bir zamonlar bir mevali daraxt bo'lgan ekan. har kuni bu daxtning atrofida o'ynash uchun bir bola kelar ekan. daraxtning ustiga chiqar, mevalar yer, charchaganda esa daraxt soyasida yotib dam olardi, u daraxtni juda ham yaxshi ko'rardi. daraxtga ham u bilan vaqtini o'tkazish xuzur bag'ishlardi. lekin vaqt juda ham tez o'tib, bolakay ulg'aygan sari daraaxt bilan o'ynash uchun kamdan kam keladigan bo'ldi. Ajoyib, quyosh yarqirar nur sochib turgan kunlarning birida bola daraxt yoniga keldi. U g'amgin ko'rinardi "kel o'ynaymiz", taklif qildi daraxt. "men endi daraxt atrofida chopib yuradigan kichik bola emasman -dedi u -men o'yinchoqlar bilan o'ynashni xoxlamayman, ularni sotib olish uchun esa pul kerak". "kechirasan mening pulim yo'q-da. ammo, mevalarimni terib, sotsang pul boladi". taklif bolaga yoqib tushdi. u mevalarni terib baxtli holda chopqillab ketdi. bolakay shu bilan qaytib kelmadi. daraxt yana zerikib qoldi. kunlarning birida bola yana keldi. endi balog'atga yetgan erkakka aylangani uchun tanish mushkul edi. Daraxt qanday quvondi-ya! “qaytib keldi! –quvonardi u -kel o’ynaymiz.” -“endi o’yinga vaqtim yo’q.men o’z oilamni, bolalarimni boqishim uchun ishlashim kerak. Boshpanam yo’q, uy qurishim lozim…. Sen biror narsa bilan yordam bera olasanmi?” “uzr, mening uyim yo’q. lekin, sen mening baquvvat shoxlarimni kesib uyingga ishlatishing mumkin.” Erkak bu imkoniyatdan quvonib shoxlarni kesib olib ketdi. Daraxt yigitning hursand bo’lganini ko’rib, kayfi chog’ edi. Ammo yigit yana ketib, qaytib kelmadi… issiq yoz oqshomlaridan birida yana qaytgan yigitni ko’rib, daraxt uni yana o’yinga chorladi. “yo’q, yoshim ham bir joyga borib qoldi. Dunyo tashvishlaridancharchadim, mening uzoq orollarga suzib ketishga kemam bo’lsaydi… yordam bera olasanmi?” –so’radi odam. “tanamni kesib olaqol, u sening kemangga yaraydi, sen uzoq-uzoqlarga suzib ketib, bahtiyor bo’lasan.” Odam daraxtni kesib, kema yasadi-da uzoqlarga suzib ketdi. Ko’p yillardan so’ng yana kelayotganini ko’rgan daraxt unga qarab dedi: -kechirasan, mening senga beradigan mevalarim qolmagan. –menga mevalaring kerak emas, chunki ularni yeydigan tishlarim tushib ketgan. –sen o’ynab chiqadigantanam ham yo’q. –men ham qarib, quvvatdan qolib, daraxtga chiqa olmaydigan bo’lganman. –mening quriyotgan ildizlarimdan bo’lak xechnarsam qolmadi. – menga faqat, orom olib o’tiradigan joy kerak, xolos. –unda tomirlarimga yonboshla, damingni ol, -dedi daraxt. Chol daraxt tomirlariga yonboshlab o’tirdi. Daraxt jilmaydi, uning tomirlariga bo’lsa ko’z yoshlari tomdi. Bu masal hammamizgaibrat uchundir Daraxt – bizning ota-onamiz. Kichikligimizdaular bilan o’ynashni sevardik. Ulg’aygan sari har tomonga tarqab ketamiz-u, faqat boshimizga bir mushkulot tushsagina ularni eslaymiz. Bizning nimani talab qilishimizdan qat’I nazar, ota-onamiz hammasini berishadi. Faqat ularga ko’rinib tursak, bas. Siz bola daraxtga nisbatan shavqatsizlik qildi, deb hisoblayotgandursiz. Ammo hammamiz ham ota-onamizga nisbatan huddi shu xilda munosabatdamiz.Biz bizga qilgan mehribonliklarini ularning burchlaridekqabul qilamiz-u shundek yaxshi insonlarni bizni parvarishimizgamas’uletgan ALLOH taologa shukur qilmaymiz. Bir muddat to’xtab fikrlasak,ularning nechog’lik bebaho ekanliklari va o’zimizning shunday mislsiz davlatimizga loqaydligimiznitushunib yetamiz. Chunki, hech kim: na rafiqangiz, na bolalaringiz, na do’stlaringiz ota-onadek farzandlari chun o’zini qurbon qilmaydi. ALLOH barchalarimiznito’g’ri yo’lda yuradiganva bergan ne’matlariga shukr aytadigan bandalaridan etsin. Omin!
ХАЁТ ВА ТАКДИР СИНОВЛАРИ♥
:((((( Bahorim )))))
BOLA VA DARAXT.