O'g'ilning otaga mehri y6q,qarang,

Akaning ukaga qadri y6q,qarang.
Qornidan talawib tuwgan jigarlar,
Onasin y6qlawga vaqti y6q,qarang.
Sizlarga ne b6ldi odamlar bugun,
Orada oqibat y6qoldi nechun?
Bowingga q6nganda davlatquw omad,
Atrofingda t6lar soxtad6st ulfat.
O'likmi,tirikmi deb bir y6qlamas,
Yelkangga ozgina tuwganda kulfat.
Nahotki,sotarlar d6stni pul uchun,
O'rtada oqibat y6qoldi nechun?
Jon q6wning yilda bir olmasa xabar,
Yaqinlar chet elda yursa darbadar.
Jigaring ozgina yaxwilik qilib,
Salomni minnatdan bowlasa agar.
Nahotki,mol dunyo odamdan ustun,
Orada oqibat y6qoldi nechun?
Bu millat mehrdan qaddin rostlagan,
Vatanning yuziga oyoq bosmagan.
Sayyoxlar atayin k6rib ketardi,
O'zbek darvozaga zanjir osmagan.
Oh,qulflar osildi,qalbda q6rg'owin,
Orada oqibat y6qoldi nechun?
Onaga talpingan g6dakdek wogird,
Ulug' ustozining ta'limin olib.
Sal 6tmay raqobat tiwlarin qayrar,
Ustozning bor ilmin egallab b6lib.
Bir iflos manmanlik bulg'abdi ichin,
Ado etolmabdi qasamin burchin...
Ey Ahad,bew kunlik dunyo 6tkinchi,
Yawamoqdan ma'no nedur aytgin-chi.
Hayvondek nafs quvsa inson bolasi,
Vijdon kuyib ketsa dilning tayanchi.
Hech kim b6lolmaydi dunyoga ustun,
Orada oqibat y6qoldi nechun?
Sevgan owiqlarda vafo qolmadi,
Yowlar muhabbatning darsin olmadi.
Erkakmijoz ayollarning yuzini,
Ayolmijoz erkaklar k6rolmadi.
Seza olmadilar libosda ichin,
O'rtada oqibat y6qoldi nechun?
Otasidan olib tarbiyayu pand,
Onasin bag'ridan ulg'ayib farzand.
Ewigini yopsa norozi qilib,
Wayton werik b6lar non dasturxonda,
Baraka unmaydi ul xonadonda.

Комментарии

Комментариев нет.