Qovurdoq taomi

Masalliqlar:
- Go'sht (tovuq yoki molniki) 700 gr
- Piyoz 2 ta
- Kartoshka 15 dona
- tuz va ziravorlar
Qozonga yog' solib qizitamiz so'ng ustiga to'gralgan go'sht solib qizarguncha qovuramiz. Go'sht suyakliroq bo'lishi kerak. Keyin mayda to'gralgan piyozni solib tillarang tusga kirguncha qovurib olamiz. Tuz va ziravorlarni sepamiz. Keyin tozalangan va to'gralgan kartoshkalarni solib uniyam biroz vaqt qizartirib qovurib olamiz. Keyin ustiga suv ko'rinib qolguncha qaynoq suvni solamiz. Keyin 30-40 minut pastroq olovda biqirlatib qaynatamiz. Tayyor taomni idishga suzib ko'katlar bilan bezaymiz.

Qovurdoq taomi - 579906878547

Комментарии