U QAYERDA? U QANDAY? Deyarli har kuni kafe–restoranlarda pishirilayotgan “donar kabob”, "turk kabob" larga ko`zimiz tushadi: vertikal six, unga go`sht osilgan, 15-20 sm masofada esa pechka yoqilgan. Pechka berayotgan issiqlik tufayli go`sht pishadi. Ma’lumki, go`shtning yaxshi pishishi kabobpazning mahoratiga bog`qliq. Agar u sixni ma’lum me’yorda aylantira olsa, go`shtning hamma tarafi bir xilda, muhimi, me’yorda pishadi. Agar kabobpaz sixni biroz tez aylantirsa nima bo’ladi? Tabiiyki, go’sht chala pishadi. Sababi oddiy, go’shtning pechkaga qarab turgan qismi pishish uchun yetarli bo`lgan issiqlikni ololmaydi. Agar me’yordan sekinroq aylantirsachi? To`ppa-to`gri! Go’shtning pechkaga qarab turgan tarafi kuyib ketadi, narigi tarafi esa umuman pishmaydi… Yer koinotning bir zarrachasi bo`lib, unda sodir bo`ladigan va bo`lgan butun hodisa va jarayonlar, tabiiy qonun va qonuniyatlarning olam bilan bogliqligining oqibatidir. Yer Koinot bilan quyidagicha bog`langan: Yer koinotning bir qismi bo`lib, o`ziga xos kuchlar ta’sirida u bilan uzviy bog`langan va uning ta’siridadir. Ayniqsa, Oy va Quyoshning ta’siri tufayli Yer shari davriy ravishda shakllanib turadi. Yer Quyosh nur energiyasini oladi va bu energiya turli holatda va miqdorda uning turli qismiga o`ziga xos taqsimlanadi. Yer massasi meteoritlar hisobiga ortishi mumkin va ayni vaqtda Yer atmosferasining tashqi baland qatlamlaridan sayyoralar orasidagi bo`shliqqa (fazoga) doimiy ravishda yer materiyasi bo`lmish gaz zarralari uchib o`tadi. Shuningdek, Yerga kosmik nurlar ham keladi va hokazo. Albatta, bunday bog`lanishlar yerning holatiga va unda yuz beradigan hodisa va jarayonlarga ozmi-ko`pmi ta’sir etadi. Shu bilan birgalikda, Yerning xususiyatlari ham (qadimdan koinot ta’siri tufayli sodir bo`lgan va hozirgi kunda ham uning ta’siri davom etayotgan bir vaqtda) ko`pgina tabiat hodisasi va jarayonlarining vujudga kelishida va taqsimlanishida asosiy ahamiyatga ega bo`ladi. Shuning uchun ham Yerga xos bo`lgan xususiyat va xossalarni bilish zarur. Tadqiqot ishlari Yer shakli geometrik shakl-sferoidga o`xshamasligini tasdiqladi. Yerning shakli qiyofasini noto`gri geometrik holatdagi geoid deb ataladi. Su’niy yo`ldoshlar orqali olib borilgan kuzatishlar natijasida Yerning qiyofasi yurakka o`xshashroq deb qaraladi. Shimoliy qutb Janubiy qutbdan tahminan 30 m ga ko`tarilgan holatda, ya’ni shimoliy radius janubiy radiusdan uzunroq. Ekvator ham aniq aylana shaklida bo`lmay, birinchi ko`rinishdayoq ellips shakliga ega, ya’ni katta o`q kichik o`qdan tahminan 100 m ga ortiq. Qadimdan Yerning kattaliklari bo`yicha ish olib borishgan. Jumladan, Aristotelning zamondoshi Dikearx, keyinchalik Eratosfen, O`rta Osiyolik qomusiy olimlar va boshqalar. 1924 yilda Yerning o`lchamlari xalqaro kelishuvga binoan tasdiqlandi. Undan so`ng, 1940–yilda F. N. Krasovskiy va A. A. Izotovlar tomonidan triangulyatsiya usulida Yerning o`lchamlari aniqlandi. Yer ellipsoidining katta yarim o`qi (ekvatorial radius) – 6378245 m Kichik yarim o`qi (qutb radiusi) – 6356863 m Ekvator aylanasining uzunligi – 40075704 m Yer o`qining uzunligi – 12713720 m Yer yuzasi maydoni – 510383000 km2 Yer o`lchamlarining bunday miqdorlarda bo`lishligining ahamiyati juda katta. Jumladan, Yer qutblarining siqiqligi natijasida yuqori kenglikdan quyi kenglikga borgan sari tortish kuchlari kamayib, markazdan qochma kuchlar ortib boradi; og`irlik kuchlari (graviatsion) qutblardan ekvatorga borgan sari kamayib boradi. Yerning kattaligi georafik qobiq kengligini belgilaydi va unda bo`ladigan hodisa va jarayonlarning juda katta miqyosda sodir bo`lishligini ta’minlaydi. Tabiiy qonuniyatlarning ifodalanishi yaqqol sezilib turadi va hokazolar. Yer qobiqlari. Moddalarning differenikatsiyasi (bo`linishi, ajralishi) Yer sharining xarakterli belgisi hisoblanadi. Yer qobiqli tuzilmaga ega. Bu hol quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralarga ham xos bo`lib, ularning qobiqli tuzilmalari faqat shu sayyoraning o`zigagina xosdir. 1.Yadro 2.Mantiya 3.Yer po`sti 4.Gidrosfera 5.Atmosfera Bu qobiqlar bir-biridan moddalarning turliсha bo`lishligi va kimyoviy tarkibi bilan farqlanadi. Differensiatsiya jarayonining asosiy manbai radioaktiv parchalanish natijasida hosil bo`ladigan issiqlik va chuqurlikdagi moddalar zichligining ortib borishi hisoblanadi. Bu gipoteza ko`pchilik geoximik va geofiziklar tomonidan e’tiborga olingan. Yer qobiqlarining yuzaga kelishi haqidagi boshqa bir gipotezada yer geologik bosqichining ma’lum davrida juda ham zich atmosfera bo`lganligi bilan bog`laydilar. Tasdiq uchun Venera sayyorasini misol qilib olishadi. Yer qobiqlari bir–biridan harakat tartibi, shu bilan birga qalinligi, moddalarning turlicha differentsiyalanishi darajasi bilan ham farqlanadi. Atmosfera – Yerni yuqori tomondan qoplab olgan va boshqa qobiqlariga qaraganda ko`proq o`rganilgan qismi. Atmosferaning o`zi Yer sirtidan balandligiga ko`ra xususiy qatlamlarga bo`lingan: 1) traposfera (9–17 km), harorat 70OC (ekvator ustida) 2) stratosfera (17–55 km), harorat +1OC +5OC 3) tezasfera (55–95 km), harorat pasayadi 4) termosfera (95–800 km gacha), harorat –150OC gacha 5) egzosfera (>800 km), gaz zarrachalarining tezligi katta bo`ladi, vodorod atom holatida ochiq fazoga ketadi. Gidrosfera – atmosferaga nisbatan kichik qalinlikka ega bo`lib, Yerni o`rab turuvchi suv qatlamidir. Yer po`sti – Yerning eng ustki, yupqa qismi. Nisbatan kam o`rganilgan bo`lib, qalinligi 15 km atrofida. Mantiya – Yer po`stidan chuqurroqda joylashgan qatlam. Yuqori mantiya 900 km gacha, quyi mantiya esa 2900 km chuqurlikgacha bo`ladi. Yadro – Tashqi yadro 2200 km qalinlikga ega qaynoq holatga ega, Ichki yadro 1200 km radiusda bo`lib, asosan erigan temir va yengil elementlar aralashmasidan iborat. Yerning qobiqlari qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalardan iborat. Boshqa osmon jismlariga nisbatan Yerga eng ko`p gravitatsion ta’sir ko`rsatadigani Quyosh bilan Oydir. Yer Quyoshning atrofini bir marta to`liq aylanib chiqishi uchun 365,26 kun sarflaydi. Bu vaqt “siderik davr” deyiladi. Yerning qutblaridan o`tuvchi hayoliy o`q yer orbitasi tekisligiga 23,4O burchak ostida yo`nalgan. Aynan shu hodisa, ya’ni Yer o`qining Quyosh ekliptikasiga nisbatan o`gganligi Yerda fasllar almashinuvini ta’minlaydi. Ko`pgina sayyoralar singari, Yer ham o`zining tabiiy yo`ldoshiga ega. Olimlarning fikricha, Oy Yerning atrofida davriy aylanma harakat qilishni 1,53 milliard yil avval boshlagan. Oyning Yer atrofida aylanishi hisobiga Yer o`qining og`ish burchagi stabil saqlanadi, okean va dengiz suvlari sathlarining ma’lum hududlarda ko`tariladi va pasayadi. Yer o`z o`qi atrofida 1 marta to`liq aylanishi uchun, ya’ni 360O burilishi uchun 23 soat 56 minut va 4 soniya ketadi. Bu vaqt fanda “astronomik sutka” deyiladi. Uning o`z o`qi atrofida aylanishining burchak tezligi soatiga 15O ni tashkil qiladi. Lekin bu burchak tezlik stabil emas. Har yuz yilda Yer o`z o`qi atrofini 0,0014 s ko`proq vaqtda aylanadi. Bu hodisa Quyosh gravitatsiyasi sababli yuzaga keladi. Yer Quyoshdan 149 million km dan ozgina ko`proq masofada, uning atrofida o`rtacha 29,765 km/sek tezlik bilan ayalanadi. O`rtacha deyilishiga sabab, Yerning orbitasi aniq aylana shaklida bo`lmay, balki aylanaga yaqin ellips shaklida. Yer Quyoshga yaqinroq bo`lganida uning tezligi 30,27 km/sek, Quyoshdan uzoq bo`lganida esa 29,27 km/sek bo`ladi. Iyun oyida Yer Quyoshga nisbatan yaqinroq bo`ladi, Dekabrda esa uzoqlashadi. Shu sababli shimoliy yarim sharning o`rta kengliklarida yozda juda issiq, qishda juda sovuq bo`ladi. Janubiy yarim sharning o`rta kengliklarida esa yoz unchalik issiq bo`lmaydi, qish unchalik sovuq bo`lmaydi. Umum koinotga nisbatan Yerning harakat trayektoriyasi vintsimon ko`rinishga ega: Yer Quysosh atrofida 30 km/sek tezlik bilan aylanma harakat qiladi, Quyosh esa Somon yo`li galaktikasi markazi atrofida 220 km/sek tezlik bilan aylanma harakat qiladi. Somon yo`li galaktikasi esa barcha yulduzlari bilan bir butun holda logarifmik kamayuvchi tezlik bilan to`g`ri chiziqli harakat qilmoqda. Endi, Yerning harakat trayektoriyasini ko`z oldingizga keltirib ko`ring, naqadar ajoyib manzara! Koinot turkumidan berib borilayotgan maqolalarimizning eng birinchisida aytilganidek, koinotdagi barcha hodisalar aniq hisob–kitob bilan o`rnatilgan qonuniyatlar asosida kechadi. Koinot soati Yer sayyorasidadi eng qimmat soatdanda aniqroq yuradi. Shak-shubhasiz, Yerdagi hayotning borishi Quyosh nuriga bog`liq. Quyosh nuri bir tomondan yorug`lik sifatida namoyon bo`lsa, boshqa tomondan issiqlik energiyasi hamdir. Barcha o`simliklarning, jonzotlarning yashashi mana shu ikki omilga uzviy bog`langan. Endigi aytmoqchi bo`lgan fikrlimni hayotiy misol yordamida tushuntirmoqchiman. Agar Yer shari o`z o`qi atrofida hozirgidan tezroq aylansa, Yer yuzasi Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasini yetarlicha ololmaydi, natijada Yer yuzasi sovib ketadi. Agar sutkazning davomiyligi 24 soat emas, deylik, 27 soat bo`lib qolsachi? Unda Yerning Quyoshga qarab turgan qismi isib, okean va dengizlardagi suvlar qurib qolgan bo`lardi. Yerning narigi tarafi esa umuman muzlab qolardi. Agar Yer Quyosh atrofida tezroq aylansa, yulduzlar aro hududga chiqib ketgan, sekinroq aylanganida spiralsimon trayektoriya bo`ylab harakatlanib, oxiri Quyoshga yutilib ketgan bo`lardi. Umum holatda, sutkamizning, yilimizning hozirgi davomiyligi Yer yuzidagi hayotning bir maromda bo’lishi uchun idealdir. Aql yuritsak, biz aniq hisob–kitoblar ichida yashayotganimizni ko`ramiz. _____Ойбек Кудратов_____
Ko`ngilochar ensiklapediya!
:KATTABEK ACHILOV
YER.
U QAYERDA? U QANDAY?
Deyarli har kuni kafe–restoranlarda pishirilayotgan “donar kabob”, "turk kabob" larga ko`zimiz tushadi: vertikal six, unga go`sht osilgan, 15-20 sm masofada esa pechka yoqilgan. Pechka berayotgan issiqlik tufayli go`sht pishadi. Ma’lumki, go`shtning yaxshi pishishi kabobpazning mahoratiga bog`qliq. Agar u sixni ma’lum me’yorda aylantira olsa, go`shtning hamma tarafi bir xilda, muhimi, me’yorda pishadi. Agar kabobpaz sixni biroz tez aylantirsa nima bo’ladi? Tabiiyki, go’sht chala pishadi. Sababi oddiy, go’shtning pechkaga qarab turgan qismi pishish uchun yetarli bo`lgan issiqlikni ololmaydi. Agar me’yordan sekinroq aylantirsachi? To`ppa-to`gri! Go’shtning pechkaga qarab turgan tarafi kuyib ketadi, narigi tarafi esa umuman pishmaydi…
Yer koinotning bir zarrachasi bo`lib, unda sodir bo`ladigan va bo`lgan butun hodisa va jarayonlar, tabiiy qonun va qonuniyatlarning olam bilan bogliqligining oqibatidir. Yer Koinot bilan quyidagicha bog`langan: Yer koinotning bir qismi bo`lib, o`ziga xos kuchlar ta’sirida u bilan uzviy bog`langan va uning ta’siridadir. Ayniqsa, Oy va Quyoshning ta’siri tufayli Yer shari davriy ravishda shakllanib turadi. Yer Quyosh nur energiyasini oladi va bu energiya turli holatda va miqdorda uning turli qismiga o`ziga xos taqsimlanadi. Yer massasi meteoritlar hisobiga ortishi mumkin va ayni vaqtda Yer atmosferasining tashqi baland qatlamlaridan sayyoralar orasidagi bo`shliqqa (fazoga) doimiy ravishda yer materiyasi bo`lmish gaz zarralari uchib o`tadi. Shuningdek, Yerga kosmik nurlar ham keladi va hokazo.
Albatta, bunday bog`lanishlar yerning holatiga va unda yuz beradigan hodisa va jarayonlarga ozmi-ko`pmi ta’sir etadi. Shu bilan birgalikda, Yerning xususiyatlari ham (qadimdan koinot ta’siri tufayli sodir bo`lgan va hozirgi kunda ham uning ta’siri davom etayotgan bir vaqtda) ko`pgina tabiat hodisasi va jarayonlarining vujudga kelishida va taqsimlanishida asosiy ahamiyatga ega bo`ladi. Shuning uchun ham Yerga xos bo`lgan xususiyat va xossalarni bilish zarur.
Tadqiqot ishlari Yer shakli geometrik shakl-sferoidga o`xshamasligini tasdiqladi. Yerning shakli qiyofasini noto`gri geometrik holatdagi geoid deb ataladi. Su’niy yo`ldoshlar orqali olib borilgan kuzatishlar natijasida Yerning qiyofasi yurakka o`xshashroq deb qaraladi. Shimoliy qutb Janubiy qutbdan tahminan 30 m ga ko`tarilgan holatda, ya’ni shimoliy radius janubiy radiusdan uzunroq. Ekvator ham aniq aylana shaklida bo`lmay, birinchi ko`rinishdayoq ellips shakliga ega, ya’ni katta o`q kichik o`qdan tahminan 100 m ga ortiq. Qadimdan Yerning kattaliklari bo`yicha ish olib borishgan. Jumladan, Aristotelning zamondoshi Dikearx, keyinchalik Eratosfen, O`rta Osiyolik qomusiy olimlar va boshqalar. 1924 yilda Yerning o`lchamlari xalqaro kelishuvga binoan tasdiqlandi. Undan so`ng, 1940–yilda F. N. Krasovskiy va A. A. Izotovlar tomonidan triangulyatsiya usulida Yerning o`lchamlari aniqlandi.
Yer ellipsoidining katta yarim o`qi (ekvatorial radius) – 6378245 m
Kichik yarim o`qi (qutb radiusi) – 6356863 m
Ekvator aylanasining uzunligi – 40075704 m
Yer o`qining uzunligi – 12713720 m
Yer yuzasi maydoni – 510383000 km2
Yer o`lchamlarining bunday miqdorlarda bo`lishligining ahamiyati juda katta. Jumladan, Yer qutblarining siqiqligi natijasida yuqori kenglikdan quyi kenglikga borgan sari tortish kuchlari kamayib, markazdan qochma kuchlar ortib boradi; og`irlik kuchlari (graviatsion) qutblardan ekvatorga borgan sari kamayib boradi. Yerning kattaligi georafik qobiq kengligini belgilaydi va unda bo`ladigan hodisa va jarayonlarning juda katta miqyosda sodir bo`lishligini ta’minlaydi. Tabiiy qonuniyatlarning ifodalanishi yaqqol sezilib turadi va hokazolar.
Yer qobiqlari.
Moddalarning differenikatsiyasi (bo`linishi, ajralishi) Yer sharining xarakterli belgisi hisoblanadi. Yer qobiqli tuzilmaga ega. Bu hol quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralarga ham xos bo`lib, ularning qobiqli tuzilmalari faqat shu sayyoraning o`zigagina xosdir.
1.Yadro
2.Mantiya
3.Yer po`sti
4.Gidrosfera
5.Atmosfera
Bu qobiqlar bir-biridan moddalarning turliсha bo`lishligi va kimyoviy tarkibi bilan farqlanadi.
Differensiatsiya jarayonining asosiy manbai radioaktiv parchalanish natijasida hosil bo`ladigan issiqlik va chuqurlikdagi moddalar zichligining ortib borishi hisoblanadi. Bu gipoteza ko`pchilik geoximik va geofiziklar tomonidan e’tiborga olingan.
Yer qobiqlarining yuzaga kelishi haqidagi boshqa bir gipotezada yer geologik bosqichining ma’lum davrida juda ham zich atmosfera bo`lganligi bilan bog`laydilar. Tasdiq uchun Venera sayyorasini misol qilib olishadi. Yer qobiqlari bir–biridan harakat tartibi, shu bilan birga qalinligi, moddalarning turlicha differentsiyalanishi darajasi bilan ham farqlanadi.
Atmosfera – Yerni yuqori tomondan qoplab olgan va boshqa qobiqlariga qaraganda ko`proq o`rganilgan qismi.
Atmosferaning o`zi Yer sirtidan balandligiga ko`ra xususiy qatlamlarga bo`lingan:
1) traposfera (9–17 km), harorat 70OC (ekvator ustida)
2) stratosfera (17–55 km), harorat +1OC +5OC
3) tezasfera (55–95 km), harorat pasayadi
4) termosfera (95–800 km gacha), harorat –150OC gacha
5) egzosfera (>800 km), gaz zarrachalarining tezligi katta bo`ladi, vodorod atom holatida ochiq fazoga ketadi.
Gidrosfera – atmosferaga nisbatan kichik qalinlikka ega bo`lib, Yerni o`rab turuvchi suv qatlamidir.
Yer po`sti – Yerning eng ustki, yupqa qismi. Nisbatan kam o`rganilgan bo`lib, qalinligi 15 km atrofida.
Mantiya – Yer po`stidan chuqurroqda joylashgan qatlam. Yuqori mantiya 900 km gacha, quyi mantiya esa 2900 km chuqurlikgacha bo`ladi.
Yadro – Tashqi yadro 2200 km qalinlikga ega qaynoq holatga ega, Ichki yadro 1200 km radiusda bo`lib, asosan erigan temir va yengil elementlar aralashmasidan iborat. Yerning qobiqlari qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalardan iborat.
Boshqa osmon jismlariga nisbatan Yerga eng ko`p gravitatsion ta’sir ko`rsatadigani Quyosh bilan Oydir. Yer Quyoshning atrofini bir marta to`liq aylanib chiqishi uchun 365,26 kun sarflaydi. Bu vaqt “siderik davr” deyiladi. Yerning qutblaridan o`tuvchi hayoliy o`q yer orbitasi tekisligiga 23,4O burchak ostida yo`nalgan. Aynan shu hodisa, ya’ni Yer o`qining Quyosh ekliptikasiga nisbatan o`gganligi Yerda fasllar almashinuvini ta’minlaydi. Ko`pgina sayyoralar singari, Yer ham o`zining tabiiy yo`ldoshiga ega. Olimlarning fikricha, Oy Yerning atrofida davriy aylanma harakat qilishni 1,53 milliard yil avval boshlagan. Oyning Yer atrofida aylanishi hisobiga Yer o`qining og`ish burchagi stabil saqlanadi, okean va dengiz suvlari sathlarining ma’lum hududlarda ko`tariladi va pasayadi.
Yer o`z o`qi atrofida 1 marta to`liq aylanishi uchun, ya’ni 360O burilishi uchun 23 soat 56 minut va 4 soniya ketadi. Bu vaqt fanda “astronomik sutka” deyiladi. Uning o`z o`qi atrofida aylanishining burchak tezligi soatiga 15O ni tashkil qiladi. Lekin bu burchak tezlik stabil emas. Har yuz yilda Yer o`z o`qi atrofini 0,0014 s ko`proq vaqtda aylanadi. Bu hodisa Quyosh gravitatsiyasi sababli yuzaga keladi.
Yer Quyoshdan 149 million km dan ozgina ko`proq masofada, uning atrofida o`rtacha 29,765 km/sek tezlik bilan ayalanadi. O`rtacha deyilishiga sabab, Yerning orbitasi aniq aylana shaklida bo`lmay, balki aylanaga yaqin ellips shaklida. Yer Quyoshga yaqinroq bo`lganida uning tezligi 30,27 km/sek, Quyoshdan uzoq bo`lganida esa 29,27 km/sek bo`ladi. Iyun oyida Yer Quyoshga nisbatan yaqinroq bo`ladi, Dekabrda esa uzoqlashadi. Shu sababli shimoliy yarim sharning o`rta kengliklarida yozda juda issiq, qishda juda sovuq bo`ladi. Janubiy yarim sharning o`rta kengliklarida esa yoz unchalik issiq bo`lmaydi, qish unchalik sovuq bo`lmaydi.
Umum koinotga nisbatan Yerning harakat trayektoriyasi vintsimon ko`rinishga ega: Yer Quysosh atrofida 30 km/sek tezlik bilan aylanma harakat qiladi, Quyosh esa Somon yo`li galaktikasi markazi atrofida 220 km/sek tezlik bilan aylanma harakat qiladi. Somon yo`li galaktikasi esa barcha yulduzlari bilan bir butun holda logarifmik kamayuvchi tezlik bilan to`g`ri chiziqli harakat qilmoqda. Endi, Yerning harakat trayektoriyasini ko`z oldingizga keltirib ko`ring, naqadar ajoyib manzara!
Koinot turkumidan berib borilayotgan maqolalarimizning eng birinchisida aytilganidek, koinotdagi barcha hodisalar aniq hisob–kitob bilan o`rnatilgan qonuniyatlar asosida kechadi. Koinot soati Yer sayyorasidadi eng qimmat soatdanda aniqroq yuradi.
Shak-shubhasiz, Yerdagi hayotning borishi Quyosh nuriga bog`liq. Quyosh nuri bir tomondan yorug`lik sifatida namoyon bo`lsa, boshqa tomondan issiqlik energiyasi hamdir. Barcha o`simliklarning, jonzotlarning yashashi mana shu ikki omilga uzviy bog`langan.
Endigi aytmoqchi bo`lgan fikrlimni hayotiy misol yordamida tushuntirmoqchiman. Agar Yer shari o`z o`qi atrofida hozirgidan tezroq aylansa, Yer yuzasi Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasini yetarlicha ololmaydi, natijada Yer yuzasi sovib ketadi. Agar sutkazning davomiyligi 24 soat emas, deylik, 27 soat bo`lib qolsachi? Unda Yerning Quyoshga qarab turgan qismi isib, okean va dengizlardagi suvlar qurib qolgan bo`lardi. Yerning narigi tarafi esa umuman muzlab qolardi. Agar Yer Quyosh atrofida tezroq aylansa, yulduzlar aro hududga chiqib ketgan, sekinroq aylanganida spiralsimon trayektoriya bo`ylab harakatlanib, oxiri Quyoshga yutilib ketgan bo`lardi. Umum holatda, sutkamizning, yilimizning hozirgi davomiyligi Yer yuzidagi hayotning bir maromda bo’lishi uchun idealdir.
Aql yuritsak, biz aniq hisob–kitoblar ichida yashayotganimizni ko`ramiz.
_____Ойбек Кудратов_____