Комментарии
- 27 июл 2014 17:00- -Man Xorazmdanman,bizda tuxum barakka piyoz solinmiydi.
- 27 июл 2014 17:05Μαφτυηα 🌸 ответила - -Piyoz solish bu ixtiyoriy ravishda
piyoz solib ham tayyorlab kuring manimcha sizga yoqadi
keyin bazilar tuxumiga sut ham solishadi hamma joyda har xil usulda tayyorlanarkan
- 27 июл 2014 17:47Μαφτυηα 🌸Norinni bosqichma bosqich qanday qilinishi rasmi bilan kursatilgan albom bor. Albomlarga kirib kuring
- 28 июл 2014 09:44- -Siz haqsiz,har joyda har xil,keyin sut solinishi bn birga yog' ham solinadi,solingan tuxum soniga teng miqdorda sut va yog solinadi.Sizni usuldayam albatta yaxshi chaqadi dib uyliyman,albatta qib kurama,Xudo xolasa.
- 2 авг 2014 11:27r rnechta tuhum solinadi
- 2 авг 2014 17:47Μαφτυηα 🌸 ответила r rBu uzizga bog'liq. Biza oilamizda 6 kishiga 20 ta tuxum solib pishirardik
- Μαφτυηα 🌸 ответила - -Комментарий удалён.
- 16 янв 2015 14:15นźเ ฉʠĻ χฉřฉƙţεř ĉჩฉţσʠ ʠเźмฉฑძεTuxum barak bunaqa retseptini eshitmagan ekanman albata pishirib kuraman lekin sizga ham sut va zig'ir yog'i solib pishirib kurishizni maslaxat berardim bu maxsus samarqandcha uslub
- 27 янв 2015 11:08ღღ O Y Q I Z ღღAjoyibkuuu
- 1 июн 2015 14:32Borligimsan bolajonVoy retsepi boshqasi bn adashtirmayapslami unda mitch piyoz solinmaydi shakli bunaqamas yarim oyga oxshagan boladi
- 10 дек 2015 07:51farrux EgamberdiyevZor qilib koraaman
- 19 июн 2016 11:08ξΩβξЌ რÅŤζĦỘฑỘνBu tuxum barak emas.
- 7 июл 2016 19:02ξΩβξЌ რÅŤζĦỘฑỘνO'zi tuxum barak Xorazm taomiku.bu tuxum barakmas
- 28 янв 2017 22:38Гуля Убайдуллаева ответила ξΩβξЌ რÅŤζĦỘฑỘνБунака Бухороча тугилиш усили. лекин ичига 1 дона тухумга 1 ош кошик сут ва ёг солинади
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Milliy taomlardan Yevropa taomlarigacha
:Μαφτυηα 🌸
Tuxum barak
Masalliqlar:
Hamir uchun masalliqlar:
-un
-tuxum
-tuz va suv
Nachinkasi uchun masalliqlar:
- tuxum
- piyoz
- saryog'
- tuz va murch
Tayyorlanishi:
Chuchvarani hamiridek hamir qilinadi. Tovaga saryog' solinib ozgina qizigach ustiga mayda tog'ralgan piyoz solinib tillarang tusga kirguncha qovuring. Keyin uni likopga suzib oling. Alohida chuqur tovoqga tuxumlarni chaqib tuz va murch sepib qo'zg'ang. Keyin qovurilgan piyozni va ozroq saryog'ni qo'shib aralashtiring. Xamirni yoyib tasmalar kesib chiqing (eni 8 sm uzunligi 20 smli) tasmalarni ikki chetini yopishtirib chiqing. Faqat bir tarafi ochiq qolsin. Xuddi qopchadek. Qozonga suv solib qaynating va tuz soling. Keyin xamir ichiga qoshiq yordamida nachinkadan solib og'zini yopishtirib chiqing va qaynab turgan suvga solib baraklarni pishirib oling. Tayyor barak ustiga saryog' surtib qatiq bilan dasturxonga tortishiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!