Yodgor Sa'diyev O'zbekiston xalq artisti Teatr va kino aktyori 1946-yilda Toshkentda

tug'ilgan.U 1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik san'ati instituti (Xozirgi M.
Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat san'at instituti)ning Teatr va kino aktyori fakultetini
tugatib,shu yili Xamza nomidagi akademik darama teatriga ishga qabul qilinadi.Teatrda
avval epizotik rollarni o'ynab o'ziga ishonchi ortgan Yodgor Sa'diyev keyinchalik birin
ketin Karl Moor (Shiller "Qaroqchilar"),Kochkaryov (gogol "uylanish"),G'ofur (Xamza "boy
ila xizmatchi"),Ertakchi ("qor malikasi"),Badiuzzamon (Uyg'un va I .Sulton"Alisher Navoiy
"),Bobur (P.Qodirov "yulduzli tunlar"),Ma'mur (Said Axmad "Kelinlar qo'zg'aloni")kabi 60
dan ortiq rollarni ijro etdi.
Teatrda bir necha esda qolarli,mukammal obrazlarni yaratib ko'pchilikka tanila boshlagan
Yodgor Sa'diyev kinoga ham taklif etiladi."O'zbekfilm"da suratga olingan "Dilbarim"da
Abdusalom,"Engilmas"da Shayx Jafar,"Minorxorlik Jo'ra ovchi"da Tagay,"Armon"da Dada bo'ri
"Manjur variyanti"da (qozoqfilm)Mayyor Mitsumi,"O'n uch terak ko'chasi"da (Dovjenko nomli
kinostudiya)Olimjon "Qizil qumlar"filmida bosh rollardan birini ijro etadi.Yodgor
Sa'diyevning tanilishida televidiniyaning o'rni benihoya katta bo'ldi."Girdob" va "Ichkuyov"
televizion teatridagi Yo'ldosh va O'rinboy obrazlari aktyorga katta ijodiy parvoz baxsh
etdi."Girdob"dagi taniqli olim Muxiddin Jabborovichning jiyani Yo'ldosh inson xayotini faqat
sevinchlardan iborat deb tushunadigan yengil yelpi xayot kechirish uchun xech narsadan
toymaydigan odam sifatida gavdalanadi.U o'zining ko'p yillik ilmiy ishini ro'yobga chiqara
olmay,bu mashaqqatli yo'lda katta to'siqlarga duch kelayotgan yosh olim Aziz qosimovning
xotiniga ko'z olaytiradi.Aziz Qosimovning ilmdagi kashfiyotiga jiddiy g'ov bo'layotgan
qaxri qattiq inson Muxiddin Jabborovich xam jiyanining bu noppok ishlariga chiday olmay
uning yuziga tarsaki tushuradi.Yo'ldosh xarakteridagi anashunday nopok xususiyatlar Yodgor
Sa'diyev ijrosida ishonchli tarzda ifoda etilgan.Aktyorni zangori ekran orqali millionlab
tomoshabinlarga tanitgan rol xam Yo'ldosh,O'rinboy kabi obrazlar bo'ladi.Shundan keyin u
O'zbekiston televideniyasi tomonidan suratga olingan seriallar -"Abu ali ibn Sino"da Ibn
Sino,"Alisher Navoiy"da Badiuzzamon,"So'mggi O'q"da Jaxongir kabi ko'pgina rollarda o'ynadi
Teatr va Kino televideniyada rollar ijro etib aktyorlik san'atini puxta egallagan Yodgor
Sa'diyev rejissyorlik soxasida xam faoliyat ko'rsatib,teatr saxnasida "Tungi mexmon"
"Aldagani xotin yaxshi","Xayot-Eshik ortida" kabi spektakllarni saxnalashtirdi.
1998-yildan beri O'zbekiston ichki ishlar vazirligi qoshidagi "Qalqon" studiyasiga badiiy
raxbarlik qilayotgan Yo'dgor Sa'diyev yozuvchi Toxir Malikning "Shaytanat"romani asosida
ko'p seriyalik "Shaytanat videofilmini rejissyori sifatida suratga oldi va o'zi Asadbek
rolini ijro etdib kinoda jiddiy muvaffaqiyatga erishdi.
2001-yilda "Qalqon" studiyasida Yodgor Sa'diyev rejissyorligida "Shaytanat" videofilmining
5 seriyalik ikkinchi qismi suratga olinib madaniy jamoatchilik ko'rigiga taqdim etildi.
Yodgor Sa'diyevning 30 yillik samarali ijodiy mexnati munosib taqdirlandi.U 1989-yilda
Respublika davlat mukofotiga,1998-yilda "O'zbekiston xalq artisti" faxriy unvoniga
sazovor bo'ldi. Ma'lumotlar "O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi" guruxidan olindi.Qo'shimchalar bo'lsa komentga yozing.

Комментарии

  • 2 ноя 2013 17:57
    Узбекистон халк артисти Едгор Садиев буюк истедод эгаси. Театр ва кинода уйнаган ролларини макташга тил ожиз. Доимо сог саломат булсинлар . Биз мухлислари учун янаяам зор  яхши образлар роллар кутиб коламиз .
  • 19 ноя 2014 21:30
    йодгор cадийев йана шайтанати давом етсала деган едим