Imom G‘azzoliy “Anvorul hikmat” (“Hikmat nurlari”) asarida do‘st, uni tanish va tanlash haqida qimmatli maslahatlar beradi. Buyuk olimning so‘zlariga quloq tutsak, ularga amal qilsak, bu borada qoqilmaymiz: Agar biror kishining ko‘nglida senga nisbatan xayrixohlik yoki dushmanlik bormi-yo‘qligini bilishni istasang, o‘z ko‘nglingga nazar sol – unga nisbatan xayrixohlik bormi yoki dushmanlik. Shunga qarab xulosa chiqarib olaver. Mehribon do‘st to‘g‘ri yo‘ldan, ezgulik yo‘lidan adashib, itoatsizlik va gunoh so‘qmog‘iga qadam qo‘yib qolganingda seni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun jon chekadigan va bu ishni o‘zining majburiyati deb biladigan kishidir. Aybsiz do‘st qidirgan kishining do‘sti kam bo‘ladi. Do‘stining har bir xatosini ta’na qilaveradigan odamning esa dushmani ko‘payadi. Do‘sti biror-bir foydani qo‘lga kiritganda o‘zidan ko‘ra meni afzal ko‘radi deb kutgan kishi hamisha iztirobda yashaydi. Do‘sting dushmaning bilan gaplashib turganini ko‘rsang, xafa bo‘lma. Agar u chin do‘st bo‘lsa, dushmaning senga zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar u vafosiz do‘st bo‘lsa, bunga ham achinma, bunaqa odam dushmaning bilan oshna bo‘lgani yaxshi. Do‘stlik va birodarlik ipini halol va samimiy kishilar bilan bog‘la. Do‘stlar uch xil bo‘ladi – do‘stlar, do‘stlarning do‘stlari va dushmanlarning dushmanlari. Dushmanlar ham uch xil bo‘ladi – dushmanlar, do‘stlarning dushmanlari va dushmanlarning do‘stlari. Do‘stlar ozor sabab dushmanga aylanadi, dushmanlar esa saxiylik va himmat sabab do‘stga aylanadi. Agar dushmanlaringni hadyalar bilan do‘stga aylantirish imkoniga ega bo‘lmasang, yomon xulq-qiliqlaring tufayli do‘stlaringni dushmanga aylantirishdan saqlan. Agar kim bilandir do‘stlashmoqchi bo‘lsang, g‘azab paytida o‘zini qanday tutishiga boq. Agar shu holatda ham axloqini mahkam tuta olsa, u bilan do‘stlash. Agar aksi bo‘lsa, unga yaqinlasha ko‘rma. O‘zing muomala qilmagan kishilar bilan do‘stlik ipini bog‘lama. Sinab ko‘rmagan kishing bilan aslo do‘st tutinma. Odamlarning eng yomoni birovlar bilan dushmanlik qiladigan, atrofdagilar yomon ko‘radigan, odamlarga zarar yetkazishni oddiy hol sanaydigan, xatolarni kechirmaydigan va uzrlarni qabul qilmaydigan kishidir. Eng katta johil do‘stlik va birodarlik majburiyatlarini, qoidalarini bajarmasligi sababli do‘stida nafrat hissi paydo qiladigan kishidir. Boshqalar bilan xushmuomala bo‘lgan kishi do‘stlaridan ham, dushmanlaridan ham qo‘rqmasa bo‘ladi. Fe’li, axloqi bilan do‘stlariga yordam beradigan kishi esa o‘zini ularning dushmanligidan qo‘riydi. Samimiy do‘st aybingni ko‘rganda uni ochishga intilmaydi, yutuq-fazilatlaringni eshitganda o‘n barobar oshirib ko‘rsatadi, senga qilgan iltifotini yuragida saqlaydi, sendan ko‘rgan foydasini esa unutmaydi, u bilan munosabatda xatoga yo‘l qo‘ysang, jahllanmaydi, kechirim so‘rasang, afv etadi. Dunyoviy maqsadlarda bog‘langan do‘stlik ipi eng mayda sabab bilan ham uzilishi mumkin. Alloh roziligi uchun do‘st bo‘lganlarning o‘rtasini dunyoviy sabablar buza olmaydi. Jasoratli odamning mardonaligi jang kunida bilinadi. E’timodli kishilarning ishonchliligi haqsizlik va adolatsizlik paytida namoyon bo‘ladi. Ayolning muhabbati va sadoqati kambag‘allik va yo‘qchilik damlarida ko‘rinadi. Do‘stlikning samimiyati esa boshga mushkul ish tushganda, biror baxtsizlikka yo‘liqqanda yuzaga chiqadi. Xiradmand butun dunyo o‘ziga dushman bo‘lgan taqdirda ham hech kim bilan dushmanlik qilmaydigan kishidir. Og‘zi shaloq, hammadan norozi yuradigan va o‘zini yomon tutadigan kishiga hamma dushman. Yolg‘on gapirmaydigan, so‘zida turadigan va birovning dilini og‘ritmaydigan kishiga esa hamma do‘st. Orifjon Madvaliyev tayyorladi.
Ешлар форуми
:❤❤ замужем ❤❤
Do‘st tanlash qoidalari
Imom G‘azzoliy “Anvorul hikmat” (“Hikmat nurlari”) asarida do‘st, uni tanish va tanlash haqida qimmatli maslahatlar beradi. Buyuk olimning so‘zlariga quloq tutsak, ularga amal qilsak, bu borada qoqilmaymiz:
Agar biror kishining ko‘nglida senga nisbatan xayrixohlik yoki dushmanlik bormi-yo‘qligini bilishni istasang, o‘z ko‘nglingga nazar sol – unga nisbatan xayrixohlik bormi yoki dushmanlik. Shunga qarab xulosa chiqarib olaver.
Mehribon do‘st to‘g‘ri yo‘ldan, ezgulik yo‘lidan adashib, itoatsizlik va gunoh so‘qmog‘iga qadam qo‘yib qolganingda seni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun jon chekadigan va bu ishni o‘zining majburiyati deb biladigan kishidir.
Aybsiz do‘st qidirgan kishining do‘sti kam bo‘ladi. Do‘stining har bir xatosini ta’na qilaveradigan odamning esa dushmani ko‘payadi. Do‘sti biror-bir foydani qo‘lga kiritganda o‘zidan ko‘ra meni afzal ko‘radi deb kutgan kishi hamisha iztirobda yashaydi.
Do‘sting dushmaning bilan gaplashib turganini ko‘rsang, xafa bo‘lma. Agar u chin do‘st bo‘lsa, dushmaning senga zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar u vafosiz do‘st bo‘lsa, bunga ham achinma, bunaqa odam dushmaning bilan oshna bo‘lgani yaxshi.
Do‘stlik va birodarlik ipini halol va samimiy kishilar bilan bog‘la.
Do‘stlar uch xil bo‘ladi – do‘stlar, do‘stlarning do‘stlari va dushmanlarning dushmanlari. Dushmanlar ham uch xil bo‘ladi – dushmanlar, do‘stlarning dushmanlari va dushmanlarning do‘stlari.
Do‘stlar ozor sabab dushmanga aylanadi, dushmanlar esa saxiylik va himmat sabab do‘stga aylanadi. Agar dushmanlaringni hadyalar bilan do‘stga aylantirish imkoniga ega bo‘lmasang, yomon xulq-qiliqlaring tufayli do‘stlaringni dushmanga aylantirishdan saqlan.
Agar kim bilandir do‘stlashmoqchi bo‘lsang, g‘azab paytida o‘zini qanday tutishiga boq. Agar shu holatda ham axloqini mahkam tuta olsa, u bilan do‘stlash. Agar aksi bo‘lsa, unga yaqinlasha ko‘rma.
O‘zing muomala qilmagan kishilar bilan do‘stlik ipini bog‘lama. Sinab ko‘rmagan kishing bilan aslo do‘st tutinma.
Odamlarning eng yomoni birovlar bilan dushmanlik qiladigan, atrofdagilar yomon ko‘radigan, odamlarga zarar yetkazishni oddiy hol sanaydigan, xatolarni kechirmaydigan va uzrlarni qabul qilmaydigan kishidir.
Eng katta johil do‘stlik va birodarlik majburiyatlarini, qoidalarini bajarmasligi sababli do‘stida nafrat hissi paydo qiladigan kishidir.
Boshqalar bilan xushmuomala bo‘lgan kishi do‘stlaridan ham, dushmanlaridan ham qo‘rqmasa bo‘ladi. Fe’li, axloqi bilan do‘stlariga yordam beradigan kishi esa o‘zini ularning dushmanligidan qo‘riydi.
Samimiy do‘st aybingni ko‘rganda uni ochishga intilmaydi, yutuq-fazilatlaringni eshitganda o‘n barobar oshirib ko‘rsatadi, senga qilgan iltifotini yuragida saqlaydi, sendan ko‘rgan foydasini esa unutmaydi, u bilan munosabatda xatoga yo‘l qo‘ysang, jahllanmaydi, kechirim so‘rasang, afv etadi.
Dunyoviy maqsadlarda bog‘langan do‘stlik ipi eng mayda sabab bilan ham uzilishi mumkin. Alloh roziligi uchun do‘st bo‘lganlarning o‘rtasini dunyoviy sabablar buza olmaydi.
Jasoratli odamning mardonaligi jang kunida bilinadi. E’timodli kishilarning ishonchliligi haqsizlik va adolatsizlik paytida namoyon bo‘ladi. Ayolning muhabbati va sadoqati kambag‘allik va yo‘qchilik damlarida ko‘rinadi. Do‘stlikning samimiyati esa boshga mushkul ish tushganda, biror baxtsizlikka yo‘liqqanda yuzaga chiqadi.
Xiradmand butun dunyo o‘ziga dushman bo‘lgan taqdirda ham hech kim bilan dushmanlik qilmaydigan kishidir.
Og‘zi shaloq, hammadan norozi yuradigan va o‘zini yomon tutadigan kishiga hamma dushman. Yolg‘on gapirmaydigan, so‘zida turadigan va birovning dilini og‘ritmaydigan kishiga esa hamma do‘st.
Orifjon Madvaliyev tayyorladi.