Комментарии
- 5 ноя 2014 17:54nafisa opa xozir oddiy napalyo'n tayorlayotgandim xamirni qilib qo'yibman do'konda sut qolmagan ekan smitana olib kelgandim smitanadan krem o'qigandim qayerdadir shuni bilasizmi qanday qilinishini
- 10 ноя 2014 16:32U to'rt o'tgan kungi medavikim bugungini xali bezmadim xozir bezab rasmini qo'yaman
- 13 фев 2015 12:03Хорманг Нафисахон менга пиццалар к.к эди қаердан топсам бұлади.
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Milliy taomlardan Yevropa taomlarigacha
:Nafis🌸 N
Nok va rokfor pishloqli “Napoleon”
Napoleon deganda birinchi miyaga keladigan obraz nima? Mashxur imperatormi? Yo'q oldin tort, keyin esa imperator. Ushbu "Napoleon' torti esa antiqa.
Demak, Nok va rokfor pishloqli "Napoleon"
12 porsiya uchun
Tayyorlash:45min
Tayyorlanishi: 15 min
Massaliqlar:
500gr tayyor qatlamali xamir
4ta pishgan yirik nok
10 ta tozalangan yong'oq
500gr rokfor pishlog'i
250 gr mascarpone pishlog'i
3 osh qoshiq fresh kremi
3 osh qoshiq yog'liq qaymoq
Yarim limon sharbati
Maydalangan paprika
Tayyorlanishi:
1. listga suv sepamiz va pergament qog'ozni joylashtiramiz va unga ham suv sachratamiz. Yarim xamirni 3-4mm qalinlikda yoyamiz va uni pergamentga joylashtiramiz va 180 °С issiqlikdagi duxovkaga qizarguncha 10-12 daqiqaga qo'yamiz. Pishgan xamir ozgina sovugandan so'ng ehtiyotkorlik bilan 6ta bir xil tasmalarga pichoq yordamida kesamiz. Qolgan xamir bilan ham shu harakatlarimizni amalga oshiramiz.
2. Nokni pochog'idan artib, ikkiga bo'lamiz va ortasini olib tashlaymiz. Nokni juda yupqa qilib kesamiz va va limon sharbati bilan uni har tomonlama sachratamiz. Rokfor, pishloq, maskorponini bitta xolatga kelguncha ko'pirtiramiz. Bitta tasmamizni olib pishloqli massa bilan surtamiz va ustiga nok bo'laklarni joylashtiramiz. Ikkinchi tasmani olib, pishloqli massani surtamiz va shu surtgan tomon bilan oldinga nokli tasmani ustiga qo'yamiz.
3. Shu tamani ya'na krem bilan surtamiz noklarni joylashtirib, ya'na boshqa kremlangan tasma bilan yopamiz. Shu kabi boshqa napoleon tasmalatni joylashtiring.
4. Yong'oqni maydalang. Quyultirilgan qaymoqni krem fresh bilan aralashtiramiz. Har bir "napoleonni" tayyor bo'lgan qaymoqli krem bilan surtamiz, yong'oq va papirik bilan sepamiz. Ehtiyotkorlik bilan har bir pishloqli pirojbniymizni uchta bo'lakga kesamiz, 20 daqiqa sovutamiz va dasturxonga tortishimiz mumkin.
Gastronom Maslahati
Krem-fresh- an'anaviy fransuz sut mahsuloti, quyultirilgan sutdan o'zgina yog'li. U katta supermarketlarda sotiladi. Lekin ularni o'zimiz uyimizda ham tayyorlashimiz mumkin, faqat bu vaqt talab etiladi. Bir xil miqdorda quyultirilgan va yog'liq (33-35%)li qaymoqni aralashtiramiz. Idishga solib yopamiz va salqin joyda 12 soat saqlaganimizdan so'ng muzlatgichga qo'yamiz va bir hafta ichida ishlatishimiz mumkin.