♥ ...

Yolg'iz sendan so'rayman panoh,
O'zing kechir, ko'p qildim gunoh,
Kofir bo'lmay, bo'lmayin gumroh,
Iymonimdan ayirma, Alloh!
Qalbimga sol dini Islomni,
Iymon deb atalmish Kalomni,
Tilimdan tushirma salomni,
Iymonimdan ayirma, Alloh!
Besh vaqt namoz o'qigulik qil,
Sen uchun ro'za tutgulik qil,
Zakot, Haj ado etgulik qil,
Iymonimdan ayirma, Alloh!
Ber joynamozday din taxtini,
Chin musulmon bo'lmoq baxtini,
Ber Iymonni saqlash ahdini,
Iymonimdan ayirma, Alloh... ♥

Комментарии