Oshqovoq do`lma

Oshqovoqning uzunchoqroq , po'chog'I qalin va qattiq, qora va sariq yo'llari bor somsa qovoq deb ataladiga navi bo'ladi. Ana shunsidan olib , bandi tomonidan 2 - 3 sm qalinlikda qopqog'' ochasiz . urug'ini va tivitlarini qoshiqsimon qirg'ich yordamida olib tashlaysiz. Hosil qilingan osh qovoq mundi ga qiyma to'ldirasiz. Qiyma bunday tayyorlanadi:go'shtni qiymalagichdan o'tkazib, bunga mayda to'g'ralgan piyoz, yuvilgan guruch , tuz va murch sepib aralashtirasiz. Guruch yaxshi pishsin uchun qiymaga picha suv quyasiz. Agar go'sht yog'sizroq bo'lsa , qiymaga picha sariyog' qo'shishingiz ham mumkin. Ushbu qiymani oshqovoq ichiga to'ldirgach, haligi qopqog'ini yopasiz. Oshqovoq do'lamni tarelkaga solib, qizdirilgan gaz duxovkasini patnisiga qo'yasiz va o'rtacha olov berib, 1,5 - 2 soat davomida pishirasiz. Bug' hosil bo'lsin uchun vaqti - vaqti bilan duxovka patnisiga suv quyib turing. Pishganligi oshqovoqning yumshaganligi bilan aniqlanadi . tayyor taomni katta laganga solib dasturxonga tortiladiva bevosita yeyish oldidan bo'laklarga bo'linadi. Masalliq:1 dona o'rtacha kattalikdagi oshqovoq, 500 gr go'sht, 1 stakan guruch , 100 gr sariyog' , 3 - 4 bosh piyoz, tuz va murch ta'bga ko'ra solinadi.
#QuyuqTaomlar

Комментарии