Комментарии
- 1 июн 2014 14:50Uzizni retseptiz bn qilsangiz ham buladi biskvitni
- 7 авг 2014 13:13salom qalesiz Nafisa.sizda bitta narsa soramoqchidim.wu qaymoli kremim hich ohwamidi.man magazini qaymogini iwlataman.kopchili qoldan ob iwlatiwarkan wunda yahwi chiqarkan.man qoldan ob iwlatgim kemidi suti piwirmi qaymo qiliwadide ula.
siz qanaqa qaymoq iwlatas?nima qisam kremim suyilib ketmidi - 7 авг 2014 14:57Salom raxmat yaxshi uziz yaxshimisiz?
Manam doim magazinnikini ishlataman uni zbivalkada ursam suyuq buladi mikserda aancha kupirtiraman rosa quyulib ketadi - 7 авг 2014 16:16manam yahwiman Xudoga wukr.manam mikserda kop kopirtiraman.quyilmidi.tahminan nechi minut kopirtiras
- 7 авг 2014 16:19Bilmadim soatga hech qaramayman ,man whipping cream degan qaymoq ishlatyapman magazinniki usha zur kupiradi ancha kupirtiraman lekin
- 7 авг 2014 16:22har hilidan iwlatib kordim hich quyuq bomidi.wakari srazi qowasmi ili qaymo quyilgandan keynmi
- 7 авг 2014 16:38Arziysiz
Hozir gruppaga rasmini qiyaman manimcha uyoqda ham bor bu hamma joyda mashxur ekan faqat sal kattaroq supermarketda sut yogurtlar bulimini qarab kuring xop balkim ishlatgandirsiz hozir quyaman - 7 авг 2014 16:48Yuq hechqisi yuq lentadan kiring rasmini quydim buni har xil ranglisi bor ichini farqi yuq. Salomat boling
- 4 авг 2017 18:15Salom. Bunga razrixlitl qo'shilmaydimi?
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Milliy taomlardan Yevropa taomlarigacha
:Nafis🌸 N
Muzqaymoq Tort
Kerakli masalliqlar:
Biskvit uchun:
7 tuhum
7 osh qoshiq shakar
7 osh qoshiq un
Krem:
600 ml. qaymoq
1 1/3 stakan shakar yoki 1 quti quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko)
1. Tuhum sovuqligida oqi bn sarig'ini ajratib olamiz
2. Tuhum oqini mikser bilan yuqori tezlikda ko'pirtiramiz
3. Xatto idishni teskari a'g'dargandayam ko`pirgan tuhum oqi, siljamasligi kerak.
4. Ko'pitgan tuhum oqiga, 1 osh qoshiqdan (mikser bilan chayayotgan holda) shakarni qo'shib boramiz.
5. Toki shakar yaxshi erib, massada mikser izlari qolguncha.
6. Massaga, agratib qo'ygan tuhum sarig'ini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.
7. Navbat unga. Unni ham, bir qoshiqdan solib, asta asta aralashtiramiz.
8. Tort qolipiga solib, 180 C (350F) qizgan duhovkada 35-40 minut davomida, yoki o'rtasiga gugurt cho'p, yoki pichoq tiqib ko'rilganda quruq chiqqunicha.
9. Tort pishguncha krem tayyorlaymiz. Qaymoqli krem yaxshi chiqishi uchun, krem tayyorlaydigan idish va mikser venchiklarini muzlatgichda 30 minutcha muzlating.
10. Qaymoqqa shakarni solib, oldin past tezlikda, keyin yuqori tezlikda mekser yordamida chayamiz.
11. Krem tayyor! Extiyot bo`ling! Mana shunday holatga kelguncha aralashtiramiz. Bundan o'tsa, qaymoqning suvi bo'lak, yog'i bo'lak ajrab chiqadi. Agar shakar o`rniga quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko) ishlatmoqchi bo'sangiz, oldin qaymoqni shu xolatgacha chayib, keyin molokoni qo`shib yana 15-30 sekundcha chayasiz
13. Tortimizni kamida 5 bo'lakka bo'lamiz. Har bo'lakiga krem suramiz.
PROPITKA qilish KERAK emas.
14. Ust va yoniniyam yaxshilab krem bilan qoplab, holodil'nikda 30 minutcha qo`yamiz.
keyin hohlagancha bezatamiz yoki maza qilib choy ichamiz :)