Tovuqli salat

Bugun sizlar bn o`zim yaxshi ko`radigan salatim bilan ulashmoqchiman. Bu salat deyarli ovqat. Har holda man uchun ovqat o`rnini bemalol bosa oladi .Ayni Ramazon oyidayam asqotsa ajabmas. O'zim iftorga tez-tez tayyorlab turardim. Yengil hazm bo`ladi va asosiysi kun bo`yi olmagan har hil vitaminlarni, shu salt orqali iste'mol qilish mumkin.
Kerakli masalliqlar:
* 1 dona tovuq ko`kragi (2-3 qoshiq zaytun yog`li tavada har tomoni 5-7 minut qizartirib pishirilgan)
* 2 dona o`rtacha pomidor (to`g`ralgan)
* 1 dona kichkina oq piyoz (parrak to`g`ralgan)
* Salat yaprog`i yoki Iceberg Lettuce (yirik to`g`ralgan)
* ko`katlar, (kinzasi ham bo`sin Wink )
* 2 osh qoshiq limon suvi
* yarim bo`lak sarimsoq (mayda qirg`ichdan o`tkazilgan)
* tuz
* qora murch
* 2-3 qoshiq mayonez (man 1 qoshiq moyonez va 2 qoshiq smetan ishlataman)
Tayyorlanishi:
1. Piyolaga mayone+smetana+tuz+murch+limon suvi va ezilgan sarimsoqni solib yaxshilab aralashtiring
2. Idishga salat yaproqlarini yirik-yirik to`g`rab solamiz
3. Ustiga piyoz va ozgina tuz
4. to`gralgan pomidor
5. to`g`ralgan ko`kat (shuni ta'kidlash joizki, bu salatga aynan kinza juda zo'r ta'm beradi)
6. Mayonezli aralashmani quying
7. Ustiga pishgan tovuqni yirikroq to`grab soling

Tovuqli salat  - 575739359315
Tovuqli salat  - 575739363411

Комментарии