Kabachki solingan shokoladli maffin.

Zarur masalliqlar:*.2 dona tuxum*.200 g (1 ta o‘rtacha) kabachka*.1,75 stakan (250 g) un*.1 stakan kefir*.2/3 stakan shakar*.100 ml o‘simlik yog‘i*.0,5 stakan kakao*.1 siqim yong‘oq mag‘zi*.2 choy qoshiq yumshatgich (razrixlitel)Ulardan 10-12 dona maffin tayyor bo‘ladi.Tayyorlanishi:1. Kabachkilarni yuvamiz va kub shaklida maydalab kesamiz. 1 osh qoshiq shakar solib, 10 daqiqaga, suvi chiqquncha tindirib qo‘yamiz.Kabachkilarni mayda kub shaklida to‘g‘raymiz. 2. Yong‘oqlarni maydalab, olib qo‘yamiz. Boshqa idishda tuxum, o‘simlik yog‘i va kefirni aralashtiramiz.. 3. Aralashmaga barcha quruq masalliqlarni solib, aralashtiramiz. Oxirida yong‘oq va suvi siqib tashlangan kabachkilarni ham qo‘shamiz.4. Qoliplarni yo‘glab olamiz yoki qog‘oz qoliplarni solamiz va har birining ¾ qismini xamir bilan to‘ldiramiz.Qoliplarning ¾ qismini xamir bilan to‘ldiramiz. 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada20—25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan-pishmaganligini odatdagidek gugurt cho‘pi yordamida aniqlaymiz. Sovugach, qolipdan ajratib,ajoyib ta’mdan bahra olamiz. Agar sifatli kakao ishlatilsa, shokolad ta’mi yanada to‘yimli bo‘ladi.Shokoladli maffin tayyor. Yoqimli ishtaha!

Kabachki solingan shokoladli maffin. - 812928121683

Комментарии