Bu dunyoni yenganim-u dunyoda zafarim Qachonki pishdi loyim, visoldir muddaoyim. Bu dunyoda xatoyim-u dunyoda zararim. Ishq qadimiy masaladir: Ham zahar ham asaldir. ikkisiga kosa bir, Asaldayin zaharim! Gul ichidan topganim, Ayoqlarin o'pganim, Man saningman, san manim. Soching belga qamarim. Berdim necha talofat, Do'stlar qilmang malomat. Bu dunyoda halovat U dunyoda xatarim. Adashdimmi, toldimmi, zulmatlarga qoldimmi. To'g'ri yo'lga sol endi ey ko'zlari axtarim! Ey, go'zalim, yolg'izim, ey, quyoshim, qamarim, Ey, yaqinim, olisim, ey, asalim, shakarim! Ikki ko'zim-ikki sham, tun ado bo'lmas hecham. Sen bilan kechgan kecham, u dunyoda saharim! Bu dunyoga kelganim- u dunyoga safarim, Bu dunyoni yenganim-u dunyoda zafarim.
♥Men va Sen♥
:๑♥๑Otabek Xoliqov๑♥๑
Bu dunyoga kelganim-u dunyoga safarim,
Bu dunyoni yenganim-u dunyoda zafarim
Qachonki pishdi loyim, visoldir muddaoyim.
Bu dunyoda xatoyim-u dunyoda zararim.
Ishq qadimiy masaladir:
Ham zahar ham asaldir.
ikkisiga kosa bir,
Asaldayin zaharim!
Gul ichidan topganim,
Ayoqlarin o'pganim,
Man saningman, san manim.
Soching belga qamarim.
Berdim necha talofat,
Do'stlar qilmang malomat.
Bu dunyoda halovat
U dunyoda xatarim.
Adashdimmi, toldimmi, zulmatlarga qoldimmi.
To'g'ri yo'lga sol endi ey ko'zlari axtarim!
Ey, go'zalim, yolg'izim, ey, quyoshim, qamarim,
Ey, yaqinim, olisim, ey, asalim, shakarim!
Ikki ko'zim-ikki sham, tun ado bo'lmas hecham.
Sen bilan kechgan kecham, u dunyoda saharim!
Bu dunyoga kelganim- u dunyoga safarim,
Bu dunyoni yenganim-u dunyoda zafarim.