Malika Egamberdiyeva - Aylanaman (Qo‘shiq matni) [www.

megalyrics.uz]
Egnimdagi xonatlasga nimcha kiysam yarashadi.
Egnimdagi xonatlasga nimcha kiysam yarashadi.
Qizlar menga chin ko‘ngildan xavas bilan qarashadi.
Qizlar menga chin ko‘ngildan xavas bilan qarashadi.
O‘sma qo‘ydim qoshlarimga yorim uchun, kelarmi deb.
O‘sma qo‘ydim qoshlarimga yorim uchun, kelarmi deb.
Yo‘llariga ne-ne go‘zal qizlar sochin tarashadi.
Yo‘llariga ne-ne go‘zal qizlar sochin tarashadi.
Aylanaman adoda, o‘rgilaman adoda,
Dodima aytsang na bo‘lur bag‘ritoshman.
Aylanaman adoda, o‘rgilaman adoda,
Dodima aytsang na bo‘lur bag‘ritoshman.
Shahrilida archa o‘sar tog‘larim bor,
Shirin-shakar meva berar bog‘larim bor.
Bog‘da yurgan shu yigitga ishqim tushdi-ey,
Sadoqatdan unga berar saboqlarim bor.
Bog‘da yurgan shu yigitga ishqim tushdi-ey,
Sadoqatdan unga berar saboqlarim bor.
Aylanaman adoda, o‘rgilaman adoda,
Dodima aytsang na bo‘lur bag‘ritoshman.
Aylanaman adoda, o‘rgilaman adoda,
Dodima aytsang na bo‘lur bag‘ritoshman.
Shu tog‘larning cho‘qqisida taxtiravonim,
Aytmadingiz ko‘ngil uchun sarviravonim.
Saodatim o‘zim bilan baxtli zamonim,
Gar kelsangiz poyingizga satqa bu jonim.
Saodatim o‘zim bilan baxtli zamonim,
Gar kelsangiz poyingizga satqa bu jonim.
Aylanaman adoda, o‘rgilaman adoda,
Dodima aytsang na bo‘lur bag‘ritoshman.
Aylanaman adoda, o‘rgilaman adoda,
Dodima aytsang na bo‘lur bag‘ritoshman.
Dodima aytsang na bo‘lur bag‘ritoshman.
Dodima aytsang na bo‘lur bag‘ritoshman.

Комментарии

Комментариев нет.