❤ﷲ ✿ Zaytun yog'ining foydali xususiyatlari - (2)

❤ﷲ  ✿ Zaytun yog'ining foydali xususiyatlari - (2) - 816790103820
❤ﷲ  ✿ Zaytun yog'ining foydali xususiyatlari - (2) - 816790155532
Zaytun yog'i tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo'lgan xususiyatlar mavjud. Uni doimiy iste'mol qilish bilan ko'plab kasalliklar oldi olinadi va bemorlikdan shifo topiladi. Quyida zaytun yog'ining foydali xususiyatlarini sanab o'tamiz:
– zaytun yog'i tarkibida to'yinmagan yog' kislotalari – olein kislotasi bo'lib, u inson organizmidagi xolesterinni parchalab, qon tomirlari devorini mustahkamlaydi;
– kishining umumiy sog'lig'ini tiklab, turli kasalliklariga shifo bo'ladi[1].
– undagi linol kislotasi tanadagi jarohat va yaralarning tez bitishiga va ko'z ravshanligiga yordam beradi;
– yurak-tomir kasalliklarining oldini oladi;
– yurak kasalliklari (falaj, xuruj) oldini oladi va ularni samarali davolaydi[2];
– yurakning yosh saqlanishiga sabab bo'ladi. Chunonchi, zaytun yog'i keksa yoshdagi kishilarda yurak faoliyatini yaxshilaydi[3];
– arteriya qon tomirlarini egiluvchan (elastik) qiladi;
– sistolik va diastolik qon bosimini pasaytiradi;
– qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, uni me'yorida ushlab turadi;
– ovqat hazm qilish a'zolariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi;
– oshqozon, ichaklar, oshqozon osti bezi va jigar faoliyatini yaxshilaydi;
– oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakdagi yaralarni tuzatadi;
– ichni ravon qiladi;
– organizmning yosharishiga yordam beradi;
– zaytun yog'ini har kuni iste'mol qilish yurak-tomir tizimidagi stenokardiya, infarkt, saraton, xususan ayollardagi ko'krak saratoni, qandli diabet, semirish kasalliklari xavfini kamaytiradi;
– zaytun yog'i insonning navqiron ko'rinishiga sabab bo'ladi;
– zaytun yog'i tarkibidagi moddalar qondagi zaharli xolesterin va triglitsirid miqdorining oshib ketishiga yo'l qo'ymaydi;
– inson suyagini mustahkamlaydi;
– yuqori arterial qon bosimini me'yorlashtiradi;
– bavosir (gemorroy) kasalligini davolaydi;
– ruhiy kasalliklar oldini oladi, jumladan tushkunlikni (depressiyani) bartaraf etadi. Sababi zaytun yog'i insonni ruhan kuchli va baquvvat qiladi.
– miya faoliyatini rivojlantiradi. Jumladan, xotirani kuchaytiradi. Shuningdek, zaytun yog'i miya foaliyati bilan bog'liq muammolarni barataf etadi.
– qarilikni sekinlashtiradi, uzoq umr bag'ishlaydi;
– zaytun yog'i teriga surtilsa, uni chiroyli qiladi;
– zaytun yog'i labga, qovoqlarga surkab turilsa, labni chiroyli qiladi;
– soch va tirnoq o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi;
– yarali kolitning oldini oladi;
– sochlarni mustahkam va egiluvchan qiladi (buning uchun zaytun yog'ini iste'mol qilish bilan bir qatorda uni sochlarga surtish kerak);
– terini tozalaydi va uning chiroyini ochadi;
– o'ta quruq teriga surtilsa, uni muloyim qiladi;
– zaytun yog'i ovozni mayin qiladi;
– tish va milklarni mustahkamlaydi.
❤ﷲ  ✿ Zaytun yog'ining foydali xususiyatlari - (2) - 816790156812

Комментарии

  • 29 мар 2016 07:04
    Зайтун ёги олтиндан хам киммат эканку,класс!!!
  • 6 мая 2022 14:48
    Qachon ichish kerak ertalabmi kechqurunmi ovqaydan oldinmi kiyenmi