Bir kuni qulni begumon oʻtgusidir. Bor ne’matiyu quvonchi bu dunyoning Umring kabi solgancha suron oʻtgusidir. Sham shu'lasi tushmish sharobga bu kecha, Sust ketdi dilim mening kabobga bu kecha, Qoʻy uyquni, ber quloq rubobga bu kecha, Obod ne bor, yuz tutar xarobga bu kecha. Gul ochdi yuzin, biz-da koʻngil ochgaymiz, May shavqi bilan gʻam qoʻlidan qochgaymiz. Gul qovjiragay oʻtsa bahor, vaqt yetsa, Bizlar-da ajal sharbatini ichgaymiz... Imkon bor ekan, topib yaqin ulfatni, Bogʻ-rogʻlar aro joyiga qoʻy ishratni. To bogʻlamayin qoʻlu oyogʻingni ajal, Sol ishga, uvol qilma kuchu quvvatni! Gul jilva qilib, yashnadi boʻston, ey doʻst, Sayr ayla gʻanimatda guliston, ey doʻst; Xar narsani xohlasang — muhayyo bunda, Qil aysh ila ishratni bearmon, ey doʻst! #FarididdinAttor
Искусство Востока
:Нурик Ахмадов
Ey dil, shod boʻl, yaxshi-yomon oʻtgusidir,
Bir kuni qulni begumon oʻtgusidir.
Bor ne’matiyu quvonchi bu dunyoning
Umring kabi solgancha suron oʻtgusidir.
Sham shu'lasi tushmish sharobga bu kecha,
Sust ketdi dilim mening kabobga bu kecha,
Qoʻy uyquni, ber quloq rubobga bu kecha,
Obod ne bor, yuz tutar xarobga bu kecha.
Gul ochdi yuzin, biz-da koʻngil ochgaymiz,
May shavqi bilan gʻam qoʻlidan qochgaymiz.
Gul qovjiragay oʻtsa bahor, vaqt yetsa,
Bizlar-da ajal sharbatini ichgaymiz...
Imkon bor ekan, topib yaqin ulfatni,
Bogʻ-rogʻlar aro joyiga qoʻy ishratni.
To bogʻlamayin qoʻlu oyogʻingni ajal,
Sol ishga, uvol qilma kuchu quvvatni!
Gul jilva qilib, yashnadi boʻston, ey doʻst,
Sayr ayla gʻanimatda guliston, ey doʻst;
Xar narsani xohlasang — muhayyo bunda,
Qil aysh ila ishratni bearmon, ey doʻst!
#FarididdinAttor