Комментарии
- 21 ноя 2015 22:00Фарзандларим Бахтим🫶
- 22 ноя 2015 17:39🎀🎀🎀 NigoraKaram nimaga kerak
- 22 ноя 2015 20:41DILNOZA HON ответила 🎀🎀🎀 NigoraYahshi oqin tushinasiz hama masalliqni aytip otdimu ugra ustiga qaylasiga solinadi oqin yahshiro
- 22 ноя 2015 20:45🎀🎀🎀 Nigora ответила DILNOZA HONÖqidim tushundimu karam solmasachi
- 22 ноя 2015 20:47DILNOZA HONOziz bilasda endi
- 22 ноя 2015 20:49🎀🎀🎀 Nigora ответила DILNOZA HONMen bowqacha tayyorlardim ertaga sizni ritsepizday tayyorlab köraman...
- 22 ноя 2015 20:50DILNOZA HON ответила 🎀🎀🎀 Nigora
har hil qilinadida hamma
- 22 ноя 2015 20:53🎀🎀🎀 Nigora ответила DILNOZA HONHa wunaqa pishiriqlarga qiziqasizmi?
- 25 ноя 2015 07:34☆☆N ♡ Gulruh ♡ Akbar qizi☆☆☆Raxmaaad
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Milliy taomlardan Yevropa taomlarigacha
:DILNOZA HON
Qaylali ugra..
Qattiqqina xamir qorasiz, Xuddi chuchvaranikiga tayyorlagandek qilib , tindirib, so'ng o'qlov yordamida 2-3 mm qilib yoyasiz.Yoymani yopishib ketmasligi uchun urvoqqa belab taxlaysiz va eni 4-5 mm keladigan uzun-uzun tasmalar kesasiz,shu tasmalarni qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz, yuziga qalqib chiqqanda chovlida suzib olib, sovuq suvda 2-3 bor chayqab yuborganingizdan so'ng sirqitib qo'yasiz.Qaylasi bunday tayyorlanadi:piyozni halqa-halqa, go'shtni bodom kattaligida lo'nda-lo'nda qilib, pamidorni tilik-tilik, kartoshkani o'rta(1, 5x1, 5x1, 5 sm),jandunikichik(0, 5x0, 5x0, 5 sm) kubik shaklida to'g'rysiz, karam, chuchuk garimdiri va sarimsoqni mayda choping. Qozonda yog'ni dog'lab piyoz tashlaysiz, uncha qizarmasdan turib go'shtni soling seli chqa boshlaganda sarimsoq bilan pamidorni solib to pomidor ezilib seli chiqquncha jazlaysiz.Qishda pomidor o'rniga tomat ishlatiladi.So'ngra jandu, chuchuk garimdori va karamni solib, kavlab chala pishguncha jazlayaizda, bir oz suv quyib sust olovda mildiratib, barcha masalliq to'la yumshaguncha qaynatasiz.Agar suvi bug'lanib ketsa bir oz issiq suv qo'shamiz. Tuzini rostlab qalampir sepasiz qayla juda ham suyuq yoki o'ta quyuq emas, o'rtacha bo'lishiga e'tibor bering. Dasturxonga tortishda tayyor ugrani qaynoq suvga piship ilitib olgach, laganga bir qavat qilib solasiz,ikkinchi qavatiga qayladan soling, ustidan uchinchi qavat yana ugra solib, tepasi-turtinchi qavatiga yana qayla solasiz, chopilgan osh ko'klardan sepib keltirasiz.xamir uchun500 gr oq un,bir dona tuxum,0,5 stakan iliq suv,0,5 choy qoshiq tuz kerak bo'ladi;qaylasi uchun300 gr go'sht (laxim qismi)2 bosh piyoz,2 dona kartoshka,1 bog jandu,3-4 dona pomidor (yoki 2 osh qoshiq tomat),2-3 dona chuchuk garimdori ,200 gr karam,bir bosh sarimsoq ,200 gr yog',tuz va ziravorlar ta'bga ko'ra olinadi.