laziyna yaluvnahum summal amsalu fal amsal», ya’ni: «Bu dunyoda baloning qattiqrog‘i payg‘ambarlarga bo‘lur, keyin avliyolarga, keyin bulardin tubanroq darajalik kishilarga, eng oxiri mo‘minga, kattaga kattaroq, kichikka kichikroq, har kimga o‘z darajasiga qarab, dunyo musibatlaridan yetib turadur». Shu uchunkim, alar bu musibatlarga sabr qilib, ulug‘ ajr topgaylar. Buning oqibati ular uchun yaxshilik bo‘lgay. Lekin shunday ishlarning aniq sirini Allohdin o‘zga hech kim bila olmas. Aning ne’matlariga shukr qilib, mehnatlariga sabr qilmoqdin o‘zga bandaning chorasi yo‘qdur. Alixontura Sog'uniy Boshi utgan sonlarda davomini kuzatib boring..
INSON ISLOM IYMON
:Fotima Nur
TARIXI MUHAMMADIY Sahifa 44-45
AZAL VA QORA QABILALARNING XIYONATLARI
Yana shu yilning Safar oyida Azal va Qorra arab qabilasidan bir necha kishilar elchi bo‘lishib kelib: — YO Rasulalloh, bizlar butun qabilalarimiz bilan sizga iymon keltirdik, endi bizga olim kishilardin, qorilardin qo‘shib bersangiz, alar bizlarga borib dinni o‘rgatsinlar va Qur’on ta’limini bersinlar, — dedilar. Rasululloh bu xizmatga sahobalardin o‘n kishini tayin qildilar va ularga topshirdilarkim, Quraysh kofirlariga ko‘z-quloq bo‘lib, alarning ishlaridan xabar keltirgaylar. Bularga ansor sahobalaridan Osim ibn Sobitni rais qildilar. Madinadin chiqqan kundan boshlab, kech yurib, kunduz kishi ko‘rmas joylarda yashirinur edilar. Shuning bilan yurib-o‘tirib, Raji’ degan joyga yetdilar. Bu joy bo‘lsa o‘tgan voqeadagi Abdulloh o‘ldirgan Sufyonning qavmi Huzayl qabilasining makoni edi. Mana shu yerga kelgandin so‘ngra, din o‘rganmoqchi bo‘lib, bu o‘n sahobani olib kelayotgan munofiqlarning xiyonati zohir bo‘ldi. Shundoqkim, «Muhammadning kishilarini aldov bilan bu joyga keltirdik, sizlardin o‘ldirilgan bir kishi o‘rniga o‘n kishini qo‘lga tushirdik. Endi joningiz bo‘lsa, tezlikda yetib qasos qilgaysiz», deb alarga yashirin xabar yetkazdilar. Bu xabar yetishi bilan qabila kishilaridan ikki yuzga yaqin askar orqadin quvib, bularga yetib kelishdi. Sahobalar ko‘rdilarkim, bunchalik qalin askarga qandoq qarshi turgali bo‘lur. Darhol o‘zlarini egiz tog‘ ustiga olishib, alarni toqqa chiqmoqqa qo‘ymadilar. Qo‘lga tushirmakdin ojiz qolgach, dushmanlar hiylaga kirishib: «Agar tog‘din tushar bo‘lsanglar, sizlarni o‘ldirmagaymiz», deb o‘zlariga qattiq qasam bilan ishontirdilar. Bulardin uch kishi raislariga itoat qilmay, yolg‘on qasamga aldanib, tog‘dan tushishlari barobar, bularning qo‘llarini bog‘lagani turishdi. Birovlari bog‘latmasdan qarshilik ko‘rsatgan edilar, shu damdayoq qilich bilan chopib tashladilar. Qolgan ikkovlarini Makkaga eltib, musulmonlarda o‘chi bor Quraysh kofirlariga sotib, har ikkovlari ham dushmanlar qo‘lida shahid bo‘ldilar. Birovlari Habayb ibn Adiy degan sahoba edi. Bu kishini Makkada Haram tashqarisiga chiqarib, dorga osdilar. Din yo‘lida Xudo uchun dorga osilganlarning bu ummat ichida eng birinchisidur. O‘lim oldida ikki rakat namoz o‘qishni musulmonlarga shu kishi sunnat qildi. Qolganlari ham tog‘ ustida ochlik-chanqoqlik bilan urishib yurib, barchalari shahid bo‘ldilar, raziyallohu anhum. Hazrati Habayb osilur chog‘ida dor tagida turib, ushbu so‘zlarni aytdi: — Islom yo‘lida musulmonlik bilan o‘ldirilganligim uchun o‘limdan hech qo‘rqinchim yo‘qdur. Qaysi yonim bilan yiqilsam ham, Xudo uchun yiqilib o‘lurman. Dushmandin qo‘rqish, alarga egilish mendin zohir bo‘lmas. Bu yo‘lda o‘lsam, Alloh oldidan o‘rin olgayman.
Shundoq dahshatlik bir holda turib, bundoq mazmunlik she’r aytib, dushman oldida namoz o‘qimoq bu zotning raziyallohu anhu, qandoq haqiqiy iymonga ega ekanligini ko‘rsatdi
.
MAUVNA VOQEASI
Dag‘i (yana) shu yilning Safar oyida bani Omir qabilasining raislaridan Abu Omir degan kishi elchi bo‘lib, Madinaga keldi. Rasululloh uni dinga da’vat qildilar. Iymon keltirmasa ham yaqinlashib aytdikim: — Ey Muhammad, men bu dinni to‘g‘ri topdim, sharofatlik yaxshi din, deb o‘ylayman. Lekin mening qavmim Najdda qoldilar. Agar Najd qavmiga bir necha ulamo kishilaringdan yuborur ersang, alarni shu dinga da’vat qilsalar, qabul qilgaylar, deb umid qilurman, — dedi. Anda Rasululloh: — Najd xalqiga ishonchim yo‘qdur, yuborilgan kishilarga yomon qasd qilgaylar deb qo‘rqaman, — dedilar. Anda Abu Omir: — Andoq ersa bu boradurgan kishilarni o‘z omonimga olurman, hech kimdan alarga ziyon-zahmat yetkazmaslik uchun va’da berurman, — dedi. Rasululloh buning so‘ziga ishonganlikdan Munzir Ibn Amr degan kishini boshchi qilib, sahoba qorilaridan yetmish kishini qo‘shib yubordilar. Bular necha kunlab yo‘l yurishib, Mauvna degan quduqqa yetishdi. Mana shu joyga kelganlarida, maslahat bilan xalqni dinga da’vat qilish mazmunida bir xat yozishdilar. Bu xatni sahobalardin Ibn Milhon degan kishi yuqoriga Abu Omirning jiyani Omir degan kishiga keltirib topshirdi. Bu esa qabila raislarining birisi edi. Keltirgan xatni o‘qib ko‘rmay turib, xat keltirgan ibn Milhon ustiga hujum qilib, ani shahid qildi. Qolgan sahobalarni ham yo‘q qilmoqqa o‘z qabilasini chaqirgan edi, amakisi Abu Omir bularni o‘z omonatiga olib, Rasulullohga va’da berib chiqqanini alarga bildirdi. Qabilasi buni onglagach: «Biz Abu Omirning va’dasini buza olmaymiz», deb uning chaqirig‘iga yurmadilar. Nochor bo‘lib, bir necha boshqa qabilalarni tashviq qilib, ular ustiga hujum boshladi. Dushmandan saqlashga va’da berib olib chiqqan Abu Omir bularni himoya qilishdan ojiz qoldi. Shuning bilan ko‘pchilik dushmanlar to‘rt tarafdin o‘rab, yetmish sahobani oraga oldi. Bular ham urusha-urusha, oxiri barchalari shahid bo‘ldilar. Bulardin ikki kishi o‘limdan omon qoldi. Birisi Ka’b ibn Zayd o‘liklar ichida yotib, keyin tirildi. Buni dushmanlar o‘ldi deb o‘ylashgan edi. Ikkinchisi, Amr ibn Umayya, bu kishi bo‘lsa, hech ishdin xabari yo‘q, askarning ot-uloqlarini o‘tloqda boqib yurgan chog‘da shu voqea bo‘lmish edi. So‘ngra bu musibatdin xabar topib, bo‘lgan fojiani Rasulullohga yetkazdi. Bundin bir kun ilgari hazrati Jabroil ham shu haqda vahiy keltirgan edi. Bu musibatni onglagach, Rasululloh qattiq qayg‘urdilar. Dushmanlar qo‘lida vahshiyona o‘ldirilgan ahboblarni eskarib, bek achindilar. Ilgari-keyin Rasululloh bularga achingandek hech kimga achinmagan edilar», deb Anas rivoyat qilmishdur. Chunki bu sahobalar urush uchun emas, balki Najd xalqiga Rasulullohning da’vatlarini yetkazish uchun elchi qatorida yuborilgan edilar. Arab odaticha, elchilarni o‘ldirish bu yoqda tursin, alarni mehmon o‘rnida ko‘rishib, hurmat qilishur edi va o‘z raislaridan bo‘lgan Abu Omir ularni ziyon-zahmatdin saqlamoqchi bo‘lib, Rasulullohga va’da bergan edi. Va’dasiga vafo qila olmaganligi uchun u kishi ham qattiq qayg‘urib, shu sababdin o‘zi ham vafot topdi. Chunki Rasululloh: «Men bularni iymon kelturmagan qabila ichiga yuborishni yaxshi ko‘rmagan edim. Bu ish ersa qo‘rqinchli edi. Bu fojianing bo‘lishiga Abu Omir sababchi bo‘ldi», dedilar. Arab raislariga bundoq ishlar o‘z odatlaricha o‘limdan ham qattiqroq ko‘rinur edi. Mana shuning uchun bu ishning or-nomusiga chiday olmasdin xafaligi oshib, ajaliga sabab bo‘ldi. Bundin oldinroq o‘tgan Raji’ voqeasi, bu
aytilayotgan Mauvna fojiasi har ikki musibat xabarini Rasululloh bir kunda eshitdilar. Bu ikki voqeada shahodat topgan sahobalar soni saksonga yetgan edi. Uhud urushida o‘tgan ishlar eskirmay turib, uning ustiga bu musibatlarning bo‘lishi musulmonlarga qattiq ta’sir qildi. Shu adabsizlikni qilgan uch qabiladan Rasululloh qattiq ranjidilar. Qirq kungachalik, bomdod namozining ikkinchi rakatida rukudin yonib (qaytib) sajda oldida Qunut duosini o‘qib, shahidlarni duo qildilar. Shofe’y mazhabida bomdod namozida Qunut duosin o‘qish shundin qoldi. So‘ngra Jabroil alayhissalom Rasulullohga shu mazmunda vahiy keltirdikim, bu shahidlar esa rahmat nuriga cho‘mdilar. Alloh bulardin rozi bo‘ldi. Bular Allohdin rozidurlar. Imom Zarqoniy rahmatullohi alayhi aytibdur: — Bu xiyonatni qilguvchi uchta qabila: Ra’l, Zakvon, Asbataga bezgak vabosi paydo bo‘lib, xiyonatlaridan so‘ngra ko‘p o‘tmay yetti yuz kishi halok bo‘ldi. Shu musibatga boshchilik qilgan qabila raisiga iymon nasib bo‘lmay, kofirlik holda o‘ldi. Shuni bilmak kerakkim, bunday musibatlar o‘tgan payg‘ambarlarga ham ko‘p bo‘lgandir. Ammo bizning Payg‘ambarimizga hammadin ham ko‘p bo‘lgandir. Shuning uchun Rasululloh aytdilar: «Ashaddunosi baloan al-anbiyou summa avliyou summal laziyna yaluvnahum summal amsalu fal amsal», ya’ni: «Bu dunyoda baloning qattiqrog‘i payg‘ambarlarga bo‘lur, keyin avliyolarga, keyin bulardin tubanroq darajalik kishilarga, eng oxiri mo‘minga, kattaga kattaroq, kichikka kichikroq, har kimga o‘z darajasiga qarab, dunyo musibatlaridan yetib turadur». Shu uchunkim, alar bu musibatlarga sabr qilib, ulug‘ ajr topgaylar. Buning oqibati ular uchun yaxshilik bo‘lgay. Lekin shunday ishlarning aniq sirini Allohdin o‘zga hech kim bila olmas. Aning ne’matlariga shukr qilib, mehnatlariga sabr qilmoqdin o‘zga bandaning chorasi yo‘qdur.
Alixontura Sog'uniy
Boshi utgan sonlarda davomini kuzatib boring..