Chalop

Yozda "moda" dan hecham qolmaydigan ichimlik!
Mehmon kelganda tayyorlab bersangiz oxirgi tomchisigacha qoldirmay ichib, yana bormi deb so'rashadi. Ishonmasangiz bir tayyorlab ko'ring. Xullas "Yana bormi chalopi"
Kerakli masalliqlar:
- Yog'li nordonroq suzma (chakki) 700 gr
- Gazli suv 1 litr
- Muzdek gazsiz suv 2 litr
- Bodring 2-3 ta o'rtacha kattalikda
- Shivit yarim bog'
- Rayxon 10-15 dona bargchasi yetadi
- Tabga ko'ra tuz va murch
Tayyorlanishi:
Chuqur idishga suzmani solib oddiy gazsiz suvni solib aralashtiring. Ko'pirtirgichda aralashtirsangiz yanada qulay va oson. Durdasiz bir xil massa hosil bo'lganidan keyin gazlangan suv tuz va murch solib yana yaxshilab aralashtiring. Qirg'ichdan chiqarilgan bodring, mayda to'g'ralgan ko'katlarni oxirida qo'shib aralashtirib idishlarga suzib dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!

Комментарии