Tarkibi: Hamir uchun: 500g un, 1 stakan suv, 1 choy qoshiq tuz. Zirvak uchun- 500g go’sht, 2 bosh piyoz, 250g yog’, 300g sabzi, tuz va qalampir ta’bga qarab. Tayyorlanishi: Hamir uchun ketadigan mahsulotlardan qattiq hamir qorib olasiz va 30 daqiqa tindirib qo’yasiz. Vaqt o’tgandan so’ng hamirni yupqa qilib yoyib, mayda ugralar kesib olasiz. Ugrani patnusga tekis qilib yoyib quyosh nurida yoki duxovkada quritib olasiz. Qurigan ugrani qo’l bilan ezib, guruchga o’xshash bo’laklar hosil qilasiz. Zirvakni tayyorlash uchun, piyozni halqa, sabzini esa odatdagidek somoncha shaklida, go’shtni ham uzun-uzun somoncha shaklida to’rgaysiz. Yog’ni qizdirib piyozni tillarangga kirguncha qovurasiz, so’ngra sabzi va go’shtni solib me’yoriga yetguncha qovurasiz. So’ngra suv quyib, past olovda qaynatasiz. Zirvak tayyor bo’lgandan so’ng tayyorlab qo’yilgan ugrani sovuq suvda bir marotaba yuvib tashlab, qozondagi masalliq ustiga, palovga guruch bosgandek solasiz. Zirvak suvi odatdagidek bo’lishi kerak, agar suv kamlik qilsa qaynoq suv yordamida me’yoriga keltirishingiz mumkin. Suvi tamoman bug’lanib bo’lgach taomni dimlab qo’yasiz. Damlash muddati 20-25 daqiqa. Mazali va juda to’yimli taom ham tayyor! Dasturxonga tortishdab avval uni yaxshilab aralashtirasiz va laganga solganingizdan so’ng ta’bga qarab mayda to’rg’algan ko’katlar bilan bezashingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Milliy taomlardan Yevropa taomlarigacha
Ugra palov (Surxandaryo usuli)
Tarkibi:
Hamir uchun:
500g un, 1 stakan suv, 1 choy qoshiq tuz. Zirvak uchun- 500g go’sht, 2 bosh piyoz, 250g yog’, 300g sabzi, tuz va qalampir ta’bga qarab.
Tayyorlanishi:
Hamir uchun ketadigan mahsulotlardan qattiq hamir qorib olasiz va 30 daqiqa tindirib qo’yasiz. Vaqt o’tgandan so’ng hamirni yupqa qilib yoyib, mayda ugralar kesib olasiz. Ugrani patnusga tekis qilib yoyib quyosh nurida yoki duxovkada quritib olasiz. Qurigan ugrani qo’l bilan ezib, guruchga o’xshash bo’laklar hosil qilasiz.
Zirvakni tayyorlash uchun, piyozni halqa, sabzini esa odatdagidek somoncha shaklida, go’shtni ham uzun-uzun somoncha shaklida to’rgaysiz. Yog’ni qizdirib piyozni tillarangga kirguncha qovurasiz, so’ngra sabzi va go’shtni solib me’yoriga yetguncha qovurasiz. So’ngra suv quyib, past olovda qaynatasiz. Zirvak tayyor bo’lgandan so’ng tayyorlab qo’yilgan ugrani sovuq suvda bir marotaba yuvib tashlab, qozondagi masalliq ustiga, palovga guruch bosgandek solasiz.
Zirvak suvi odatdagidek bo’lishi kerak, agar suv kamlik qilsa qaynoq suv yordamida me’yoriga keltirishingiz mumkin. Suvi tamoman bug’lanib bo’lgach taomni dimlab qo’yasiz. Damlash muddati 20-25 daqiqa. Mazali va juda to’yimli taom ham tayyor!
Dasturxonga tortishdab avval uni yaxshilab aralashtirasiz va laganga solganingizdan so’ng ta’bga qarab mayda to’rg’algan ko’katlar bilan bezashingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!