25 дек 2014

1955- yil 6- yanvar.

Velikobritaniyaning Konsett shaxridagi fermer Erik Atkinson oila boshchilik qiladigan xonadonda chaqaloq yig'isi eshitildi.Bu chaqaloq Erik va uning farzandlari bo'lmish Pol,Rudne va Rupertlarning quvonchiga sabab bo'ldi.Kim ham bilardi chaqaloq vaqtlar o'tib ulg'ayib ,butun dunyo ahlini kuldiradi deb.Uning ismi Rouen Sebastyan Atkinson yohud "mister Bin".Bo'lajak aktyor Chorister va Sent-Bis (ushbu maktablar surati taqdim etilgan) maktablarida taxsil oldi.U 11 yoshligida 13 yoshlik bo'lajak Buyukbritaniya primier ministri Tony Bler bilan bir maktabda o'qidi.1975-yilda Nyukasl unverstitetining "elektromuxandislik" fakultetinitamomladi va "oksford"ga yo'l oldi.Oksfordning madaniy uyushmasida o'qish davomida xar xil komik dasturlbarda saxnaga chiqa boshladi.Atkinson xuddi shu erda mashxur bo'lajak ssenarist va rejisser Richerd Kertis bilan tanishdi.1976-yilda u ilk bor Edinburg festivalida chiqishi bilan katta etiborga sazovor bo'ldi.Uning aktyorlik faoliyati boshlovchi,ssenarist va asosiy aktyor sifatida ''Atkinson odamlari'' radioshousida 1978-yilda boshlandi."Oksford"ni tamomlagach Atkinson xamkasbi komik Angus Deyton bilan Gastrol safarlariga yo'l oladi.Uning istedodi va gastrollar muvaffaqiyati uni Itv telekompaniyasi bilan shartnoma tuzishiga sabab bo'ldi va u "Qattiqroq kulgu"shousida qatnasha boshladi .Uni jaxonga tanitgan mashxur serial"janob Bin" 1990-yilda ekran yuzini ko'rdi va millionlab insonlar teleekran qarshisiga mixlandi.---------Oilasi-------Rouen 1990- yilda grimyor qiz Saentre Sestriga uylandi.Buni qarangki bu ajoyib juftlik to'ylarini ikki marotaba qilishdilar.Birinchi bor yashirin tarzda Nyu Yorkning "Rus Choyli" restoranida ikkinchi marotaba esa bir xafta o'tgach Londonning "Savoy" mehmonxonasining rastoranida o' tkazishdi.Bu juftlikdan ikki farzand og'il- Ben va qiz-Lili dunyoga keldilar.-----Qiziqishlari-----Rouen Atkinson eski sport avtomobillarini kollektsiya qilishga qiziqadi.Shuningdek mashxur professional avtojurnallarda ko'p bora lavhalar yozadi.

Комментарии