Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!!

Ota makonim Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o‘tgan har kun bayram - bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi

Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!! - 853596821219
  • Yulduz Usmonova - Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!! - 853596820963
Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!! - 853596820451
Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!! - 853596820707
Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!! - 853596821731
Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!! - 853596821987
Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!! - 853596822243
Hech kimga bermaymiz seni O'ZBEKİSTON !!! - 853596822499

Комментарии

Комментариев нет.