Salom!

Men hozrda 26-
yoshga chiqdim, mening kasbim advokatlik,
o'z kasbimni oliy ma'lumotli egasiman
desam ham bo'ladi, mana ertaga sud, men
u yerda bir insonni oqlab chiqishim kerak,
u insonni jinoyiy javobgarlikka
tortilganligini sababi: 18-yoshga chiqqan
qizni zo'rlab, nomusini toxtab, va u qizni
avtoxalokat orqali uyishtirilgan holatda
o'ldirgan, shu insonni ertaga sudda oqlab
chiqishim kerak, uning evaziga, menga 1-ta
yangi avtomobil va 2-ta uy berilgan, to'gri
vijdonim ozroq qiynalmoqda, lekin nailoj,
huddi menga berilgan narsalar, ko'zlarimni
ko'r qilib qo'ygandek, mana nixoyat bugun
sud, hech narsani o'ylamay, men bugun
nima qilib bo'lsa ham, "qotilni" - oqlashim
kerak degan maqsadda sud tomon yo'l
oldim, mana nihoyat sud zaliga keldim, sud
zalida o'lgan qizning onasi va otasi
ko'zlarini yoshlab o'trganiga ko'zim tushdi,
bu holatdan ruxim qiynala boshladi, lekin
tez soniyalarda o'zimga keldim, va sud
ochiq deb e'lon qilindi, jinoyiy
javobgarlikka tortilgan qotilni sud tomon
chorlashdi, va men uni oqlashga kirishdim,
oqlayotgan paytim, begunox o'lgan qizning
onasi, menga shunday alamli, qasosli,
ko'zlar bilan boqar edi, bu holatdan
vijdonim tilka-poralanib, ko'zlarim ularga
boqishga uyalar edi. Va nihoyat sudda biz
g'olib bo'lib chiqdik, ijro etuvchi e'lon
qildi: Bolada hech qanday ayb yo'qligini,
ya'ni qizning o'zi bola bilan birga bo'lishni
hohlaganligini, va qiz tunda uyiga
ketayotganida baxtsiz hodisa tufayli
mashina to'qnashuviga uchrab halok
bo'lganligini aytib o'tdi, bolaga nisbatan
qamoq jazosi bekor qilindi, va sud yopiq
deb tasdiqlandi, sud eshigin tagidan
chiqayotib, qizning onasiga duch keldik, va
bechora ona ye'glab, qichqirgan holda,
menga yopisha ketdi, va dedi: Senlarni va
seni hudoga soldim, begunox qizmni
shanini bulg'ab, va o'lgan bo'lsa ham
tuxmatga qo'ydilaring, hali ko'rasanlar,
senlarga ham qaytadi, deb hammamizni
yuragimizga qo'rquv soldi, biz bu gaplarga
iloji boricha e'tibor bermagandek
ketaverdik, va axira uyga yetib keldim,
chuqur o'yga toldim, men ham aslida bir
qotilman, bir onani qizini sudda oqlanishiga
bo'lgan umidini o'ldirdim, otani esa
hayotga bo'lgan qiziqishini so'ndirdim, 1-
mashina va uy uchun shu ishni qildimmi?,
ishonolmayapman, men iflosman deya o'z
kasbimga noloyiq ekanligimni tushundim,
o'sha tun men uxlayolmas edim, onaning
qarg'ishi quloqlarimdan, ko'z oldimdan
ketmas edi. Oradan 2 yil o'tdi, men 28
yoshga to'ldim, bugun mening to'yim,
axira uylanayapman, bir go'zal qizga, u
men uchun juda qadrli, huddi yarim
hayotimdek, mana bugun u meniki bo'ladi,
men juda xursandman, mening
xursandchiligimga do'stlarim ham sherik,
kelining uyiga yo'l oldik, yo'lda
ketayotganimizda, menga qo'ng'iroq
bo'ldi: Alo deyishim bilan yeg'layotgan
ovozda bir qiz dedi: alo alo hozr
dugonamizni mashina bosib ketdi, shafyor
shu zaxoti qochdi, dugonamiz esa nafas
olmasdan jon berdi, hozr hamma yoq
qonga belangan dedi, va men bu xabardan
qotib qoldim, huddi.yarim yuragimni
yo'qotgandek bo'ldim, va ye'glab
yubordim, nega unday bo'ldi, nega?
Naxotki sevgan insonimdan bo'lajak umr
yo'ldoshimdan ayrilgan bo'lsam deb
yeg'ladim. Va oradan kunlar o'tdi,
sevgilimning janozasini ham o'tkazib oldik,
anau shafyorni tutib olib kelishganligini
eshitdim va u tomon yo'l oldim, ne ko'zlar
bilan qarasamki u shafyor, men 2 yil oldin
sudda oqlagan yigit ekan va unga yopisha
ketdim, uni ura boshladim, do'stlarim jon
holatda meni ajratib qolishdi, shu payt
o'zimga o'zim aytdim: balki men axmoqlik
qilmay shu iflosni qamatib yuborganimda,
ko'ngli yarimta onaning qarg'ishini
olmaganimda balki hozr umr yo'ldoshim
yonimda bo'lar edi deya nafratlandim
o'zimdan!!!!Elnush}

Комментарии

  • 11 дек 2013 01:43
    (Y)
  • 11 дек 2013 02:11
    Ха хаётда хар нарса булиши мумкин сунги пушаймон эса уз душманига айланаркан
  • 11 дек 2013 06:41
    Elnush fantastikalar sizga yoqadimi? Deyman
  • 11 дек 2013 06:49
    qarg'ish yomon...
  • 11 дек 2013 07:26
    хозирги замонда 40 йилда эмас 4 соатда кайтади кайтар дунё бу дунё
  • 11 дек 2013 07:40
    худойим хаммага уз вакти да инсофда берсин.
  • 11 дек 2013 09:01
    Достлар хисобли дунё бу дунё.!
  • 22 дек 2013 08:22
    Elnush bu haqiqatmi?
  • 25 дек 2013 13:28
    Машинина сизни босиб кетмапдида иккита котилни деб яна бир киз улиб ота онаси зор кахшапди. Уша котилни камаганизда хозир уша киз тирик буларди. Тентак.