Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi

Chevrolet kompaniyasi 2015-yilgi Nyu-York avtosalonida yangilangan Spark kompakt-kari va to‘qqizinchi avlod Malibu texnologik sedanini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Pixland.uz”.

Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi - 771840191637
Eslatib o‘tamiz, yangi Spark Opel Karl va Vauxhall Viva modellari bilan umumiy platformada qurilgan. Yangi model hajmining aniq o‘lchamlari hozircha ma’lum emas, faqatgina u avvalgi modeldan 40 millimetrga pastroq ekanligi aytilgan, buning evaziga aerodinamika yaxshilangan. Shuningdek, yangi konsept-kar uzunroq ham bo‘ladi.
Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi - 771840224149
Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi - 771840231829
Ushbu Spark avtomobillarida Opel va Viva’ning 1,4 litrli Ecotec dvigateli o‘rnatiladi, yana qanday dvigatelli versiyalar chiqarilishi ma’lum qilinmagan. Yangi Spark 100 kilometrga 5,8 litr yoqilg‘i sarflaydi. Modelning tashqi ko‘rinishida ham o‘zgarishlar mavjud, ichki dizayn esa oshkor qilinmagan.
Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi - 771840239765
Yangi Malibu esa avvalgi versiyasidan 140 kilogrammga yengilroq bo‘ladi. Vazn yengillashuvining uchdan bir qismi o‘ta chidamli po‘latdan ishlangan yangi kuzov konstruksiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, qator elementlar mustahkamligini saqlab qolgan holda ingichkalashtirilgani ham og‘irlikni kamaytirishga imkon bergan.
Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi - 771840257941
Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi - 771840262037
Qayd etilishicha, quvvat moslamalari tarkibidan 1,8 litrli benzinli dvigateldan tashqari Volt elektromotori hamda 1,5 kilovatt/soat quvvatga ega litiy-ion batareyalar to‘plami o‘rin oladi. Ularning umumiy quvvati 182 ot kuchini tashkil etadi.
Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi - 771840270485
Yangi Chevrolet Spark va Malibu Nyu-Yorkda namoyish etildi - 771840272533
Faqatgina elektromotor ishlab turganda Malibu 86 kilometr/soatgacha tezlikda harakatlana oladi, yuqori tezlikda esa benzinli dvigatel qo‘shiladi. Qo‘shma rejimda Malibu 100 kilometrga 5,2 litr benzin sarflaydi. Shuningdek, to‘xtash vaqtida yig‘iladigan energiyani saqlab olish tizimi ham qo‘llaniladi.

Комментарии

Комментариев нет.